Tarmoq (sistsma)
- bitta umumiy vazifani bajaradigan qismlar yig’indisi
(masalan, ta'minlash tarmog’i, moylash tarmog’i yoki sovitish tarmog’i va
boshqalar).
Avtomobil, konstruktiv xusuiyatlari va vazifalaridan qat’i nazar, asosiy uch
qismdan
iborat;
KUZOV, DVIGATEL
va
SHASSI
,
Shuningdek,
avtomobilning elektr jihozlari uchala qismning har birida o’z aksini topganligi
sababli u umumlashgan katta va murakkab qismni tashkil qiladi.
Avtomobil,
KUZOVI
yuk tashish yoki yo’lovchilarni joylashtirish vazifasini
bajaradi. Ko’pchilik yengil avtomobil va avtobuslar kuzovlarining qattiq va puxta
ishlangan asosi rama vazifasini o’taydi. Bunday kuzovlar ko’taruvchi kuzov deb
ata-ladi. Yuk avtomobillarining kuzov qismida yuk tashishga mo’ljallangan sahni
9
(platforma)dan tashqari, haydovchining kabinasi ham bo’ladi, u dvigatelning
orqasida (GAZ-53A, ZIL-130) yoki dvigatelning ustida (GAZ-66, MAZ-5335,
KamAZ-5320) joylashadi.
Avtomobilning umumiy tuzilishi va mexanizmlarining joylashuvini aniq
tasavvur qilish maqsadida, transport vositasi sifatida keng tarqalgan ikki o’qli,
dvigateli shassining old qismida joylashgan avtomobil (uning kuzovi shartli
ravishda olib tashlangan) bilan tanishib chpqamiz (3-rasm).
DVIGATEL
1 avtomobnlning harakatlanishi uchun zarur bo’lgan mexanik
energiya xosil qiluvchi manba bo’lib xizmat qiladi. Mexanik energiya esa
dvigatelda yonilg’i yonishi natijasida xosil bo’lgan ximiyaviy energiyaning
isspqlik energiyasiga
aylanishi natijasida xosil bo’ladi. Dvigateldan olingan mexanik energiya bir qator
mexanizm va agregatlar orqali yetakchi g’ildiraklarga yetkazib beriladi.
Zamonaviy avtomobillarda, asosan, porshenli ichki yonuv dvigatellari o’rnatiladi
(karbyuratorli yoki siqish natijasida o’z-o’zidan alangalanuvchi dizel dvigatellari).
SHASSI
- avtomobilning asosi bo’lib, uch turkum mexanizm va
tarmoqlarni o’z ichiga oladi. Kuch uzatmasi, yurish qismi va boshqarish
tarmoqlari.
Kuch uzatmasi
mexanizm va agregatlarning qo’shilmasidan tarkib topgan
bo’lib, dvigatel validan kelayotgan burovchi momentni o’zgartirgan holda yetakchi
g’ildiraklarga uzatib beradi. Kuch uzatmasiga quyidagi mexanizmlar va agregatlar
kiradi: ilashish muftasi 2, uzatmalar qutisi 3, kardanli uzatma 5, ketingi yetakchi
ko’prik 6 ning ichida joylashgan asosiy uzatma 8, differentsial va yarim o’qlar.
Ilashish muftasi 2 dvigatelni kuch uzatma 3 dan qisqa muddatga uzib qo’yishga va
ularni ravon ulashga, shu tariqa avtomobilni joyidan asta-sekin qo’zg’atishga
xizmat qiladi. Uzatmalar qutisi 3 dvigatel hosil qilgan burovchi moment kattaligini
oshirib, kardaili uzatma 5 ga yetkazib beradi. Shu bilan birga dvigatelni qisqa yoki
uzoq muddatda kuch uzatma mexanizmlaridan ajratib qo’yadi. Shuningdek,
uzatmalar qutisi avtomobilining orqaga yurishini ham ta'minlaydi.
10
Do'stlaringiz bilan baham: |