Quvur transporti. Tarixga nazar tashlasak, O‘zbekistonda birinchi neft quvuri 1908 yilda ishga tushganini ko‘ramiz. O‘sha yili CHimyon neft konidan Oltiariq neftni qayta ishlash zavodiga 20 km. lik quvur tortilgan edi. Keyinchalik mamlakatda yangi-yangi neft va gaz konlarining topilishi quvur transporti rivojlanishiga asos bo‘la boshladi. Endilikda birgina Farg‘ona va Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlariga neft konlaridan jami 228,5 km. lik quvurlar o‘tqazilgan.
Suv transporti.1950 yil Amudaryoning o‘rta oqimida Surxondaryo viloyati hududida Termiz daryo porti tashkil etilgan. 1952 yilda esa Xo‘jaylida kema tamirlash zavodi qurilgan. Amudaryoning quyi qismida daryo sohillarida turli yillarda SHarlavuq, To‘rtko‘l, Beruniy, Qoratov, Xo‘jayli bandargoh (pristan)lari qurilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |