Triticum gʻalladoshlar oilasiga mansub oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; eng qad va



Download 92,73 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.06.2022
Hajmi92,73 Kb.
#630528
Bog'liq
Bugʻdoy - Vikipediya



Bugʻdoy
BUGʻDOY
(Triticum) — gʻalladoshlar oilasiga mansub oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; eng qad. va
hozirgi dunyoning koʻpgina mamlakatlarda ekiladigan asosiy don ekini. Somatik hujayralarida
xromosomalarning soniga koʻra farq qiladigan 3 (diploid, tetraploid, geksaploid) qatorga
kiradigan 30 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari bor. Jahon dehqonchiligida asosan yumshoq B.
yoki oddiy B. (T. aestivum, T. vulgare) va qattiq bugʻdoy (T. durum) ekiladi. Qolgan turlari kam
ekiladi yoki butunlay ekilmaydi. Koʻpgina B. turlari (ararat, maxa, Timofeev bugʻdoyi, urartu, fors
bugʻdoyi va boshqalar)ning vatani Zakavkazyedir.
Bugʻdoy
Biologik klassifikatsiya
Olam:
Oʻsimlik
Triticum aestivum


B. Old va Oʻrta Osiyo mamlakatlarida miloddan avvalgi 7—6 ming yilliklarda maʼlum boʻlgan. 17-
asrdan boshlab Shim. Amerikada ekila boshladi. B. Yer sharida shim.da 66° shahri k.da (Shvesiya),
Rossiyada esa tajriba maydonlarida 76*44’ shahri k.da (Murmansk viloyati); jan.da Avstraliya,
Janubiy Amerika, Afrikaning jan. chegaralarigacha ekiladi. Jahonda B. ekiladigan maydonilar 250
mln. gektarga yaqin boʻlib, yetishtiriladigan donning qariyb 30% B.ga toʻgʻri keladi (oʻrtacha 360
mln. t dan ortiq). Asosiy gʻallakor mamlakatlar — Rossiya, Qozogʻiston, Xitoy, AQSH, Hindiston,
Kanada. Oʻzbekistonda 90- yillarning boshidan respublikaning gʻalla mustaqilligini taʼminlash
uchun B. ekiladigan maydonlar kengaytirildi (1,2 mln. ga; 1999).
Botanik tavsifi. B.ning ildiz sistemasi popuk ildiz boʻlib, asosiy qismi yerning haydalma qatlamida
rivojlanadi, ayrim ildizlar esa 180 sm gacha chuqurga kirib boradi. Poyasi — sidirgʻa boʻgʻimlarga
boʻlingan somonpoya, boʻyi 40—130 sm. B.ning yotib qolishga chidami va hosildorligi poyaning
balandligiga bogʻliq. Bargi poyani nayga oʻxshab oʻrab turadigan barg qini va lenta shaklidagi
barg plastinkasidan iborat. Toʻpguli koʻpgulli boshoqchalardan iborat boshoq. B.da chetdan
changlanish kam uchraydi, koʻproq oʻzidan changlanadi. Mevasi — don. Doni yalangʻoch (polba
B.larda pardali), ovalsimon, tuxumsimon, choʻziq yoki sharsimon shaklda, qorin tomonida
uzunasiga ketgan egatchali, oq yoki qizgʻishqoʻngʻir rangli boʻladi. Boʻliqligi jihatidan yumshoq
(urvoqdi) yoki qattiq (yaltiroq, qayroqi) B.ga boʻlinadi. 1000 ta doni vazni 20—70 g. Yumshok B.
boshogʻi qiltiqli va qiltiqsiz, qiltigʻi boshogʻidan kaltaroq; doni oq yoki qizgʻish, koʻndalang kesimi
dumaloq, ichi asosan unsimon. Qattiq B. boshogʻi zich, asosan qiltiqli, qiltiqlari boshogʻidan uzun
va tik oʻsadi.
Xoʻjalik ahamiyati. Doni toʻyimli, tarkibida oqsil (seleksion navlarida 10—12% dan 20—25%
gacha, yovvoyi turlarida 25—30% gacha), kraxmal (60—64%), shuningdek yogʻlar (2%), vitaminlar,
fermentlar, mineral moddalar va boshqa bor. Doni, kepagi va boshqa chiqindilari qimmatli yem,
aralash yem sanoati uchun xom ashyo. Somoni yemxashak va toʻshama, qurilish materiali;
poyasi qogʻoz, karton, oʻrov materiali ishlab chiqarish, savatlar, qalpoqlar toʻqish uchun
ishlatiladi va h. k. Koʻk massasi molga beriladi, shuningdek silos qilinadi. B. donidan turli navli
unlar, yorma, spirt, kraxmal va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Biologik xususiyatlari. B.— bir yillik oʻsimlik, har xil tur va shakllarni duragaylash yoʻli bilan koʻp
yillik B. navlari yaratilgan (qarang Bugʻdoybugʻdoyiq duragaylari). Kuzgi, bahori, yarim kuzgi va kuz
hamda bahorda ekilganida ham hosil beradigan (duoba) turlari ham bor. Kuzgi B. bahorgisidan
biologik jyhatdan farq qiladi, sovuqqa va qurgʻoqchilikka chidamli, tuproq harorati 4—5°
boʻlganda unib chiqadi. Ayniqsa boshoqlash davrida namga talabchan. Vegetatsiya davrida kuzgi
B. uchun 2100°, bahori B. uchun kamida 1300° samarali harorat talab etiladi. Qurgʻoqchilik
hosiddorlikni pasaytiradi. Kuzgi bugʻdoyning vegetatsiya davri kuzda 45—50, bahor—yozda 75—
100 kun, bahori bugʻdoyniki 90— 100 kun. Kuzgi bugʻdoy qor qoplami qalin boʻlganda —35°


gacha sovuqqa chidaydi. Bahori bugʻdoy maysalari —8— 10° daraja sovuqqa bardosh beradi.
Kuzgi B. hosiddorligi suvli yerlarda 20— 25 (ayrim hollarda 70—80) s/ga, lalmi yerlarda bahori B.
hosildorligi 12—18 s/ga boradi.
Agrotexnikasi. Sugʻoriladigan mintaqalarda kuzgi B.ni makkajoʻxori, gʻoʻza, kartoshka va boshqa
dala ekinlaridan boʻshagan unumdor yerlarga ekish tavsiya etiladi. Nordon va shoʻrlangan
tuproqda yaxshi oʻsmaydi. Ekish usuli yoppasiga qatorlab (qator orasi 12— 15 sm) yoki tor
qatorlab (qator orasi 7—8 sm) ekiladi. Ekish meʼyori — lalmi yerlarda gektariga 70–110 kg,
sugʻoriladigan mintaqalarda gektariga 170–200 kg, ekish chuqurligi 4—6 sm; kuzgi B. chuqurroq
ekiladi, ekish meʼyori 10—15% ortiq olinadi, uruglik ekish oldidan saralanib, dorilanadi.
Oʻzbekistonning sugʻoriladigan sharoitida B. ekiladigan yerga ekish oldindan 10—15 t goʻng, 40–
80 kg fosfor, 40–100 kg azot, kaliy solinadi, oʻsuv davrida ham ekinzor oʻgʻitlanadi, suvli
yerlarda oʻsuv davrida 2—3-marta sugʻoriladi, Oʻzbekistonda pishib yetilgan bugʻdoyzorlar
yoppasiga bir yoʻla gʻalla kombaynlari bilan oʻribyigʻib olinadi.
Navlari. Oʻzbekistonda 1937—96 yillarda B. boʻyicha 6-marta (1937—61; 194464; 196065;
196375; 197080; 198085; 199095) nav almashtirildi. B. boʻyicha urugʻlik va yangi B. navlarini
yaratishda Milyutin (Gʻallaorol) davlat seleksiya st-yasi |1937; hozirgi Suvli yerlarda boshoqli va
dukkakli ekinlar i. t. instituti (Andijon shahri)ning Gʻallaorol filiali] muhim ishlarni amalga oshirdi.
Sugʻoriladigan maydonlarda B.ning Qiltiqsiz (Bezostaya 1), Unumli bugʻdoy, Sete Serros,
Sangzor 4, Intensiv, Yonbosh, lalmi yerlarda Kizil bugʻdoy (qad. jaydari nav). Kizil Shalola
(Krasnovodopadskaya 210), Surxok 5688, Tezpishar va boshqa navlari ekiladi. 1995-yildan
Rossiyaning Krasnodar oʻlkasi, Ukrainadan keltirib ekilayotgan Skifyanka, Yuna navlari
sugʻoriladigan maydonlarda gektaridan 50—70 s hosil berish imkoniyatiga ega. B.
zararkunandalari: don tunlami, gessen pashshasi, koʻkkoʻz, shved pashshasi, hasva va boshqa
Kasalliklari: qorakuya, qora zang, unshudring va boshqa
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Kazakov Ye.D., Zernovedeniye s osnovami rasteniyevodstva, 3izd., M., 1983;
Udachin R. A., Shaxmedov I. Sh., Pshenitsa v Sredney Azii, T., 1984;
Pshenitsi mira, 2izd., L., 1987.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Adabiyotlar


 
Soʻnggi tahrir 2 kun avval
 
PlanespotterA320
 tomonidan amalga oshirildi
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Bug%C
A%BBdoy&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Bug
ʻ
doy&oldid=2531352

dan olindi

Download 92,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish