O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
“TRANSPORT VOSITALARI EGALARINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY
SUG‘URTA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA
OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA
“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuniga
muvofiq va transport vositalari egalarining
fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishning to‘liq amal qilishini ta’minlash maqsadida
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi
tahrirga qarang.
1. Quyidagilar:
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish (keyingi
o‘rinlarda majburiy sug‘urta qilish deb ataladi) bo‘yicha sug‘urta puli — 40 million so‘m
miqdorda;
kompensatsiya to‘lovi — jabrlanuvchi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi kunida
belgilangan sug‘urta summasidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-martdagi 222-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 09/19/222/2772-son — 2019-yil 17-
iyundan kuchga kiradi)
2. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha
to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) tashkil etilsin,
quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
transport vositalaridan foydalanishda jabrlanuvchiga unga yetkazilgan zararni kafolatli
to‘lashni majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq kompensatsiya
to‘lovlarini amalga oshirish yo‘li bilan ta’minlash;
majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta mukofotlari
bo‘yicha siylov huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning ayrim toifalarini ko‘rsatib o‘tilgan siylovlarni
kompensatsiya qilish yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash tizimini moliyaviy ta’minlash;
majburiy sug‘urta qilish, shu jumladan majburiy sug‘urta qilish shartnomalari to‘g‘risidagi
ma’lumotlardan iborat bo‘lgan, sug‘urta hodisalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning axborot
bazasini, sug‘urta qildiruvchilar va jabrlanganlar to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlarni shakllantirish,
sug‘urta sirlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan talablarni ta’minlagan holda
sug‘urtalovchilar bilan Jamg‘arma o‘rtasida ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni ayirboshlashni
tashkil etish;
Jamg‘armaning unga yuklangan asosiy vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini
tartibga soluvchi qoidalarni ishlab chiqish hamda sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat
qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda tasdiqlash.
3. Quyidagilar:
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha
to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi
Nizom
1-ilovaga muvofiq;
Jamg‘armaning kuzatuv kengashi
tarkibi
va direksiyasi
tuzilmasi
2 va 3-ilovalarga muvofiq
tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamg‘armaning kuzatuv kengashi,
sug‘urtalovchilar bilan birgalikda ikki hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi tadbirlar
rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
2008-yil 21-oktabrgacha bo‘lgan muddatda majburiy sug‘urta qilishni amalga oshiruvchi
sug‘urtalovchilar bilan o‘z faoliyatini sug‘urta qilish faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga muvofiqlashtirish, shuningdek 2008-yil 22-
oktabrdan boshlab o‘z faoliyatini ko‘rsatib o‘tilgan litsenziya talablari va shartlariga
muvofiqlashtirmagan sug‘urtalovchilar litsenziyalarining amal qilishini belgilangan tartibda
to‘xtatish;
Jamg‘armaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash, Jamg‘arma direksiyasini
joylashtirish hamda uni zarur aloqa texnikasi va vositalari bilan jihozlash, Jamg‘arma tomonidan
majburiy sug‘urta qilishni amalga oshiruvchi barcha sug‘urtalovchilar bilan yozma bitimlar
tuzish, shuningdek Jamg‘arma tomonidan 2008-yil 21-oktabrgacha o‘ziga yuklangan vazifalarni
amalga oshirish uchun zarur hajmdagi mablag‘larni shakllantirish;
respublikaning barcha hududlarida majburiy sug‘urta qilishni tashkil etish uchun
sug‘urtalovchilar filiallarining va boshqa alohida bo‘linmalarining keng shoxobchalarini tashkil
etish;
ommaviy axborot vositalari orqali majburiy sug‘urta qilishning joriy etilayotgan tartibi
to‘g‘risida keng tushuntirish ishlarini olib borish, shuningdek sug‘urtalovchilar xodimlari uchun
o‘quv kurslari va seminarlar tashkil etish.
5. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish
qoidalari
4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi
QT, 2002-y., 11-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining
sug‘urta faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi
Nizomga
5-ilovaga
muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
7. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida transport vositalari hamda boshqa
o‘ziyurar mashinalar va mexanizmlar egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish
to‘g‘risida” 1994-yil 30-dekabrdagi 632-son
qarori
(O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 12-son, 56-
modda);
Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son,
72-modda) 3-ilovaning
V bandi
o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Belgilab qo‘yilsinki, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 30-dekabrdagi 632-son
qaroriga
muvofiq 2008-yilda tuzilgan transport vositalari hamda boshqa o‘ziyurar mashinalar va
mexanizmlar egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomalarining
amal qilishi ko‘rsatib o‘tilgan Hukumat qarori o‘z kuchini yo‘qotgan kundan boshlab muddatidan
oldin to‘xtatilgan hisoblanadi, bunda sug‘urtalovchilarning mazkur sanagacha sodir bo‘lgan
sug‘urta hodisalari bo‘yicha sug‘urta tovonini to‘lashga doir majburiyatlari saqlanib qoladi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va
idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qarorga
muvofiqlashtirsin.
10. Ushbu qarorning
1
,
5
,
7
va
8-bandlari
“Transport vositalari egalarining fuqarolik
javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuni
kuchga
kirgan kundan boshlab amal qiladi.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.