IV. muhokamaga quyilgan mavzu: 1) travmatlolgiya-ortopediya fani va uning rivoglanishi – 20 min; 2) suyak sinishlarida diagnostika va davolash – 70 мин;
V.1. Travmatlolgiya-ortopediya fani va uning rivoglanishi
Ortopediya – tibbiy soha bulib, skelet tizimida hastaliklarni oldini olish, tashxis quyish va davolashni uz ichiga oladi. Bir vaqtning uzida travmatologik bemorlarga yordam kursatish bilan bu soha birgalikda ish olib boradi.(M.V.Volqov).
Ortopediya grekcha atama bulib, Orthos – tugri, Poideno – tarbiyalamoq degan manolarni anglatadi. Ortopediya faning asoschisi Nikolas Andry – 1741 ikkinchi suzni paidos – gudak, manoda tarjima qilib, bolalarda tugma va orttirilgan deformaciyalarni bartaraf etish mahoratini kursatib bergan. Ikkala tarjima ham fanning asosiy mohiyatini ochib beradi.
Ortopediya qadimgi fanlar turiga kiradi. Bu haqda qadimgi misrliklar mumiyalar piramidalarida topilgan topilmalar bunga dalolat buladi. Usha vaqtda odamlar singan suyaklarni palma barglari bilan fiksaciyalashgan. Mumiyalar tahminan 4500 yil oldin yashagan ( firavnlarni IV avlodi, eradan avvalgi 2500 yilda yashgan, Londondagi qirol jarrohligi jamiyati).
Ortopediya yunalishini uzi mustaqil fan sifatidfa shakllanishidan oldin ham xalq orasida katta etiborda bulgan va uning rivojlanish bosqichi Gippokrat davri (e.a. IV asr) bilan bogliq.
Gippokratning (e.a 460-377) «De fractures» va «De articulis» asarlarida suyak sinishi, chiqishi, umurtqa pogonasini qiyshayishi, tugma son chiqishi va maymoq oyoqlik haqida juda kup malumot berilgan. Har xil turdagi boylamlar, tortmalar, maxsus uskunalar, suvli muolojalar erdamida bir qancha bemorlarni davolagan.
Asclepiads (e.a 100 yil), Cels (eramiz boshida) va Galen (bizning eramizning 131-206yil) tanadagi har xil deformaciyalarni davolash uchun jismoniy mashqlardan foydalanishgan, bundan tashqari bukrilik hastaliklarini nafas gimnastikasi va kukrak qafasi boylam bilan fiksdaciyalash orqali davolashgan. Hozirgi kungacha davom etib kelayotgan «lordoz» «kifoz» «skolioz» tushunchalar Galenga tegishlidir.
Xristianlik davrini kelishi tibbiyotni rivojlanishiga olib kelmadi. Usha vaqtning mashxur shifokorlari uzlaridan avvalgi qadimgi yunon olimlar izidan borishgan. Antill (III asr), qontrakturani davolash uchun paylarni kesgan.
Defirmaciyalarni davolashda arab olimlari juda yaxshi shugullanishgan. Ar-rozi (850-932) birinchi bulib Spina Ventosa haqida malumot bergan; Ibn-sino (980-1037), uzining tib qonunlari kitobining IV bobida yaralar, sinish va chiqishlar, shu jumladan elka suyagi chiqishida uni solish usulini eritib berdi. Bu usul hozirgi kunda travmatologlar tomonidan juda kup qullaniladi va Ibn-sino usuli deb yuritiladi. Abdulkozim (936-1013), xirurgiya yunalishida kata ishlar qilgan. Uzigacha ishlatilmagan yangi asboblarni ishlab chiqqan. Kup ishlarini jaroxatlangan tanadan uqlarni olish, kichik boldir suyagi rezekciyasi, sinish va chiqishlarda tortuvchi uskunalardsan foydalangan.
Bulardan tashqari arablar tana mushaklarini massaj qilishni asosini ishlab chiqishgan. Singan oyoqni gipslash ham arablarga tegishlidir. Qizigi shundaki ular singan joyga gips qorishmasini quyishgan. Chandiqli qontrakturalarni tortma va redresaciya usuli bilan davolashgan.
Gieronimus Braunschvig (1450-1533) 1497 yilda qul va oyoq suyaklari sinishida qattiq jismlardan foydalanib fiksaciyalagan. Buning uchun daraxt, hayvon shoxi, yoki qattiq boshqa jismlardan foydalangan. Barmoqlar sinishida har xil shinalardan foydalangan, yoki singan barmoqni yonidagi soglom barmoqqa fiksaciyalagan.
Mashxur francuz shifokori Ambruz Pare (1510-1590) uzining V bobli kitobida suyak sinishlari va chiqishlariga va ularni fiksaciyalashga katta etibor bergan. U birinchi bulib tizza qopqogini sinishini tavsiflab bergan va davolash usullarini aytib bergan. Ambruz Pare birinchi bulib deformaciyalar haqidagi fanni hihrurgiyaning bir yunalishi bulishiga harakat qilib kurgan. Umurtqa pogonasi qiyshayishi uning kelib chiqishi, davolash haqidagi dastlabki malumotlar aynan Parega tegishlidir. Pare bularni davolashda asosan mehanoterapiyadan foydalangan. Kasallikni kelib chiqishini anatomik va fiziologik tomondan tushuntirib bergan. U qattiq korsetlar taqishni maslahat beradi. Ortopedik va travmatologik bemorlarni davolashda birnecha hil apparat va protezlarni taklif qilgan.
Hozirgi kundagi zamonaviy teri plastikasini otasi italiyalik olim Gaspar Tagliacozzi (1546-1599), Boloniya universiteti professori. U tomondan ishlab chiqilgan usul(burun soxasini plastikasi) hozirgi kunda italiyancha usul deb yuritiladi, vahozirgi kunda ishlatiladigan teri plastikasini kup usulini asosi bulib hizmat qiladi.
1641yilda Isaak Minnius Antilldan keyin ortopedik operasiya usullarini mukammalashtirdi va buyin qiyshiqligi hastaligida tenotomiya usulini taklif qildi.
1650yilda Francis Giissonning (1597-1677) «De rachitide sive morbo puerite tractatus», nomli asari chop etildi. Unda olim bemorlarda raxitik uzgarishlar haqida suz yuritadi. Bu hastalikni davolashda tortuvchi moslamadan foydalangan va bu hozirda «Glisson petlyasi» deb yuritiladi.
1740yilda Cheselden maymoq yoqlikni davolashda leykoplastrlik boylamdan foydalangan.
Usha vaqtga kelib inson tanasidagi deformasiyalarni davolashga oid kup davo ususllari ishlab chiqildi. Hastalikni patologoanatomik tomonlari ochib berildi Boerhaave, 1708 va Morgagni, 1728.
Deformasiya haqida fan 1741yilga kelib Parij universiteti professori Nikolas Andri tomonidan yagona mustaqil fan sifatida ommaga taklif qilindi. U fanga oid ikki tomli asar yozdi va «ORTOPEDIYA» deb nomladi.
1779-1782yilda ingliz jarrohi Percival Pott (1714-1788) tomonidan umurtqalarda uchraydigan hastaliklar haqida malumotlar berildi, va aynan umurtqa sili hastaligi uning \nomi bilan yuritiladigan buldi.
1783 yilda Park yangi maqolani chop etdi va unda u birinchi bulib bugim yuzasini rezeksiyasini amalga oshirganini malum qildi. 1769 yil tizza bugimini rezeksiya qilgan.
1784 yilda Lorenz birinchi bulib Axil payini ochiq tenotomiya qilgan. Delpeche 1816 yilda shu payni yopiq tenotomiya qilgan.
Aseptikagacha bulgan davr ortopediya va travmatologiyani rivojlanishiga tusqinlik qildi. Bazi bir operativ davolarni nazarga olmaganda barcha usullar infeksion asoratlar oqibatida qoniqarsiz baholangan.
Goffa tuzgan ortopediyadan 1891 yilda birinchi nemis darsligini chop etdi. Rossiya va Garbda amaliy ortopediya xususiy tashabbus buyicha paydo buldi. Birok xammasi yangi davolash usullarini tarkok xolda joriy etishga xaratilgan urinishlar edi.
Rossiyada xali klinik ilmiy va ukuv ortopediyasi yuq. edi. Tibbiy ma'lumotni ortopediyadan dars berish bilan boyitish fikri Xarbiy-tibbiy akademiyaning desmurgiya va mexanurgiya kafedrasida tuzildi va 1895 yilda bu ishni Genrix Ivanovich Turner boshqardi. Rossiya ortopedlar maktabining asoschisi Genrix Ivanovich Turner 1858 yilda Peterburgda tavallud toptan. G.I.Turner mashxur jarrox KKReyer raxbarligida jarrox.-likni puxta urganib oldi va, ayniksa, tayanch-xarakat sistemasi pato-logiyasini davolash soxasini yaxshi egalladi.
G.I.Turnerning ortopediyaga taallukli asarlaridan gips texnika-sini takomillashtirganini aytsa buladi. G.I.Turner xorijiy mual-liflardan farqni ravishda, singan suyaklar sekin bitayotganda, singan joyni urib turishni tavsiya kildi.
G.I.Turner qilgan izlanishlari jaxon ortopediyasining rivojla-nishida ma'lum iz qoldirdi. Son suyagi buyinchasining qiyshayishi xaqida, travmatik epifizeoliz xaqida, tizza artrodezining yangi usul va tizza kopkogining eskirgan sinishini davolash, umurtkaning Bexterev kasal-ligi xakida, sil spondiliti kechishida organizmda ximoya kuchlarining paydo bulishi, panja kafti suyaklarining askarlarda uchraydigan xarbiy marshdagi sinishi, jarroxlik muolajasidan keyingi yog emboliyasiningklinik shakllari xakidagi ishlari shular jumlasiga kiradi. Umurtqadagi tugma anomaliyalarning kasbga doyr ish kobiliyaga ta'siri, umurtkaning rivojlanish nuqsonlari va ularning bel ogrigi patologiyasidagi moxiyati, spondilolistezning xosil bulish mexanizmiga doir tadkikrtlari aloxida urin egallaydi. G.I.Turner xayotining sungga yillarida shikastlanishlarda ruy beradigan neyrotrofik asoratlar masalalariga katga kizikish bilan karadi. U siniqdarning bitish jarayonining buzilish sabablarini topishga va ayrim trofik buzilishlarni qayta tiklashga xarakat kildi. G.I.Turner boshqalardan ilgari tor mexanoterapiya pozisiyasidan davolash gimnastikasiga utdi. U uzining xarakatchanligi, izlanuv-chanligi, kunt-matonati bilan Rossiyada birinchi kafedra va ortopediya klinikasini tashkil kdldi va umrining oxirigacha bu klinikani uzi boshqardi. G.I.Turner Rossiyada birinchi bulib "nogiron" bola-larni ximoya qilish masalasini kutardi, "Bolalardagi nogironlik bilan" davlatning uzi kurashishi shartligini kayl etdi. 1917 yili uning tashabbusi bilan PeterburgningLaxtin kuchasida bolalar orto-pediyasi instituti tashkil qilindi. Professor G.I.Turnerning ishini uning shogirdlari davom et-tirdi, ulardan biri German Aleksandrovich Albrext edi. Oktyabr inkilobidan keyin uning zimmasiga Petrogradsa yiqilib kolgan urush nogironlarini protezlashni taklif qilish yuklangan edi. G.A.Albrextning keyingi butun faoliyati Leningrad protezlash institutini tashkil qilish bilan bogliqdir.
G.A.Albrext protezlash prinsiplarini va protezlashga yondashuv-larni ilmiy asosladi. Uzining ishlarida oyog protezlarini statik va dinamik nuqtai nazardan karab, sun'iy oyog panjasini tuzish sxema-sini asosladi, ortopedik korset va apparatlarning qonstruktiv prinsiplarini shakllantirdi. U normal va ortopedik oyog kiyimlariga taallukli ancha masalalarga aniqdik kiritdi. Ayniksa, u protezlashning murakkab va ogir qismi - sun'iy qul protezi ustida tirishkoklik bilan
ishlab, ikki quli tirsagining yukori qismidan amputasiya qilingan nogironlar uchun faol ishlaydigan birinchi protez nusxa-larini va ishlov moslamalarini ilk bor yaratdi. Shunday qilib, tibbiyotda yangi soxa - protezlash fani vujudga keldi.
Rossiyada birinchi ortopediya instituti 1906 yilda Peterburg Xarbiy-tibbiyot akademiyasida tashkil toptan. Institutni professor R.R.Vreden boshqargan. Professor R.R.Vreden uz familiyasi ustidan kulimsirab, "zararimdan kura foydam kuprok" der edi. Xakikatdan xam u foydali inson edi. Roman Romanovich Vreden G.I.Turnerning shogirdi, 30 ga yaqin turlicha jarroxlik kasalliklarini davolash
metodlari, ortopedik deformasiyalar, jumladan, yassioyoglik umurtka kiyshayishi, "Vreden operasiyalari" nomini olgan bolalar falajini davolash usullarini ishlab chikdi. Ulardan xozir xam foydalaniladi.
R. R. Vreden - "xarbiy-dala jarroxligi" xakida birinchi yaratilgan qullanmaning muallifi, bu kitob xamma xarbiy xakimlarlarning xar kuni foydalanadigan muxim asari xisoblanadi. Sankt-Peterburgdagi uzi tashkil qilgan ortopediya ilmiy tekshirish instituti R.R.Vreden nomi bilan ataladi.
Birinchi jaxon urushida Rossiyada juda kup shikastlar olgan nogironlar paydo buldi, bular uchun Moskva shaxrida maxsus ixtisos-lashtirilgan muassasa zarur edi. Bu savdogar Morozov oilasi mabla?lari xisobidan 1916 yilda ochildi.
Urush va uning okibatlari sababli paydo bulgan juda kup nogiron-lardan tashqari, axolini salomatligiga, ayniksa, bolalar salomat-ligiga suyak sili kasalligi katta zarar yetkazdi. Sobik ittifokda suyak sili kasalligi ilmiy muammosini yechish va unga karshi olib borilgan tashqiliy ishlar professor T.P.Krasno-baev nomi bilan chambarchas bogliqdir. T.P.Krasnobaev va uning xamkasblari tufayli bolalar ortopediyasi musta?il fan tariqasida rivojlandi. 1917 yilda Petrogradda A.L.Polenov tashkil qilgan Fizio-jarroxlik institut uz faoliyatini boshladi. Uning tashabbusi bilan Rossiyada ilk marta birinchi yordam stansiyasi tashkil topadi va
institut bilan birgalikda ishlaydi. Birinchi yordam stansiyasining tashkil topishi (keyinchalik ularga tez yordam stansiyalari nomi berildi) shikastlanishlarda ixtisoslashgan xizmatni yaxshilashga katta axamiyatga ega buldi. 1919 yilda Moskvada Petrograd Fiziojarroxlik institutiga uxshash birinchi yordam stansiyasi ochildi va keyinchalik u N.V.Sklifo-sovskiy nomidagi tez yordam instituti tarkibiga qushildi. Unda shikastlarni davolovchi jarroxlik bulimi (professor V.V.Gori-nevskaya raxbarligida) ochildi. 1918 yilda Rossiyada birinchi ortopediya va favmatologiya kafedrasi Davlat tibbiy bilimlar institutida ochildi va uni professor
AL. Polenov boshqardi. Moskvada ixtisoslashtiriltan tibbiy yordam masalasi ilgarigidek dolzarb edi. Rossiya jarroxiyasining kuzga kuringan vaqili V.N.Rozanov qisqa muddat ichida Soldatenqov shifoxonasi
jarroxlik bulimi asosida (xozirgi S.P.Botkin nomidagi shifoxona) yaradorlar uchun gospital tashkil qilib, u yerda ishlash uchun uzining yaqin shogirdla-ridan N.N.Priorov, A.D.Ochkin, Ye.D.Dmitrieva va boshqalarni jalb qildi.
V.N.Rozanov va uning shogirdlari N.N.Priorov va A.D.Ochkinlar Moskvada protez ishini tashkil qilishga katta ulush qushdilar.
N.N.Priorov 1931 yilda Moskvada vrachlar malakasini oshirish Markaziy institutida birinchi travmatologiya va ortopediya kafed-rasini va 1933 yilda I.M.Sechenov nomidagi 1 Moskva tibbiyot institutida travmatologiya va ortopediya kafedrasini tashkil kildi. N.N.Priorov raxbarligida tayanch-xarakat apparatining deformasiya-larini davolash masalalari ishlab chiqildi. U tuqima va a'zolarni qonservlash va transplantasiya qilish masalalari bilan shuqullandi. 1932 yilda Moskvada uning tashabbusi bilan travmatolog-ortopedlar jamiyati tashkil qilindi va u jamiyatga
doimiy raxbar bulib qoldi. N.N.Priorov uzining travmatizm tasnifini taklif etdi.
Travmatologiya oliy ukuv yurtlardagi umumiy jarroxlik kursi tarkibida tashkil qilindi. Birok mamlakatda ukuv darsliklari, qullanmalar va bu fandan dare bera oladigan kadrlar mavjud emas edi.
1927 yilda A.L.Polenov taxriri ostida katta bir jamoa tuzgan "Amaliy travmatologiya asoslari" nomli qullanma chop etildi. Bu travmatologiyadan birinchi salmokli qullanma nafaqat Rossiyada, balki xorijda xam yagona asar edi. Bu qullanmani tuzishda eng kuzga kuringan yirik olimlar katnashdi. Rossiya travmatologiyasi soxasida Nikolay Alekseevich Bogoraz uziga xos yorkin siymo edi. 1909 yilda "Oyogpanjasining qisman am-putasiyasi" mavzuida doktorlik dissertasiyasini yokladi. U 40 yoshida birinchi jaxrn urushiga junaydi Keyinchalik Rostov-Donda uz ishini davom ettiradi. 1920 yilda gospitalga qonsultasiyaga shoshilib ketayotganida, odamlarga liq tula tramvayga osiladi va yiqilib tushib, oqibatda ikki oyogidan xam ajraydi. Biroq u yengilmadi. Fojiadan ikki xafta
utgach, katalkada yurib, kasallarni kurib chiqadi. Olti oydan keyin esa protezda soatlab operasion stol oldida turib, operasiyalar qilishni davom ettiradi.
1920 yilda tibbiy ilmiy jamiyatda "Son suyagi amputasiyasi xakida uylar" degan mavzuda ma'ruza qilib, uz kasallik tarixi xaqida suzlab beradi.
Bu ma'ruza qiziqarli fi?olarga boy. Unda muallifning juda katta ilmiy saloxiyati, uning boy kasb tajribasi, uz dilining istirobi va, ayni vaqtda, umumiy insoniy optimizmi, kelajakka orzu-umidlari ifodalangan edi.
"Insoniyat 6 ming yillik tarixi mobay-nida protezdan yaxshiroq narsa ixtiro qila olmagani uning uchun uyat bulishi kerak", degan edi Nikolay Alekseevich.
U ma'ruzani quyidagi suzlar bilan tugatgan: "Protezlar qanchalik yaxshi ishlangan bulmasin, ular nixoyatda takomillashmagan va insoniyat bu yunalishdan ketmasligi kerak Faqat a'zolarni transplantasiya qilish yuli bilan fan oyogsiz qolgan insonlarga xa?i?iy yordam berish imqoniyatiga ega buladi".
Travmatologiya buyicha kup qullanmalarda N.A.Bogoraz usulidagi segmentar osteotomiya degan mashxur operasiya tugrisidagi ma'lumotni ukish mumkin.
Shunday qilib, ikkinchi jaxon urushi boshlanishi arafasida Rossiyada travmatologiya yuksak darajada rivojlandi. Bu 72% yara-dorlarning soqligini qayta tiklab, ularning frontga qaytishiga imqon yaratdi.
Ikkinchi jaxon urushi davrida shok qon oqishlar, uq otar qurollardan yaralanishlar, shuningdek bugimlar va oyog-qullarning yaralanishlariga oid eng muxim muammolar xal qilindi. xamma yirik shaxarlarda ixtisoslashtirilgan ortoped-travma-tologik bulimlar va keyinchalik mintaqaviy travmatologiya va ortopediya institutlari tashkil qilindi. Undan keyingi yillarda suyak sinishlarini jadal davolash usullari rivojlana boshlandi va shu bilan bir qatorda, intra- va ekstramedullyar osteosintez, tayanch-xrakat sistemasining degenerativ va yalliglanish kasalliklari, bolalarda uchraydigan tugma va ortti-rilgan deformasiyalarni davolash usullari yulga quyildi. Reqonstruktiv jarroxlikda qonservlangan tuqimalar, ayniqsa, autogen suyak tuqimasi urnatish ancha avj oldi. Bu operasiyalar I.M.Si-tenko, R.R.Vreden, N.P.Novachenko, V.D.Chaklin va boshqalar tomonidan bajarildi.
Travmatologiya va ortopediya soxasida Rossiyada qulga kiritilgan muxim nazariy va amaliy yangiligi, bu GA.Ilizarov va O.N.Gudu-shauri tomonidan yaratilgan va asoslab berilgan kompression-distraksion usul edi. Bu metod prinsiplari asosida tashqi fiksasiya uchun universal va tor maqsadliapparatlar yaratildi.
V.D.Chaklinning 1931 yildan boshlagan ishlari tufayli Umurtqa jarroxligi soxasida katta natijalarga erishildi.
Mikrojarroxiyatni joriy etilishi travmatologiya va ortopediyada jarroxlik imqoniyatini anchagina boyitdi.
KM.Sivashning chanoq-son bugimini total endoprotezlash soxasidagi qilgan izlanishlarini butun jaxon tan oldi.
Reqonstruktiv jarroxlikda nobiologik materiallar keng mi?yosda ishlatila boshlandi.
Sinishlar
Tayanch-xarakat apparatining shikastlanishlari va kasalliklarini tashxislash tibbiyot tamoyillari va metodlariga: shikoyatlar, anamnez, travma mexanizmi va simptomatologiyasini batafsil urganishga asoslanadi.
Klinik rentgenologik elekgrofiziologik instrumental, labo-rator tekshirish metodlaridan foydalaniladi.
Tayanch-xarakat sistemasining shikastlanishlari va kasalliklarini tashxislash asosiy metodi - bu shifokorning ma'lum bir sistemaga solingan uzluksiz klinik faoliyati xisoblanadi quyidagi tartibga amal qilish tavsiya etiladi:
" Shikoyatlarni aniqlash.
" Anemnez yigish.
" Bemorni kuzdan kechirish.
" Bugimlarda xarakat amplitudasini aniqlash.
" qul-oyoglarning uzunligi va aylanasini aniqlash.
" Mushaklar kuchini aniqlash.
" Rentgenologik tekshiruv utkazish.
" Elekgrofiziologik va laborator tekshiruvlar ugkazish.
" Instrumental metodlar qullanish (punksiya, biopsiya va
boshqalar).
" Tashxis quyish.
Sh ikoyatlar. Shikoyatlarni aniqlayotganda ularning asosiylarini farq qilish kerak Masalan, kupincha chanoq-son bugimi kasallangan bemorlar tizza orrikiga shikoyat kiladmlar, bel umurt-kalari, umurtkalararo diskdagi uzgarishlarda bemor buksa (chanoq-son bugimidagi) ogriqidan shikoyat qiladi
(noksimon mushak sind-romi). Kupchilik travmatologik bemorlar ogriqni shikastlangan yuzada sezib, ogriq. xarakat qilganda kuchayadi, xarakatchanlik chegaralanadi va odatda tayanch-xarakat sistemasida deformasiya borligi seziladi (yuzada, segmentda).
Anamnez. Kasaldan surishtirilganda travma mexanizmini aniqlash shart. Uning tipik mexanizmi asosida u yoki bu shikast-lanishlar variantini gumon qilish mumkin. Shu bilan birga travma yuz bergan vaziyatni aniqlash profilaktik choralar ishlab chiqishga va travmatizmni kamaytirishga yordam berishi mumkin.
Bemordan yoki uning xarindoshlaridan kasallikning boshlanishi, uning dastlabki belgilari, dinamikasi va utkazilgan davolash usullari batafsil suraladi. Shunday shikastlanish va kasalliklar borki, aniq, tuliq olingan anamnez ma'lum bir tashxisga gumon qilishnigina emas, balki aniq, va tugri tashxis quyishga imqon yaratadi. Ayrim bemorlarda vakt utishi bilan kupgina ob'ektiv belgilar yuqoladi va tekshirish jarayonida ularni topib bulmaydi. Misol tariqasida tizza meniskining shikastlanishiny keltirish mumkin. Agar anamnezida klassik shikast mexanizmi bulib, tizza blokadasi bilan kuzatilsa, uziga xos klinik kechishi va takror-takror tizza blokadasi bulib tursa, bu xolda menisk-ning yirtilganiga shubxa bulmaydi.
Maqsadga muvofiq, tekshirish bilan faqat tizza boylamining shikastlanganini yoki, aksincha, shikastlan-maganini aniqlash kerak
Boshqa kasalliklarda bulgani kabi bemorni xayot anamnezini yi-?ish kerak: tuqilgandagi salomatlik xolati, bolaligidagi, usmirli-gidaga va nav?iron yoshidagi yashash sharoitlari. Tayanch-xarakat apparati faoliyatiga mexnat sharoitlari va ishlab chiqarishdagi zararli omillar ta'sir qilishi mumkin. Doimo ilgari boshidan kechirgan kasal-liklarini aniqlash kerak Allergologik anamnezni bilish xam ma?-
sadga muvofiqdir, chunki anafilaktik shok xollari tez-tez uchrab turmoqda.
Kuzdan kechirish. Kuzdan kechirishda shifokor bemorning uzini tutishiga, tashki kurinishiga, chexrasida aks etgan belgilarga, majburiy kurik va ?ayritabiiy yurishiga, tanasining normal shakli va nisbatlari buzilishiga di??at bilan e'tibor berish kerak Bemorni kuruvdan utkazish tayanch-xarakat apparatining juda kup shikast -lanishlari va kasalliklarining belgilarini aniqlashga imqon beradi.
Kuruvdan utkazish ma'lum qoidaga rioya qilgan xolda uzviy va tulik bulishi kerak Kuruvdan utkazilayotganda bemor kiyimlardan xoli bulishi kerak shundagina tana va qul-oyoglarining simmetrik qismlarini solishtirish mumkin. Xonada bemorni yurgizib kurish maqsadga muvofiqdir. Shu vaqtda bemorning ?ad-?omatini, yelka kamari simmetrikligini, chanoq, qiyshi?ligini, bel shakli va qonturlarini, gavda va oyog-qullarning deformasiyasi aniqlanadi.
Travmatologik bemorni kuruvdan utkazish ma'lum sxemaga asoslanadi, bu shikastlanishning muxim belgilarini kurmay utkazib yuborishdan asrab qoladi. Umumiy kuruvdan utkazgach va asosiy belgilarini aniqlagach, butun tana yuzasi urganib chiqiladi. Birlamchi kuruvdan utkazilganda bemorning xolati yoki shikastlangan tayanch-xarakat apparati faol aktiv, passiv yoki majburiy
xolatda bulishi mumkin. Bemorlarning faol xolati aksariyat kasallikning deyarli ogir emasligidan, uning boshlangich bosqchidan yoki shikast yengil bulib, tana va qul-oyog, faoliyatiga deyarli ta'sir qilmaganligidan darak beradi. Tashxis quyish nuqtai nazaridan bemorning passiv yoki majburiy xolatlari muxim axamiyatga egadir. Bemorning passiv xolati, kupincha, shikastning ogirligi yoki orqa miya shikastlanishi murakkablashib falaj bulganligidan darak beradi. Tayanch-xarakat a'zosining birorta segmentining passiv xolati shu darajada xarakterli buladiki, uni ma'lum bir shikastlanishning patognomonik belgisi deb xisoblash mumkin. Bemor ogriqni kamaytirish yoki qoldirish maqsadida tanasiga yoki shikastlangan ul-oyogiga ma'lum majburiy qulay xolatni beradi. Bemorning quli yoki oyogiga ma'lum zarur xolat berishi ma'lum suyak mushak yoki nervning shikastlanganligidan darak beradi. Yana shikastlangan joydan uzoqroqda gavdaning yoki uning ma'lum bir qismining gayri tabiiy xolatiga aloqida axamiyat berish kerak - kompensator, moslashish va patologik tana xolati. Shunday qilib, bemorda vertikal yoki gorizon-tal xolatda paydo buladigan kuchli lordoz, chanoq-son bugimidagi bu-kuvchi qontrakturasi xisobidan bulishi mumkin. Umumiy kuzdan kechirish tugagach, maxalliy uzgarishlar urganila boshlanadi. Shikastlangan tana qismini soglom simmetrik qismi bilan taqqoslab urganiladi. Terini kuzdan kechirganda, uning rangiga, elastikligiga, namli-giga yoki, aksincha, quruqligiga, turli xil teri toshmalariga axamiyat berish kerak Travma sodir bulganda nafaqat teri yuzasi buzilishiga, balki uning tarqalganligi va joylashuviga xam axamiyat berish kerak Masalan, kuz kosasi atrofidagi kupayib borayotgan gematoma, bunga kushimcha ravishda bemorning passiv xolati (xushdan ketish) ogir bosh miya shikastlanishidan, kalla suyagi asosining singanligidan dalolat beradi. Oraliq soxasidagi teri ostiga qon quyilishi, oyogning passiv xolati (tashqi rotasiya, "yopishib qolgan tovon" musbat simptomi) chanoq suyaklari singanda kuzatiladi. Turlicha joylashgan teri lat yeyishlari, jaroxatlar shikastlanish yoki kasallik belgilari bulishi mumkin. Shikastlanishlar va ortopedik kasalliklarning aniq belgilaridan biri - kul yoki oyog ukining defor-masiyasi xisoblanadi. Normada oyogning turri uki - spina iliaca anterior superior - dan pastga utkazilgan chiziq, tizza qopqoqi ichki yon tomonidan utib, 1 panjaning barmoqiga borishi kerak. Tizzadagi uzgarishlar natijasida boldir tashqariga karab qiyshaygan bulsa (genu valgum) oyog uki tashqaridan utadi, agar boldir ichkariga qiyshaygan bulsa (genu varum) - tizza qopqoqi ichkarisidan utadi qulning tugri uki yelka suyagi boshchasi ustidan utkazilgan chiziq bilak va tirsak suyaklari ustidan utadi. Tirsak bugimining ichkariga qiyshayishi - cubitus valgum tashqariga qiyshayishi - cubitus varum deyiladi. Ilgari kechgan umumiy kasalliklar organizm rivojlanishiga ta'sir qilishi va ikkala oyogning deformasiyasiga olib kelishi mumkin (raxit), masalan "O" va "X" simon deformasiya
TRANSPORT IMMOBILIZASIYaSI
Immobilizasiya deganda, tananing shikastlangan qismini xarakat-sizlantirish tushuniladi. Immobilizasiya suyaklar singanda, bugim-lar, nervlar shikastlanganda, oyog-qullarning ogir yalliglanish jarayonlarida, yirik qon tomirlar jaroxatlanganda va katta yuzadagi kuyishlarda qullanadi. Immobilizasiya ikki xil buladi: transport va davolovchi immobilizasiyalar. Transport immobilizasiyasi yoki bemorni stasionarga olib borish vaqtidagi immobilizasiya - bu vaqtinchalik chora (bir necha soatdan bir necha kungacha), ammo bu jabrlanganning xayoti, shikastlanishning kechishi va natijasi uchun katta axamiyatga ega. Transport immobilizasiyasi maxsus yoki turli materiallardan tayyorlangan shina va boglam-lar quyish bilan amalga oshiriladi. Transport shinalari fiksasiya kiluvchi va fiksasiya bilan bir katorda tortib turuvchi turlarga bulinadi. Fiksasiya kiluvchi shina-lardan fanera, sim-narvonsimon, taxtadan va kartondan tayyorlangan shinalar eng kup tarqalgan. Fiksasiya qilib tortuvchi moslamalarga Diterixs shinasi kiradi. Katta masofaga transportirovka qilishda vaktinchalik kuyiladigan gips boglamlaridan foydalaniladi. Faneradan tayyorlangan shinalar qul va oyoglarni immobilizasiya qilish uchun ishlatiladi. Simdan tayyorlangan shinalar (Kramer tipidagi) pulat simdan ikki ulchamda (110x10 va 60 x 10 sm) tayyorlanadi. Bunday shinalar yengil, mustaxkam va amaliyotda keng tarqalgan. Tursimon shina yumshok ingichka simdan tayyorlanadi, bunga yaxshi shakl berish mumkin, ixcham, ammo bakuvvat bulmaganligi tufayli cheklangan xolda ishlatiladi. Disherixs shinasi rossiyalik jarroq tomonidan oyoglarni immobilizasiya qilish uchun yaratiltan. Shina yogochdan yasalgan, ammo xozirgi paytda yengil va zanglamaydigan metalldan tayyorlanadi.Gips boglamining kulayligi shundaki, unga xoxlagan shaklni berish mumkin. Bu boglam, ayniqsa, boldir, bilak va yelka shikastlan-ganda kulay, noqulayligi esa uning qotishi va kurishi uchun ma'lum vaqt talab qilinadi.
Voqea sodir bulgan joyda transport immobilizasiyasi qilish uchun xamma vakt xam shinalar bulmasligi mumkin, shunda duch kelgan narsalardan yoki naridan-beri tayyorlangan shinalardan foydalaniladi. Shu maqsadda yogoch, taxtachalar, fanera bulaklari, karton, soyabon, chan?i, qattiq qilib buklangan kiyimbosh va boshqa narsalar ishlatiladi. Bundan tashqari, qulni tanaga va shikastlangan oyogni soglom oyogda boglash mumkin (autoimmobilizasiya). Transport immobilizasiyasining asosiy tamoyillari quyidagilar xisoblanadi:
1. Shina ikki yoki uchta bugimni xamrab olishi kerak
2. qul yoki oyoglarni immobilizasiya qilganda ularga imqon boricha urta fiziologax xolat berish kerak agar buning iloji bulmasa, unda qul yoki oyogni kam shikastlanadigan xolatda immobilizasiya qilinadi.
3. Yopik sinishlarda immobilizasiyami tugatish oldidan shikast langan qul yoki oyogni uki buylab, asta-sekin avaylab tortish kerak
4. Ochiq sinishlarda suyaklar urniga solinmaydi: steril boglam kuyilib, shikastlangan oyog yoki qul qaysi xolatda turgan bulsa, usha xolatda fiksasiya qilinadi.
5. Jabrlanganning kiyimlari yechilmaydi.
6. Ochiq tanaga qattiq shinalar kuyilmaydi: shina ostiga yumshoq taglik solish shart (paxta, sOchiq, poxol va boshqa yumshoq narsalar).
7. Bemorni zambildan kuchirib utkazishda yordamchi shikastlangan oyog yoki qulni ushlab turishi kerakUnutmaslik kerakki, notugri bajarilgan immobilizasiya kushimcha shikast yetkazishi oqibatida zarar keltirishi mumkin. Yopiq sinishda kuyilgan yetarli bulmagan immobilizasiya uni Ochiq sinishga aylantirishi, shikastlanishni ogirlashtirishi va oqibatini yomonlashtirishi mumkin.
GIPS BOGLAMI
Tayanch-xarakat apparatining kasalliklari va shikastlanishlarini davolashda, asosan, ikkita usul ishlatiladi: qonservativ va operativ. Shuni aniq aytish kerakki, garchi travmatologiya va ortopediyada jar-roxlik usullari taraqqiy etayotgan bulsa-da, qonservativ usul asosiy urinni egallaydi. Qonservativ davolashda asosan ikki omil farq qiladi: qotirish va tortish. Qonservativ davolashda xarakatsizlan-tirish uchun ishlatiladigan ashyolar muxim axamiyatga ega (gips boglam-lari, turli shinalar, apparatlar).
Gips q u y i sh texnikasi. Xamma qotadigan boglamlar ichida eng keng tarqalgani gips boglami xisoblanadi. Jarroxlik muassasalarida gips boglamini quyish uchun maxsus ajratilgan xonalar mavjud bulib, ular tegishli asbob va anjomlar bilan jixozlanadi.Gips xonasi ishini ta'minlash uchun u minimal jixozlangan va asboblarga ega bulishi kerak:
1) gips bintlari va longeta-larini tayyorlash uchun stol; 2) stol (yaxshisi ortopedik tipdagi, ma-salan, Xouli) gips boglamlarini quyish yoki oddiy boglam stoli cha-noqni ushlovchi moslamasi bilan; 3) gipsli korset quyish uchun mos-lama; 4) gips boglamini kesish uchun qaychilar, masalan, Shtill qaychisi a); 5) tumshuq-qisqichlar gips boglamini egish uchun, masalan, Volf qisqichi v); 6) gipsni kengaytiruvchi, gips qirralarini kengaytirish uchun, masalan, Knorre kengaytirgichi; 7) pichoklar d). Gips xonasida xammavakt tayyor gips bintlar va longetalar maxsus shkafda saqlanishi shart. Gips boglami quyidagi ijobiy xususiyatlarga ega: tanada bir tekisda va qattiq yopishib turadi, tez qotadi, yengil olinadi. Tugri kuyilgan gips boglami urniga kuyilgan suyak bulaklarini yaxshi ushlab turadi va shikastlangan oyog,-qullar immobilizasiyasini ta'minlaydi. Gips - bu 100-130°S da ?uritilgan kalsiy sulfati. ?uritil-gan gips mayda oq kukun u gidrofil xususiyatga ega, shuning uchun maxkam berkitiladigan metall ?utilarda yoki shisha idishlarda saqlanishi shart.
M 400 markali gips yaxshi gips xisoblanadi, u 15°S suvda 10 minugda va 40°S suvda 4 minutda qotadi. Ushlab kurilganda gips kukuni bir tekisda mayda, bulaklarsiz va qumoq-qumoqsiz bulishi kerak qotishini sinab kurish uchun teng mikdorda gips va suv olinadi, qaymoqsimon butqa tayyorlanib, tarelkaga yupqa qilib surtiladi. 5-6 minutdan keyin qotishi va uni urganda qattiq jism tovushi chiqishi kerak Xosil bulgan yupqa gips plastinkani tarelkadan kuchirilganda u maydalanib ketmasligi va barmoq bilan bosilganda shakli uzgar-masligi kerak Gipsning qotishini tezlashtirish uchun issiq suv ishlatiladi (40-500S) yoki oqak suvi kushiladi. Gipsni sekin qotirish uchun sovuq suv ishlatiladi va ½ choy qoshiqda osh tuzi, sut, kraxmal kleysteri yoki suyuq yogoch yelimi qushiladi. Gips bintlarni dokadan xam tayyorlash mumkin, uning chetlari qirqiladi. Bundam yumshoq uralgan doka bintlar tayyoriga nisbatan ancha elastikdir, doka bintlar uzunligi 3 metrdan oshmasligi kerak Bintlar uch ulchamda tayyorlanadi: 3 ga bulingan doka bulaklaridan enli bint (23 sm), 4 qismga bulinsa - urtacha (17 sm) va 6 qismga bulsa - ensiz (10-11 sm). Gips boglamlarining ikki xili buladi: paxta-dokali, flanelli yoki trikotaj taglikli va tagliksiz boglam. Xozirgi paytda fabrikadan tayyor xolda chiqadigan gips bintlari kuproq ishlatilmoqda. Trikotaj bint va trikotaj paypoq taglik sifatida keng tarqaldi, chunki ular terini tirnalishdan, qirilishdan ximoya qilish bilan bir qatorda tagliksiz kuyilgan gips boglamidan katta afzalligi bor. Tagliksiz gips boglami tugridan-tugri teri ustidan quyilib, teriga biror narsa surkamay, tuklari qirilmay kuyiladi. Gips boglami kuyil-ganda tananing burtib turgan joylarini gips boglami siqib quyishidan ximoya qilish kerak. Gips boglamining kamchi-ligi shundaki, u shish paydo bulganda tanani qattiq siqi. Buning oldini olish uchun tagliksiz aylanasimon (sirkulyar) kuyilgan gips boglami oldingi yuzadan tuliq kesilib, shish qaytgach (3-5 sutkada) boglam yana gips bint yordamida qotiriladi. Tagliksiz gips boglami longetali yoki longetali-sirkulyar bulishi mumkin. Gips boglamini quyishdan oldin zarurat bulsa, singan joy ogriqsizlantirilib, suyak bulaklarini urniga kuyiladi. Shishni kamaytirish maqsadida boglam kuyilgandan keyin shikastlangan oyog kutarilgan qul xolatida 1-2 sutkaga qoldiriladi. Gips boglamini quyishda kuyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: 1. Oldindan toqora suvi bilan bintlar va asboblar taxt qilibkuyilishi kerak
2. Shikastlangan qul yoki oyogni xarakatsizlantirish va orom berish uchun ikkita yoki uchta bugim gips boglami bilan qotiriladi.
3. Gips boglamning yuqori va pastki qismiga 1-2 kavat enli bint uraladi yoki trikotaj gilof kiydiriladi.
4. Oyog yoki qulga funksional qulay xolat beriladi (bugimda xarakat tiklanmagan xolda).
5. Gips quyishda qul yoki oyogni qimirlatmay ushlab turish kerak
6. Gipsli bint bilan boglam quyishda xar bir uraganda oldingi bintning 2/3 qismini spiral shaklida berkitish kerak Bintlarni periferiyadan markazga karab olib boriladi. Bintni buklamaslik kerak zarurat bulsa bint xarama-xarshi tomonidan qaychilanadi va tanaga moslashtiriladi.
7. Boglam tana qonturlariga tuliq yopishib turishi uchun xar bir qavat kuyilgach boglamni silab-silliqlash - modellash kerak Shu maqsadda butun kaft bilan boglam obdon silliq qilinadi. Tana qonturlari, ayniqsa, suyak burtib turgan joylar va gumbazlar kunt bilan modellanadi.
8. Oyog, yoki qulni butun kaft bilan ushlab turish kerak gipsda barmoqlar izi ?olmasligi shart, chunki bunda teri va tuqimalar ezilishi mumkin.
9. Shikastlangan oyog yoki qul xolatini nazorat qilish uchun barmoqlarning tirnoq falangalari Ochiq qoldiriladi.
10. Gips boglami batamom quriguncha uni extiyotlash kerak chunki u sinib qolishi mumkin.
11. Boglam xaddan tashqari siqmasligi yoki ortikcha bush bulmasligi kerak Boglam kuyilgandan keyin unga belgi quyish kerak ya'ni boglam ustiga qora qalam bilan singan suyaklar sxemasi va uchta sana boglam kuygan shifokorning familiyasi yoziladi. Uzunlikda va eni buyicha tayyorlanadi, oldindan soq oyog yoki qulga muljallab va chetlaridan markaziga tomon sustroq urab boriladi. Longeta xullangach, osilib turgan xolatida ikkala kaft yordamida silliqlanadi. Bukilgan joylarda (masalan, tirsak bugimi yoki tovon) longeta qirqiladi va ortiqcha qismi ustma-ust kuyiladi yoki erkin burmalari silliqlanadi. Longeta oyog yoki qul aylanasining 1/2-2/3 ga xamrab olishi kerak Aylanma gips boglami quyilgach, 24-48 soat mobaynida uni nazorat qilish kerak chunki shish paydo bulib, siqishi va ogir asoratlarga olib kelishi mumkin, xatto ishemik qontraktura, falajlik va qul
yoki oyog gangrenasi yuz berishi ehtimol. Xamma turdagi gips boglamlar gipsli longetalarga va aylanma boglamlarga bulinadi. Aylanma boglamlar darchasimon va kupriksimon buladi.
BUGIMLARNING OChIK ShIKASTLANIShLARI
Ochik yoki bugim bushligiga kirgan jaroxatlarga bugim ochilishiga olib kelgan jaroxatlar kiradi. Yumshoq tuqimalarning shikastlanish xarakteriga karab va bugim ichi suyaklarining sinishi, bugimlarning Ochiqjaroxatlanishini kuyidagi guruxlarga bulish mumkin:
1. Sanchilgan yoki sanchilib-kesilgan atroflari yaqinlashib beqilgan bugim jaroxatlari.
2. Atrofi Ochiq jaroxatlar yoki Ochiq chiqishda paydo buladigan jaroxatlar.
3. Bugim yuzalarining Ochiq sinishi (bugim ichidan Ochiq sinishlar).
Sanchilgan va sanchilib-kesilgan jaroxat kanali tor bulsa, unda yumshoq tuqimalar kamrok shikastlanadi, odatda, bugim boylamlar, yirik qon tomirlari va bugim yuzalari shikastlanmagan buladi. Jaroxat bunday xollarda kam infeksiyalanadi. Agar jaroxatlar katta bulib, ochilib tursa, bugimlarda Ochiqchiqish ruy bersa, yumshoktuqimalar ancha shikastlanadi (bugimni ozik-lan-tiruvchi boylamlarninguzilishi, bugim toqayining shikastlanishi). Jaroxatning infeksiyalanishi anchagina kup uchraydi. Bugimlarning Ochiq shikastlanishi nafaqat yumshoq tuqimalarning jaroxatlanishiga, balki jaroxatning infeksiyalanishiga xam bogliqdir. Katta bugimlarning infeksiyalanishi va ularda yiringli yalliglanish rivojlanishi juda xavfli xisoblanadi (chanoq-son va tizza bugimlari). Bunday xollarda, kupincha, bemorning umumiy axvoli ogirlashib sepsis, septikopiemiya rivojlanadi.
T a sh x i s i. Bugimlar jaroxatlanganda avvalo jaroxat bugimni teshib utganmi va bugim tuqimalarining shikastlanish darajasini aniqlash kerak Bu masalada sanchilgan jaroxatlarning terini kam shikastlantirib, jaroxat yulining torligi aniq, tashxis quyishni kiyinlashtiradi. Bunday shikastlanishlarda jaroxat xajmining kichikligi, yara qirralarining yopishib qolishi tufayli, bugim suyuk-ligi jaroxatning berqilib qolishi natijasida okib chikmaydi. Boshqa xarakterli belgilaridan bugimga qon kuyilishi natijasida u ancha shishadi. Uni paypaslaganda ogriq. paydo buladi va xarakatlantirganda u kuchayadi. Jaroxatni taftish (reviziya) kdpinganda bugim suyukligi okib ketganliga ma'lum buladi. Jaroxat lang ochilib turgan bulsa, bugim suyukligi, qon va yalliglanish natijasida paydo bulgan suyuklikning chiqib ketishi oqibatida bugimda shish kamrok buladi. Bunda boylam jaroxatdan ajraladigan seroz-gemorragik suyuklik bilan bukib qoladi. Agar bugim ichida sinish ruy bergan
bulsa, unda bugimda deformasiya, suyak bulaklarining girchillashi kuzatiladi. Xamma lollarda xam bugimni rentgenografiya kilmok zarur, bu bugim yuzalarining shikastlanish darajasini, bugimda yot narsalarning borligi va xavo tuplanganligini kursatadi.
D a v o l a sh. Bugim bushligiga utgan Ochiq jaroxatlanishlarda uz vaktida va obdon yaraga jarroxlik ishlovi berish kerak Yumshoqtuki-malarni kesib tashlashda bugim xaltasini tuliq tikishni inobatga olish kerak chunki bugim bushligi ochik qoldirilsa, uning yiring-lashiga olib keladi. Atroflari yopishib qolgan, yumshoqtuqimalar kam ishlovida jaroxatning atrofini va devorlarini tejagan xolda kesib tashlanadi, bugim xaltasi va sinovial parda jaroxat kanali atrofida kengaytirilib, yarada taftish (reviziya) utkaziladi. Yaraga ishlov berilgach, kavatma-kavat tuliq tikiladi. Jarroxlik ishlovi berilgach bugim 10-12 sutka davomida gips longetasi yordamida taxtakachlanadi (choklari olinguncha). Lang ochilib turgan bugim jaroxatida, shuningdek Ochiq chiqishlarda, bugim yuzalari singanida yaraga obdon jarroxlik ishlov berilib, atroflarini va yara buylab devorlarini tejamli kirkib tashlanadi. Bugim bushligida obdon taftish utkaziladi, yotjismlar va suyak bulakchalari olib tashlanadi va mayda qon tomirlaridan okayotgan qon batamom tuxtatiladi. Singan suyak qirralari urniga kuyilib, ketgut yordamida qotiriladi. Agar suyaklarning bugim uchlari ancha shikastlangan bulsa, unda birlamchi tejamli rezeksiya (bugim yuzasini kirkib olib tashlash) qilish maqsadga muvofiqdir. Bugim bushligi antiseptik eritmalar bilan yuviladi. Yara kavatma-kavat tiqilib, bugimga gips boglami kuyiladi. Bugimlarning sanchilgan jaroxatlarini navbatdagi davolash infeksiya bor-yuqdigi va bugimlar yuzasining shikastlanish darajasiga karab olib boriladi. Bugimda qon va suyuklik yigilsa, uni punksiya qilib olib tashlanadi. Agar seroz ekssudat yigilsa, punksiya, bugimni antiseptik eritmalar bilan (furasillin eritmasi) yuvish kifoya, bugimga antibiotik yuboriladi. Infeksiya rivojlansa, uning boshlangich bosqichida bugimga ikkita kalin igna tikib yuvish yaxshi natija beradi. Agar yalliglanish jarayoni yiringga aylansa (bugim x.ajmining kattalashishi, terining kizarishi, kuchayishi, bugimdan yiringli ekssudatning chiqishi yoki punksiya yordamida olinishi, bemor umumiy ax.volining ogirlashishi), bugimni ochish, uning bushligini drenajlash va doimiy aktiv okib turgan suv suruvchi yoki elektr suruvchi apparat yordamida tortib olish kerak buladi. Agar intoksikasiya belgilari paydo bulib, ular tez kuchaysa, unda jarroxlik muolajalarini tezlashtirish kerak Bugimda empiema bulsa, keng artrotomiya qilinib, bugimning xamma bulimlaridan yiring chiqishiga sharoit yaratish kerak Agar pan- va osteoartrit septik xolat bilan kechsa, unsa bugim yuzasini ikkilamchi rezeksiya qilish kerak Osteomielit ruy bersa, unda suyaklarning bugim uchlari rezeksiya qilinadi. Rezeksiyadan keyin xosil bulgan suyak bushliqlariga drenaj naychalar kuyib, antiseptik (antibiotiklar) eritmalar bilan doimiy yuvilib va surib turiladi. Artrit ogar utib, sepsis bilan kechsa va yara oqibatida xrlsizlik ruy bersa, ikkilamchi amputasiya qilishga turri keladi, garchi bugimlarning Ochiq sinishida bu muolaja ogir va noxush davo tadbiri bulsada, septik ogar xolatda bundan boshqa chora yuq..
Bushmlar Ochiq jarodatlanganda kuzatiladigan asoratlardan - bu deformasiyalovchi artroz, qontrakturalar, ankiloz, bugimlarning shalvirab qolishi va odat tusiga kirgan chiqishlar (suyak nuqsonlarida) xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |