T/r
|
Chora-tadbirlar nomi
|
Amalga oshirish mexanizmi
|
Ijro muddati
|
Moliyalashtirish manbalari
|
Mas’ul ijrochilar
|
I. Madaniyat va san’at sohasida qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish
|
1.
|
Madaniyat va san’at sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan tak�millashtirish hamda ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish.
Bunda quyidagilarni nazarda tutish:
madaniyat va san’at sohasidagi ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan, qurilish-ta’mirlash, jihozlash, musiqa cholg‘ulari bilan ta’minlashni moliyalashtirish;
sohadagi ta’lim muassasalarining madaniyat tashkilotlari va ijodiy faoliyat bilan uyg‘unligini ta’minlash;
bolalar musiqa va san’at maktablari, madaniyat va san’atga ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktab-internatlar o‘qituvchi (konsertmeyster)larining mehnatiga to‘lanadigan haq miqdorini ko‘rib chiqish;
madaniyat va san’at sohasi xodimlarining malakasini oshirish institutini tashkil qilish, jumladan unda, madaniyat tashkilotlari xodimlari va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining musiqa fanlari o‘qituvchilari malakasini oshirish tizimini yaratish hamda uning moliyalashtirish manbalarini belgilash;
ixtisoslashtirilgan madaniyat va san’at maktablari hamda kollejlar faoliyatini uch yillik o‘quv dasturi asosida tashkil etish, ushbu yo‘nalishda ta’lim jarayonini boshlang‘ich va o‘rta professional ta’lim bosqichlarida amalga oshirish;
tegishli ixtisoslashtirilgan madaniyat maktablari negizida madaniyat texnikumlarini tashkil qilish;
madaniyat va san’at sohasida ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-uslubiy manbalarni yaratishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
aktyorlik, rejissorlik, san’atshunoslik, xalq ijodiyoti va madaniyatshunoslik sohalarida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;
madaniyat va san’at sohasi mutaxassislarini xorijda o‘qitish, malakasini oshirish va stajirovkaga yuborish, ular uchun yurtimizda va chet elda xorijiy malakali mutaxassislar ishtirokida mahorat darslarini tashkil etish.
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi
|
2022-yil iyun
| |
Madaniyat vazirligi
(Nazarbekov),
Xalq ta’limi vazirligi
(Saidov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(Toshqulov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
2.
|
Milliy musiqa cholg‘ularini ommalashtirish va ishlab chiqarish sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash.
Shu jumladan, milliy musiqa cholg‘ulari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tashkil etish va rivojlantirish.
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi
|
2022-yil avgust
| |
Madaniyat vazirligi
(Nazarbekov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
3.
|
Madaniyat markazlari faoliyatini zamon talablari asosida tubdan takomillashtirish va ular tomonidan aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish sifatini yangi bosqichga ko‘tarish.
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi
|
2022-yil noyabr
| |
Madaniyat vazirligi
(Nazarbekov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
4.
|
Teatr san’atini rivojlantirish va teatrlar faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ularning erishgan yutuqlari uchun maqom berish.
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi
|
2023-yil iyun
|
-
|
Madaniyat vazirligi
(Nazarbekov),
Moliya vazirligi
(Ishmetov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
5.
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qarorining 3-bandida (tegishli ilovalarda) belgilangan tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida 2022-yilda o‘tkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejasini tasdiqlash.
|
Vazirlar Mahkamasining farmoyishi
|
2022-yil 1-mart
| |
Vazirlar Mahkamasi,
Madaniyat vazirligi
(Nazarbekov),
Ichki ishlar vazirligi
(Bobojonov),
Moliya vazirligi
(Ishmetov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, barcha shaharlar va tumanlar hokimliklari
|
Ushbu kalendar rejani tasdiqlashda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 98-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejalarini shakllantirish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga rioya qilish.
2023-yilda va kelgusi yillarda o‘tkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejalarini tasdiqlashda bunday tadbirlar 2022-yilda belgilanganidan kam bo‘lmagan miqdorda tashkil etilishini nazarda tutish.
|
har yili
|
6.
|
Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibini belgilash.
|
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
|
2022-yil mart
| |
Madaniyat vazirligi
(Nazarbe�ov),
Moliya vazirligi
(Ishmetov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
7.
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qarorida belgilangan tegishli respublika ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish tartiblarini tasdiqlash.
Bunda quyidagilarni nazarda tutish:
ko‘rik-tanlovlarning maktab bosqichini o‘tkazishda mahallalardagi Yoshlar yetakchilarining faol ishtirok etishini ta’minlash, shuningdek tanlov g‘oliblari va Yoshlar yetakchisini munosib rag‘batlantirish;
tadbirlarni keng yoritish maqsadida hududiy va markaziy telekanallarda efir vaqti ajratish;
ko‘rik-tanlovlarni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni Davlat budjeti, Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish;
tegishli respublika ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazishga oid amaldagi tartiblarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.
|
Ijrochilarning qarori, tegishligi bo‘yicha zaruratga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
|
2022-yil mart
| |
Madaniyat vazirligi
(Nazarbekov),
Xalq ta’limi vazirligi
(Saidov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(Toshqulov),
Yoshlar ishlari agentligi
(Sa’dullayev),
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
(Xadjayev),
EOAVMA
(Qudratxo‘jayev)
|
8.
|
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi ijodiy xodimlarining oylik ijro me’yorlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.
|
Ijrochilarning qo‘shma qarori
|
2022-yil may
| |
Madaniyat vazirligi
(Nazarbekov),
Moliya vazirligi
(Ishmetov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Xusanov)
|
9.
|
Madaniyat tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan balet artisti, raqqos va raqqosalarning imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi maxsus ish stajini qisqartirish masalasini o‘rganib chiqish hamda uning natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
|
Takliflar
|
2022-yil may
| |
Madaniyat vazirligi
(Nazarbekov),
Moliya vazirligi
(Ishmetov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Xusanov),
Adliya vazirligi
(Davletov)
|
10.
|
Nukus shahrida Qoraqalpoq davlat opera va balet teatrini tashkil etish.
|
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
|
2022-yil iyul
| |
Madaniyat vazirligi
(Nazarbekov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
11.
|
Ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining badiiy saviyasi va mazmundorligini oshirish, ssenariy, repertuarlarini ko‘rib chiqish va baholash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Bunda:
tadbirlar ssenariysi, repertuarning g‘oyaviy badiiy darajasi milliy qadriyat va an’analarga xosligini ko‘rib chiqish;
ijrochilar tomonidan nojoiz xatti-harakatlar, tomoshabinlarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlar va yot g‘oyalar sodir etilishini oldini olish;
ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlariga ruxsat berish tartiblarini ixtisoslashtirish hamda bu jarayonni to‘liq ochiq va shaffof bo‘lishini ta’minlash.
|
Takliflar, zaruratga ko‘ra normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2022-yil sentyabr
| |
Madaniyat vazirligi
(Nazarbekov),
Adliya vazirligi
(Davletov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
12.
|
Andijon yoshlar simfonik orkestri faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash, bu borada Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
|
Takliflar, zaruratga ko‘ra normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2022-yil sentyabr
| |
Andijon viloyati hokimligi
(Abdurahmonov),
Madaniyat vazirligi
(Nazarbekov),
Moliya vazirligi
(Ishmetov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
13.
|
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tasarrufida O‘zbekiston Djaz orkestrini tashkil etish.
|
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
|
2022-yil dekabr
| |
Madaniyat vazirligi
(Nazarbekov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
14.
|
Teatrlar, konsert-tomosha muassasalari faoliyatini baholash reyting tizimini hamda ularni rag‘batlantirish tartibini tasdiqlash.
|
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
|
2023-yil iyun
| |
Madaniyat vazirligi
(Nazarbekov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
15.
|
Xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda madaniyat va san’at sohasida nou-xau loyihalarni amalga oshirgan holda, madaniyat tashkilotlariga zamonaviy menejment tizimini joriy etish hamda madaniy xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2023-yil dekabr
| |
Madaniyat vazirligi
(Nazarbekov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(Qudratov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
16.
|
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Toshkent viloyati bo‘limi tasarrufida “Nurafshon” simfonik orkestrini tashkil etish.
|
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
|
2024-yil sentyabr
| |
Toshkent viloyati hokimligi
(Mirzayev),
Madaniyat vazirligi
(Nazarbekov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
|