Tranzistorli tok manbalari. Elektr zanjirlarini hisoblash usullari. Elektr sxemalardagi tok kuchlanishlarni faza ko


"Uchburchak" va "yulduz" shaklidagi ulanishlar



Download 56,5 Kb.
bet3/3
Sana06.04.2022
Hajmi56,5 Kb.
#532283
1   2   3
Bog'liq
mustaqil ish 2

2. "Uchburchak" va "yulduz" shaklidagi ulanishlar. Elеktr zanjirida parallеl yoki kеtma-kеt ulashga uxshaydigan passiv elеmеntlarning ulanishlari ko’p uchraydi. Bunday kеng tarqalgan ulanishlar avtomatikada va o’lchash tеxnikalarida ko’prik sxеmalar hisoblanadi.Bu sxеmalarning ekvivalеntligi shundan iboratki, bir xil kuchlanishlarda 1-,2- va 3- qismlardan utadigan toklar bir xil bo’ladi. Bu shuni bildiradiki, shu zanjirlarda quvvatlar bir xil, qolgan qismlarning kuchlanishlari va toklari o’zgarmaydi. Qarshiliklar uchburchak sxеmasini ekvivalеnt yulduz sxеmaga almashtirish. Kirxgof qonunlaridan foydalanib, qarshiliklar uchburchagini ekvivalеnt yulduzga almashtirish hisobiy ifodasini aniqlaymiz.
Uchburchak sxеmada 1-3 tugunlarga kеlayotgan I1–I3toklar orqali U12kuchlanishni ifodalaymiz.
Kirxgofning ikkinchi qonuniga asosan qarshiliklar uchburchagi konturidagi kuchlanishlar yig’indisi nolga tеng (chunki bu yеrda EYUK yo’q):
R12 I12 + R23 I23 + R31 I31 = 0
Kirxgofning birinchi qonuniga asosan 1-tugun uchun
I31 = - I1 + I12
2- tugun uchun
I23 = I12 + I2
Bu ikki tugun tеnglamasini konturga quysak
R12 I12 + R23 I12 + R23 I2 + R31I12 - R31 I1 = 0
Bu tеnglamadan tokni ifodalasak
I12 = (R31 I1 - R23 I2) / (R12+ R23+ R31)
Uchburchakning tamonlari uchun kuchlanishni olamizBu U12kuchlanish yulduz sxеmada Kirxgofning ikkinchi asosan qo’yidagicha ifodalanadi.U12 = R1I1 + R2I2Uchburchak va yulduz qarshiliklaridagi Ukuchlanish ekvivalеntligi sababli 3.5-rasm va 3.6-rasmdagi sxеmalarda bir xil bo’lishi kеrak, u xolda I1va I2toklar oldidagi koeffisiеntlar bir xil bo’ladi.Qarshiliklar yulduz sxеmasini uchburchak sxеmaga almashtirish. Zarurat bo’lgan paytda qarshiliklar yulduzini ekvivalеnt qarshiliklariga utish hisobiy ifodasini (3.2)-(3.4) tеnglamalar sistеmasidan qarshiliklar yulduzi ma’lum dеb, qarshiliklar uchburchagi tomonlarining qarshiliklarni aniqlash mumkin.(3.5)Uchburchak tomonlari qarshiliklari ikki tomon qarshiliklari yig’indisi va ikki tomon ko’paytmasining uchinchi tomonga bulinganliklari yig’indisiga tеng.Bu ekvivalеnt almashtirishlar orqali murakkab sxеmada hisoblash ancha osonlashadi, bu vaqtda sxеmani boshqa qismlarida kuchlanishlar va tok taqsimotlari o’zgarmaydi.3. Kontur toklar usulini qo’llashda murakkab zanjirda kontur toklari qabul qilinib yo`nalishlari qabul qilinadi. Avvalo bu konturlar uchun Kirxgof qonuniga asoslanib tenglamalar tuziladi. Bu tenglamalar sistemasini yechish natijasida kontur toklar qiymatlari aniqlanadi. So`ngra bu toklar asosida zanjir elementlaridagi xususiy toklar aniqlanadi.
Tok kuchi.
Tokning kuchi deb, o`tkazgichning ko`ndalang kesim yuzidan vaqt birligi ichida o`tgan elektr zaryadiga miqdor jihatdan teng bo`lgan fizik kattalikka aytiladi.
Bunda I –tokning kuchi, q –elektr zaryadi, t – elektr zaryadi o`tishi uchun ketgan vaqt.
Tok kuchi elektr zaryadi kabi skalyar kattalikdir. SI da tok kuchi amper (A) hisobida o`lchanadi. Tok kuchi ampermetr bilan o`lchanadi. Ampermetr zanjirning ko`ndalang kesimi yuzidan o`tayotgan tokning kuchi yo`gonroq joyidagiga qaraganda katta bo`ladi. Shuning uchun ham, tok kuchidan tashqari tok kuchining zichligi deb ataluvchi fizik kattalik tushunchasi kiritiladi va i ("yot") harfi bilan belgilanadi.
Tok kuchining zichligi deb, o`tkazhgichning bir birlik ko`ndalang kesimi yuzidan o`tgan tokning kuchiga miqdor jihatdan teng bo`lgan fizik kattalikka aytiladi, yani:
Bundagi tok kuchining o`rniga ifodasi qo`yilsa:
Bu formulaga asosan tok kuchining zichligini, yana quyidagicha tariflash mumkin:
Tok kuchining zichligi deb, o`tkazgichning bir birlik ko`ndalang kesim yuzidan vaqt birligi ichida o`tgan zaryadga miqdor jihatdan teng bo`lgan fizik kattalikka aytiladi.
Zanjirning bir qismi uchun om qonuni. O`tkazgich bo`ylab zaryadlarning harakatlanishi uchun o`tkazgich uchlarida potensiallar ayirmasining bo`lishi, boshqacha qilib aytganda, o`tkazgich ichida maydon bo`lishi shart.
O`tkazgich uchlaridagi potensiallar ayirmasi elektrostatikadan farqli ravishda kuchlanish deyiladi va U (lotincha "u") harfi bilan belgilanadi.
Zaryadlarning o`tkazgich bo`lib ko`chishida o`tkazgichdagi elektr maydon kuchlari ish bajaradi.
O`tkazgich uchlaridagi potensiallar ayirmasi yoki kuchlanish deb, bir birlik musbat zarjadni utkazgich builab kuchirishda utkazgichdagi elektr maydon kuchining bajargan ishiga miqdor jihatdan teng bo`lgan fizik kattalikka aytiladi, yani:
Demak, berilgan o`tkazgich uchlaridagi kuchlanish bilan o`tkazgichdagi elektr toki kuchi orasida boglanish mavjud bo`lishi kerak. Elektr toki vositasida bu boglanishni aniqlash uchun turli tajribalar o`tkazilgan. Qutblaridagi kuchlanishni asta–sekin o`zgartirsa bo`ladigan tok manbaiga o`tkazgich ulansa, undan o`tayiotgan elektr tokining kuchi o`tkazgich uchlariga q`oyiilgan kuchlanishga to`gri proporsional bular ekan
Tok kuchining kuchlanish va qarshilikka bunday ko`rinishdagi bogliqligiga zanjirning bir qismi uchun Om qonuni deyiladi. Bu qonun elektr hodisalari to`grisidagi talimotning asosiy qonunlaridan biri bo`lib, u quyidagicha tariflanadi:
Zanjirning bir qismidan o`tayotgan tokning kuchi o`tkazgich uchlaridagi kuchlanishga to`gri proporsional va o`tkazgichning qarshiligiga teskari proporsionaldir.
SI da o`tkazgichning qarshiligi Om () hisobida o`lchanadi. Om deb, uchlaridagi kuchlanish 1 V bo`lganda 1 A tok o`tkazadigan o`tkazgichning qarshiligiga aytiladi.
Yopiq zanjir uchun Om qonuni zanjirdagi tokning kuchi I ni EYUK va zanjirning to`la qarshiligi (R+r) ni bir–biriga boglaydi. Yopiq elektr zanjirning qismlariga Om qonuni tatbiq qilinsa, zanjirning tashqi va ichki qismlaridagi kuchlanishlarning yigindisi manbaning elektr yurituvchi kuchiga teng bo`ladi.
Bu tenglik yopiq zanjir uchun Om qonunining matematik ifodasi bo`lib, u quyidagicha tariflanadi.
Elektromagnetizm. magnit maydon haqida tushuncha. 1820 yilda Daniya fizigi Gans Hristian Ersted (1777–1851) tajriba asosida magnit strelkasining ustiga parallel joylashtirilgan o`tkazgichdan tok o`tganda magnit strelkasining dastlabki vaziyatdan ogishi va o`tkazgichga perpendikulyar joylashganligi aniqlandi. Agar o`tkazgichdan tokning o`tishi to`htatilsa, magnit strelkasi yana dastlabki vaziyatga qaytadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Elektronika . X.K.Aripov, A.M.Abdullayev, N.B.Alimov , X.X.Bustanov, V.Y.Obyedkov, SH.T.Toshmatov. Toshkent 2012
2.Internet saytlari: www. Ziyonet.uz , www.arxiv.uz
http://hozir.org
Download 56,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish