III. Sug‘urta puli, sug‘urta mukofoti va sug‘urta mukofotini to‘lash tartibi
Oldingi
tahrirga qarang.
26. Sug‘urta puli majburiy sug‘urta shartnomasida milliy valyutada ko‘rsatiladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
27. Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofotining miqdori ushbu
Qoidalarga
5-ilovaga
binoan sug‘urta tariflariga muvofiq hisoblab chiqiladi.
Majburiy sug‘urta shartnomasining amal qilish muddati mobaynida sug‘urta tariflarining
o‘zgarishi sug‘urta qildiruvchi tomonidan to‘lov vaqtidagi amalda bo‘lgan sug‘urta tariflari
bo‘yicha to‘langan sug‘urta mukofotining o‘zgarishiga olib kelmaydi.
Oldingi
tahrirga qarang.
28. Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofotini hisoblash sug‘urtalovchi
tomonidan majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi ariza-anketada sug‘urta
qildiruvchi tomonidan ko‘rsatilgan ma’lumotlardan, shuningdek, ushbu Qoidalarga
4-ilovaga
muvofiq shakl bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlardan yoki sug‘urtalovchida mavjud bo‘lgan,
hujjatlar asosida tasdiqlangan ma’lumotlardan yoxud majburiy sug‘urta to‘g‘risida yagona
axborot bazasidan olingan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-martdagi 222-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 09/19/222/2772-son — 2019-yil 17-
iyundan kuchga kiradi)
29. Agar majburiy sug‘urta shartnomasi tuzilgandan keyin majburiy sug‘urta
shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi ariza-anketada sug‘urta qildiruvchining noto‘g‘ri va (yoki) xato
ma’lumotlar ko‘rsatganligi aniqlansa sug‘urta mukofoti miqdorlari majburiy sug‘urta
shartnomasi tuzilgan vaqtda amalda bo‘lgan sug‘urta tariflariga muvofiqlashtirilishi kerak.
30. Majburiy sug‘urta shartnomasi shartlari u amal qilgan muddat mobaynida o‘zgargan
taqdirda, shuningdek ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan boshqa holatlarda sug‘urta mukofoti
miqdori o‘zgargan shartlarga muvofiq ravishda tuzatiladi. Bunda tomonlarning sug‘urta
mukofotini o‘zaro hisob-kitob qilishga taalluqli bo‘lgan majburiyatlari majburiy sug‘urta
shartnomasi shartlariga o‘zgartirishlar kiritilgan kundan boshlab 3 ish kunidan kechikmay
bajarilishi kerak.
31. Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofotining barcha koeffitsiyentlari
qo‘llanishini hisobga olgan holda tuzatishlar kiritilgan eng yuqori miqdori bazaviy stavkaning
besh baravaridan oshishi mumkin emas.
Sug‘urta qilinuvchi sug‘urtalovchidan to‘lanishi kerak bo‘lgan sug‘urta mukofotining yozma
hisob-kitobini talab qilishga haqlidir. Zarur ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda sug‘urtalovchi
ana shunday hisob-kitobni sug‘urta qildiruvchidan tegishli yozma ariza olingan kundan boshlab
2 ish kuni mobaynida taqdim etishi shart.
32. Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti sug‘urta qildiruvchi
tomonidan sug‘urtalovchiga (uning filialiga yoki sug‘urta agentiga) majburiy sug‘urta
shartnomasini tuzish vaqtida naqd yoki naqdsiz hisob-kitob yo‘li bo‘yicha biryo‘la to‘lanadi.
Naqd hisob-kitob bo‘yicha sug‘urta mukofotini to‘lashda sug‘urtalovchi (uning filiali yoki
sug‘urta agenti) tomonidan pul mablag‘lari qabul qilingan sana to‘lov sanasi hisoblanadi.
Naqdsiz
hisob-kitob
bo‘yicha
sug‘urta
mukofotini
to‘lashda
pul
mablag‘larining
sug‘urtalovchining (uning filiali yoki sug‘urta agentining) bankdagi hisob raqamiga tushgan
sanasi sug‘urta mukofoti to‘langan sana hisoblanadi
33. Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti to‘lashda quyidagi sug‘urta
qildiruvchilarga sug‘urta mukofoti summasining 50 foizi miqdorida siylov beriladi:
1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari yoki partizanlari yoxud ularga tenglashtirilgan
shaxslar;
1941—1945-yillardagi urush davri mehnat fronti faxriylari;
konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari;
harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki
shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan
harbiy xizmatchining ota-onasidan biri yoki boshqa turmush qurmagan bevasi;
Oldingi
tahrirga qarang.
harbiy xizmatchilar hamda o‘quv va tekshiruv yig‘inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga
majburlar, Afg‘oniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilayotgan boshqa
mamlakatlarda vaqtincha turishgan qo‘shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida xizmatni
o‘taganlar;
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyundagi 163-sonli
qaroriga
asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 234-modda)
Chernobil AESdagi avariya oqibatida jabrlanganlar;
pensionerlar;
nogironlar.
Ushbu bandda nazarda tutilgan siylovlar Transport vositalari egalarining fuqarolik
javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi tomonidan,
sug‘urtalovchining sug‘urta mukofotiga doir siylovni kompensatsiya qilish masalasi yuzasidan
yozma ravishda murojaati olingan kundan e’tiboran o‘n besh kalendar kun ichida qoplanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Sug‘urtalovchi To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga taqdim qilinadigan ma’lumotlarning
to‘g‘riligi va to‘liqligi uchun javob beradi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-martdagi 222-sonli
qaroriga
asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
16.03.2019-y., 09/19/222/2772-son — 2019-yil 17-iyundan kuchga kiradi)
Siylov ushbu bandda ko‘rsatilgan sug‘urta qilinuvchining o‘ziga tegishli bo‘lgan bitta
transport vositasi bo‘yicha fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishda beriladi.
Ushbu bandga muvofiq berilgan siylov to‘g‘risida majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta
polisida tegishli belgi qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |