Eng muhimi guruhni tashkil qilish bosqichi bo’lib, bunda quyidagi jihatlarga e’tibor berish kerak:
Har qanday treningda (faqat nogironlar bilan o’tkaziladigan maxsus treninglarni hisobga olmaganda) tashqi jismoniy defektga ega bo’lgan va psixik holatida buzilishlar bo’lgan kishilar ishtirok etmasligi lozim. Negaki, bunday holatlarda aynan ana shunday kamchilikka ega bo’lganlarda aks ta’sir bo’lishi ehtimoli kuchliroqligi har qanday mutaxassis uchun tushunarli bo’lsa kerak.
guruh a’zolarining soni 8 tadan 12 tagacha (ba’zi hollardagina 20 tagacha) bo’lgani ma’qul.
ishtirokchilarning yoshi iloji boricha taxminan teng bo’lishi, ya’ni ular orasidagi farq 4-5 yoshni tashkil etishi mumkin (Alohida qayd etish Lozim, 45-50 yoshdan kattalar uchun trening juda katta va ahamiyatli ta’sirga ega bo’lmasligi va ular kutganchalik natija bermasligi ham mumkin).
ishtirokchilar orasida ayol va erkaklar soni imkoni boricha teng bo’lishi kerak.
ishtirokchilar orasida ayol va erkaklar soni imkoni boricha teng bo’lishi kerak.
Bundan tashqari yana quyidagilarga ham e’tibor berish lozim bo’ladi:
Treningda muammosi bir xil bo’lgan odamlarni to’plash kerak.
Trening ishtirokchilari iloji boricha bir-biriga notanish bo’lishlari lozim.
Trening o’tkaziladigan xona albatta izolyatsiyalangan bo’lishi shart, ya’ni hech kim ularni bezovta qilishi mumkin emas va ular ham boshqalarga halaqit bermasligi kerak.
Rasmiylashgan guruh bo’lishiga yo’l qo’ymaslik lozim.
Trenerdan auditoriya erkin bo’lishini ta’minlash va auditoriyani yaxshi bilish talab etiladi.
Treningda metodik qo’llanmalarni tadbig’ qilishda trening yo’nalishini tanlanishi quyidagi omillarga bog’liqdir:
Treningda metodik qo’llanmalarni tadbig’ qilishda trening yo’nalishini tanlanishi quyidagi omillarga bog’liqdir:
Trening mundarijasi.
Guruhning o’ziga xosligi.
Holatlarning o’ziga xosligi.
Trenerning imkoniyatlari
Trening o’tkazuvchi uchun shart bo’lgan ishlar:
- Muhokama tashkil qilish, ishchi guruhi uchun qoidalar ishlab chiqish va
har bir mashg’ulotda trener treningning maqsadi vazifasini batafsil tushuntirish.
- Navbatdagi mashg’ulot instruktsiyasini berish.
- Qatnashuvchilar savollariga javob berish va ular bajarayotgan ishni
nazorat qilish.
- Senariy mazmunini trening maqsadi asosida tahlil etish.
- Trening haqida qatnashuvchilar bilan fikr almashish.
- Qatnashuvchilar ematsional holatini nazorat qilish va ularga psixologik
yordam berish.
- Har bir mashg’ulotda yakun yasash va uyga vazifa berish.
- Mashg’ulot oxirida siz haqingizda qatnashuvchilar o’z fikrini bayon
qilishlariga imkon berish.
Trening o’tkazish davomida uning qatnashchilarini shaxsiy muloqot
usullarini va o’zining boshqalarga nisbatan pozitsiyasini yaqqol anglash
jarayonini rag’batlantirish kerak. Trening mashg’ulotlari do'stona, samimiy va
ixtiyoriy tarzda o’tkaziladi. Trening o’tkazishdagi shartlar bo’yicha ma'lum
qoidaga rioya qilinmasa, u ijobiy natija bermaydi.
suhbatdan maqsad - guruhning har bir a’zosining kutishi qay darajada amalga oshganligini bilish va eng asosiysi, trening maqsadiga erishgan yoki erishmagaligini bilishdan iborat. aniqlash orqali guruh motivasiyasini aniqlashdan iboratdir. Bu suhbatda ishtirokchiga asosan quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi.Treningni yakunlash bosqichida “Qayta aloqa” o‘rnatish lozim. Ya’ni trening ishtirokchilari mashg‘ulotdan nima oldi, birinchi kunda kutgan kutuvlari amalga oshdimi-yo‘qmi, o‘z muammolarini yechish uchun ko‘nikma va malakalarni egallay oldimi va shu kabi savollarning javoblari sarhisob qilinadi. Buning uchun trener tomonidan oldindan tuzilgan anketalar tarqatiladi va ishtirokchilarga bu anketani anonim tarzda to‘ldirilishiga imkon yaratiladi. Chunik ishtirokchi o‘z fikr-mulohazalarini aniq va ochiq-oydin yozib berishi uchun u himoyalanganlikni his etishi lozim. Anketada “Sizga mashg‘ulot yoqdimi?”, “Mashg‘ulotdan o‘zingiz uchun qanday foydali jihatlarni oldingiz?
Mashg‘ulotdan o‘zingiz uchun qanday foydali jihatlarni oldingiz?”, suhbatdan maqsad - guruhning har bir a’zosining kutishi qay darajada amalga oshganligini bilish va eng asosiysi, trening maqsadiga erishgan yoki erishmagaligini bilishdan iborat. aniqlash orqali guruh motivasiyasini aniqlashdan iboratdir. Bu suhbatda ishtirokchiga asosan quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi.Treningni yakunlash bosqichida “Qayta aloqa” o‘rnatish lozim. Ya’ni trening ishtirokchilari mashg‘ulotdan nima oldi, birinchi kunda kutgan kutuvlari amalga oshdimi-yo‘qmi, o‘z muammolarini yechish uchun ko‘nikma va malakalarni egallay oldimi va shu kabi savollarning javoblari sarhisob qilinadi. Buning uchun trener tomonidan oldindan tuzilgan anketalar tarqatiladi va ishtirokchilarga bu anketani anonim tarzda to‘ldirilishiga imkon yaratiladi. Chunik ishtirokchi o‘z fikr-mulohazalarini aniq va ochiq-oydin yozib berishi uchun u himoyalanganlikni his etishi lozim. Anketada “Sizga mashg‘ulot yoqdimi?”, “Mashg‘ulotdan o‘zingiz uchun qanday foydali jihatlarni oldingiz?