"Truba ichida truba" tipidagi issiqlik almashinish qurilmasi.
Bu turdagi qurilmalar bir-biri bilan kontsentrik joylashgan ichki va tashqi trubadan tashqil topgan. Bularda isitilayotgan yoki sovitilayotgan mahsulot asosan ichki truba orqali uzatiladi. Trubalar orasidagi bo`shliqdan esa yuzani ifloslantirmaydigan issiqlik tashuvchi yuboriladi.
Bu tipdagi isitgichlar yuqori bosimda va issiqlik tashuvchilarnig sarfi kam bo`lganda ham ishlaydi. Bunday qurilmalarning afzalligi shundaki, ularni tayyorlash oson. Kamchiligi: issiqlik almashinish yuzasi nisbatan kichik. Ishlab chiqarish yuzasini iqtisod qilish maqsadida bular bir-biri bilan kalach va patrubkalar yordamida tutashtirilgan bir necha elementli va bir necha seksiyali qilib tayyorlanadi. «Truba ichida truba» tipidagi issiqlik almashinish qurilmas ining sxemasi 8 - rasmda keltirilgan bo`lib, qurilma ichki truba 1, tashqi truba 2, kalach 3 va birlashtiruvchi patrubka 4 dan iborat (I, II issiqlik tashuvchi agentlar).
8- rasm. «Truba ichida truba» tipidagi isitkich:
I - II - issiqlik tashuvchi agentlar; 1 - ichki truba; 2 - tashqi truba; 3 - kalach;
4 - birlashtiruvchi patrubka.
Plastinali issiqlik almashinish qurilmasi.
Bunday qurilmalar yupqa metall listlardan tayyorlangan bir necha qator parallel gofrirlangan plastinalardan tuzilgan. Plastinalar orasida hosil qilingan kanallar ikki guruxga bo`linadi: Birinchi gurux kanallardan issiqlik tashuvchi, ikkinchisidan esa issiqlik qabul qiluvchi agent harakat qiladi. Plastinalar qo`zg’aluvchi va qo`zg’almas plitalar orasida vintlar yordamida siqiladi. Ushbu qurilmaning afzallik tomoni shundaki, plastina yupqa (d=1-1,5mm) listdan tayyorlanganligi, oqimlar tezligining kattaligi sababli issiqlik o`tkazish koeffitsienti katta qiymatga ega.
Plastinali issiqlik almashinish qurilmasining umumiy ko`rinishi 9 - rasmda ko`rsatilgan bo`lib, unda isitgich sxemasi (a), isitgich plastinasining tuzilishi (b) tasvirlangan. Qurilma juft plastinalar 1, tok plastinalar 2, issiqlik tashuvchi agentlarning kirish va chiqish shtutserlari 3, 4, (I - suyuqlik uchun); shtutserlar 5, 6 (II - suyuqlik uchun); qo`zg’almas plita 7, harakatlanuvchi plita 8, tortish vinti 9, zichlagich 1, 4; suyuqlik teshiklari 2, 3 (I - suyuqlik uchun); teshiklar 5, 6 (II - suyuqlik uchun).
Kamchiligi: qurilmaning yuqori bosimda ishlatish va plastinalarni ta`mirlagach, ular orasida tegishli zichlikni ta`minlash imkoniyati yo`q.
9-rasm. Plastinali isitkich:
a) isitgich sxemasi; b) isitgich plastinaning tuzilishi.
10-rasm. Plastinajoylashtirilgangrafitliissiqlik
almashinishqurilmasi
11-rasm. SHtamplanganplastinaliissiqlikalmashinishqurilmasi:
a) paketlarniyig’ishchizmasi; b) – yig’ilganissiqlikalmashinishqurilmasi
12-rasm. NEL - tipidagiplastinaliissiqlikalmashinishqurilmasiuchunovalsimonshtamplanganlist.
13-rasm. SHtamplanganplastinaliissiqlik
Do'stlaringiz bilan baham: |