yoMning og‘ishi, ularning takrorlanishi va uzunligi, yo‘lning bir to‘g‘ri
chiziqda yotmasligi, yo‘lning eni va yo‘ldagi qatorlar soniga aytiladi.
Avtomobil harakatining tig‘izligi vaqt birligida (soat, sutka, yil) yo‘ldan
o‘tadigan avtomobillaming soni bilan belgilanadi.
Shuningdek harakat
tigMzligining barqarorligi kunning soatlarida, haftaning kunlarida va
yilning oylarida o‘zgarishi mumkin. YoMning barqarorligi deb, yoMning
Yo‘ 1 qoplamasiga qarab yoMlar 4 ta tilrga bo‘ linadi:
• sementobeton yoki asfaltobeton (I-IV kategoriyadagi yoMlar)
• asfaltobeton yoki degtobeton (III-IV kategoriyadagi yo‘ liar)
• graviy va shag‘al (IV-V kategoriyadagi yoMlar)
• tuproq (V kategoriyadagi yoMlar )
Yo‘l qoplamasining mustahkamligiga qarab, avtomobil o‘qiga
tushayotgan massaning ruxsat etilgani 100 kN dan (I-IV kategoriya) 60
kN gacha (V kategoriya) boMishi mumkin.
Avtomobilning ekspuatatsion xususiyat ko‘rsatkichlariga yoM
sharoitining ta’siri katta. Avtomobil notekis yoMlardan harakatlanganda
detal va uzellaming ishlash muddati qisqaradi, avtomobilga texnik
xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash hajmi oshadi, avtomobilning o‘rtacha
tezligi pasayadi, yonilgM sarfx ortadi. Bulaming hammasi yuk tashish
tannarxining oshishiga va ish unumdorligining pasayishiga olib keladi.
Agar yoM notekis boMsa avtomobilning yurish
ravonligini yaxshilash
hisobiga, agar yoM tekis boMsa avtomobilning tortish - tezlik, turg‘unlik,
boshqaruvchanlik avtomobilning va tormoz xususiyatlarini yaxshilash
hisobiga avtomobilning unumdorligini oshirish mumkin. Avtomobilning
tezligi yoMdagi ko‘rinuvchanlik, yoMning eni, burilish radiuslari va
yoMning past-balandligiga bogMiq.
Ob-havo sharoiti yer shari bir nechta iqlim rayonlarga boMingan.
Masalan: sovuq, issiq, mo‘tadil va togMik rayonlar boMadi. Sovuq
rayonlarda yilning 200-300 kunida havo harorati -40° - -60°C boMadi.
Issiq rayonlarda qisli bor-yo‘gM 10-20 kun davom etadi, yozda esa
harorat +45...+50°C .dan oshib ketadi.va havo juda quruq boMadi.
Ob-havo sharoitiga qarab yoMning holati (nam, qor bosgan, muz-
lagan) va ko‘rinuvchanlik (yomgMr, qor, tuman) o‘zgaradi. havoning
harorati avtomobilning issiqlik rejimiga agregatlaming
ish sharoitiga
ta’sir qiladi (yonilgM va moylarining zichligi, akkumulyatorlarning
sigMmi o ‘zgaradi). Harorat o‘rtacha 20° С boMganda dvigateldagi moy
va sovutuvchi suyuqlikning harorati 80-100° С boMishi kerak. Agar
havo harorati 10° С ga ko‘tarilsa dvigatel quw ati 2-3% ga pasayadi,
yoqilgM sarfl 1,5% ga ortadi. Shuningdek, havo harorati transmissi-
yaning foydali ish koeffitsientiga va g‘ildiraklarning qarshiligiga ta’sir
qiladi.
Agar avtomobil tog‘ sharoitida ishlasa, havoning siyraklanishi
tufayli dvigatelning quvvati pasayadi, shuning uchun yuk avtomo
billarida o‘rtacha tezlik 40 - 50% ga kamayadi va yonilg‘i sarfi 10 -
15% ga ortadi.
Sovuq sharoitda ishlashga moijallangan avtomobillarda dvigatelni
ishga tushirishni
yengillashtiruvchi tizim, shuningdek kuzov, kabina,
yoqilgi baki va akkumulyatorlami isitish tizimlari o‘matiladi. Y oqilgi,
moy, texnik suyuqliklaming qishki sortlari ishlatiladi, materiallaming
sovuqqa chidamli turlaridan foydalaniladi.
Issiq sharoitda ishlashga mo‘ljallangan avtomobillarda dvigatelni
sovutishning samarali tizimlari, moy radiatorlari, havoni changdan
yaxshilab tozalash tizimlari ishlatiladi. Kuzov va kabinada havoni
tozalash va sovutish tizimlari boiishi kerak.
Avtomobilda ishlatiladigan hamma
ekspluatatsion materiallar
(rezina, polimer, yoqilgi moy, tormoz suyuqligi va boshqalar) issiq
haroratda ishonchli ishlashi kerak. Avtomobilning rangi och rangda
boigani maqsadga muvofiq, chunki och ranglar quyosh radiatsiyasiga
chidamli boiadi. 0 ‘rindiqlarga yengil chexollar kiygiziladi.
1.3. Avtomobil konstruksiyasiga qo‘yiladigan asosiy talablar
Avtomobil konstruksiyasiga qo‘yiladigan talablami 4 guruhga
boiish mumkin, ya’ni ijtimoiy va huquqiy, ishlab chiqarish,
ekspluatatsiya va raqobatbardoshlik talablari.
• iitimoiv va huquqiy talablarga konstruksiyaning xavfsizligi;
yuqori ergonomik va ekologik ko‘rsatkichlar,
mamlakatimiz va xalqaro
tashkilotlaming me’yori hujjatlariga mosligi kiradi.
• ishlab chiqarish talablariga material, mehnat sarfftiing kamligi
va avtomobil tannarxining pastligi; agregat, uzel va detallar unifikatsiya
darajasining yuqoriligi; aw al ishlatilgan konstruksiya va texnolo-
giyalardan foydalanish mumkinligi; ishlab chiqarish koiam i va
mablag‘ga avtomobil konstruksiyasining mosligi kiradi.
• ekspluatatsiya talablariga avtomobilning yuk ko‘tarishdan to ia
foydalanish; yuqori o‘rtacha tezlik; yuqori yonilgi tejamkorligi;
ishonchlilik; tashish vaqtida yuklaming saqlanishi; avtomobilning ob-
havo sharoitiga moslashganligi kiradi.
9
•
raqobatbardoshlik talablariga
zamonaviy talablarga javob
beradigan yuqori sifat; patent tarafdan toza; xalqaro tan olinishi; eksport
qilinishi mo‘ ljallanayotgan davlatlaming maxsus talablarga javob berishi
kiradi.
Yuqorida sanab o ‘tilgan barcha talablarni bir vaqtda qondirib
bo‘lmaydi, chunki ba’zi talablar bir-biriga qarshi bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun avtomobilning vazifasi va ishlatilish sohasiga qarab
avtomobilni loyihalash chog‘ida o ‘rtacha (kompromiss)yechim qabul
qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: