Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Fizika-matematika fakulteti
“Matematika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasining
7.3 - sonli yig‘ilishi bayonnomasidan
K Oʻ CH I R M A
12.03.2022 yil Toshkent shahri
Yig‘ilish raisi: U.Matnazarov
Yig‘ilish kotibasi: G.Samatova
Yig‘ilishda
qatnashganlar:
|
Kafedra mudiri p.f.n. U.Matnazarov, p.f.d., professor D.Yunusova, p.f.n., professor M.Barakayev, p.f.n., dotsent F.Saydaliyeva, p.f.n., dotsent A.Akmalov, Phd, dotsent D.Abduvaliyeva, kata o’qituvchi J.Saparboyev, o‘qituvchilar G.Samatova, S.Yusupova, D.Abduvahobov
|
KUN TARTIBI:
Professor-o`qituvchilarning HEMIS tizimiga darslarni va boshqa ma`lumotlarni o`z vaqtida to`ldirib borish;
Modul-kredit tizimida darslarni to’g’ri tashkil etish;
3. Oliy ta'lim tizimini kompleks o`rganish bo`yicha belgilangan vazifalarni bajarish;
4. Universitet reytingini oshirish bo`yicha vazifalar tahlili;
1-MASALA. ESHITILDI: Fizika-matematika fakulteti dekani G’. Djabbarov HEMIS tizimida olib borilayotgan ishlar va buning kafedrada bajarilishi bo’yicha bir qancha fikrlarni bildirib o’tdilar. Unga ko’ra kafedra professor-o’qituvchilari HEMIS tizimida ishlab kelmoqda. Shu kunga qadar ularda bu tizimda ishlash ko’nikmasi shakllangan. Har bir professor-o’qituvchi HEMIS tizimiga ma’lumotlarni o’z vaqtida kiritib borishi va darslarni va talabalar davomatini o’z vaqtida qayd qilib borishi zarurligi ta’kidlab o’tdilar. Shunga qaramasdan bu tizim bilan ishlashda ba’zi kamchiliklar kuzatilmoqda. Shu kabi kamchiliklarga yo’l qo’yilmasligi va va mas’uliyat bilan ishga yondoshish lozimligi ta’kidlandi.
2-MASALA. Fizika-matematika fakulteti dekani G’. Djabbarov fakultetda Kredit-modul tizimi asosida darslarni to’g’ri tashkil qilish borasida o’z fikrlarini bildirdilar. Unga ko’ra 1- va 2- bosqich talabalari Kredit-modul tizimi asosida ta’lim olib kelmoqdalar. Bu tizim bilan fakultetning har bir professor-o’qituvchilari va talabalari yaqindan tanish hisoblanadi. Bu tizimga doir juda ko’p ishlar amalga oshirildi. Jumladan har bir fan bo’yicha mustaqil ta’lim mavzulari banki ishlab chiqildi. Talabalar mustaqil ta’lim bilan ishlash ko’nikmasiga ega bo’ldilar. Professor-o’qituvchilar bu ta’lim tizimini to’g’ri tashkil qilishlari talab qilib kelinmoqda. Agar biz talabalarga o’z vaqtida mustaqil ta’lim mavzularini berib ularni dedlayn asosida qabul qilib olsak va ularni belgilangan tartibda baholab borsak, ta’lim sifatini oshirgan bo’lamiz.
SOʻZGA CHIQDILAR: Kafedra mudiri U.Matnazarov so’zga chiqib kafedrada HEMIS tizimi bilan ishlash bo’yicha bir qancha ishlar amalga oshirib kelinayotgani va bu boradagi muammolar atroflicha o’rganilib hal qilinayotganini aytib o’tdi.
QAROR QILINDI:
1.“Matematika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi professor-o’qituvchilarining HEMIS tizimiga darslarni va boshqa ma`lumotlarni o`z vaqtida to`ldirib borishlari ta’minlansin.
2. Magistratura bo’limining 1- va 2- bosqich talabalari Kredit-modul tizimi asosida ta’lim berish jarayonida mavjud bo’lgan kamchiliklar barataraf etilsin.
Yig‘ilish raisi: U.Matnazarov
Yig‘ilish kotibasi: G.Samatova
Do'stlaringiz bilan baham: |