Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
- avtomobilning kabinasidan tashqarida (bortli yuk yoki furgon yukxonali avtomobillarda odam tashishdan tashqari);
- traktorlar va boshqa o`ziyurar mashinalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk mototsikllari yukxonasida;
- mototsikllarning konstruktsiyasida ko`zda tutilgan joylaridan tashqarida;
- 12 yoshga to`lmagan bolalarni mototsiklning orqa o`rindig`ida, shuningdek, yengil avtomobilga bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o`rnatilmagan bo`lsa, uning oldingi o`rindig`ida;
- 12 yoshga to`lmagan bolalarni hisobga olmaganda transport vositasining texnik tavsifnomasida ko`zda tutilgan miqdordan ortiq.
Bunda transport vositasining haqiqiy vazni uni ishlab chiqargan korxona belgilagan ruxsat etilgan to`la vazndan ortmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |