Rivojlanish markazlari
|
Ta’lim-tarbiyaviy faoliyat
|
Dushanba
|
Seshanba
|
Chorshanba
|
Payshanba
|
Juma
|
Resurslar, ilovalar
|
Erkin faoliyat
|
Qurish-yasash va matematika
|
Svetofor
|
«Yo’l qoidalari mamlakatiga
sayohat» Ta’limiy o’yin
|
Namuna, yelim, cho’tka,
salfetka, oq va rangli
qog’oz, AKT, kubik va
koptoklar.
|
Syujetli-rolli o’yinlar va drammalashtirish
|
Shahar bo’ylab sayohat
|
Haydovchi kepkasi,
rul, yo’l belgilari,
illyustratsiyalar.
|
Nutq va til
|
Suvning xususiyatlari bilan tanishuv: YYer yuzidagi eng
qadrli ne’mat
|
AKT, globus, kolba, 2 ta suvli ko’za, termos,
ko’zgu, muz, toshcha, qog’oz
salfetkalar.
|
Fan va tabiat
|
«Rangli svetofor»
mavzusida hikoya tuzish
|
«O’yinchoqni toping» mavzusida
tasviriy hikoya tuzish
|
Syujetli rasmlar,
AKT; yo’l belgilari,
rangli halqa, o’yinchoq
mushukcha, quyoncha,
ayiqcha, buzoqcha.
|
San’at markazi
|
Loy:
«Svetofor»
|
Applikatsiya: Shahar
ko’chalaridagi
mashinalar
|
Rasm: Svetofor
|
Akvarel bo’yoq, mo’yqalam, A-4 hajmli qog’oz, qora qalam, rangli qog’ozlar
to’plami, yelim, mo’yqalam,
salfetkalar.
|
Umumiy guruh bo’lib ishlash
|
|
|
|
|
|
|
NOYABR. IKKINCHI HAFTA
«RANGLI SVETAFOR»
Qurish-yasash va matematika markazi
«Svetofor»
Maqsad: bolalar jadvallardan foydalanishni biladilar, predmetlarning o’zaro o’xshash va farqli jihatlarini farqlay oladilar, svetoforning nima uchun kerakligini biladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: svetofor
namunasi, o’yinchoq, yelim, mo’yqalam, salfetka, oq va rangli qog’ozlar.
Faoliyatning borishi:
1. Svetofor to’g’risida she’rlar o’qish.
Svetofor to’g’risida suhbat.
2. Topishmoqlar topish.
3. Jadvallarni ko’rish.
4. Svetofor yasash.
5. Bolalar ishlari ko’rgazmasi.
Qo’shimcha: videoroliklar namoyishi, badiiy
adabiyotlar o’qish.
E’tiborga molik jihati: bolalarning mustaqil fikrga egaliklariga va boshlagan ishlarini doimo oxiriga
yetkazishga o’rgatish.
Qurish-yasash va matematika markazi
Ta’limiy o’yin: Yo’l qoidalari
mamlakatiga sayohat
Maqsad: bolalar piyodalar yo’lakchasi, «To’xtash taqiqlanadi!», «Ehtiyot bo’ling, bolalar!» kabi yo’l belgilarini biladilar, trotuardan yurish, o’tish joylaridan kesib o’tish kabi yo’l harakati qoidalarini biladilar, yurganda o’ng, chap, old,
orqa tomonga e’tibor beradilar.
Kerakli jihoz va materiallar: yo’l belgilari maketlari, mavzuga doyr rasm, AKT, kubik va koptoklar.
Faoliyatning borishi:
1. Mavzu asosida suhbat.
2. «So’z tarkibi» ta’limiy o’yin.
3. Yo’l belgilarini ko’rish, ularning
qo’llanish o’rinlarini bilish.
4. Yo’l belgilarini yasash.
5. «Chaqqon piyoda» harakatli o’yin.
Qo’shimcha: bog’lanishli nutqni o’stirish,
e’tiborli, xushmuomala, ehtiyotkor bo’lish.
E’tiborga molik jihati: begona sharoit va
muhitda mo’ljal ola bilish.
Syujetli-rolli o’yinlar va
sahnalashtirish markazi
Shahar bo’ylab sayohat
Maqsad: bolalar og’zaki ko’rsatmalar asosida
o’yin harakatlarini bajaradilar, berilgan
ko’rsatma asosida harakatlanadilar.
Kerakli jihoz va materiallar: haydovchi
kepkasi, rul, yo’l belgilari.
Faoliyatning borishi:
1. Rasmlarni tomosha qilish.
2. «Bizning sevimli shahar» nomli foto-
albomni tomosha qilish.
3. «Yo’l harakati qoidalari» harakatli o’yin.
4. Rollarni taqsimlash.
5. Syujetni boyitish.
Qo’shimcha: shahar to’g’risidagi tasavvurlarini
kengaytirish. Qo’shiq, o’yin, she’r va
bajariladigan harakatlarni o’rganish.
E’tiborga molik jihati: bolalarning muloqotga kirishish malakasi va mantiqiy fikrlash rivojlantiriladi.
Til va nutq markazi
Suvning xususiyatlari bilan tanishuv:
Yer yuzidagi eng ajoyib ne’mat
Maqsad: bolalarning jonsiz tabiat, suv haqidagi tasavvurlari kengayadi va boyidi.
Kerakli jihoz va materiallar: AKT, globus, kolbalar, 2 ko’za suv, har bir bola uchun yelim stakanchalarda alohida suv, termos, ko’zgu, idishlarda muz bo’laklari, toshchalar, qog’oz salfetkalar.
Faoliyatning borishi:
Suv mavzusida suhbat. Videorolik namoyishi.
1-amaliy tajriba: Suv suyuq, oqib ketishi
mumkin.
2-amaliy tajriba: Suv muz holatida ham bo’ladi.
3-amaliy tajriba: Suvning shakli yo’q.
4-amaliy tajriba: Bug’-bu suv.
Qo’shimcha: bolalarni erning modeli globus
bilan tanishtirish, ularga suv va quruqlikdagi kengliklar to’g’risida ilk bilimlar berish.
Bolalarda suvning qattiq, gaz, suyuq holati
to’g’risidagi tasavvurlarini shakllantirish.
E’tiborga molik jihati: bilishga bo’lgan
Ishtiyoq hamda nutqiy faollikni rag’batlantirish.
Fan va tabiat markazi
«Rangli svetofor» mavzusida hikoya tuzish
Maqsad: bolalar svetofor to’g’risida biladilar, rasmga qarab hikoya tuzadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: