transport vositasi — yo‘llarda odamlarni, bagajni, yuklarni yoki o‘ziga o‘rnatilgan asbob-
uskunalarni tashish uchun mo‘ljallangan qurilma;
Oldingi
tahrirga qarang.
yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma — sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi
haqida sug‘urtalovchiga xabar berish uchun yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan joyda yo‘l-
transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘ldiriladigan,
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi yuzaga kelganligi faktini tasdiqlovchi hujjat.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-sentabrdagi 609-sonli
qaroriga
asosan o‘n sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
28.09.2021-y., 09/21/609/0916-son)
3. Transport vositasiga egalik huquqi vujudga kelganda (u mulk qilib, xo‘jalik yuritishiga,
operativ boshqarishga yoki boshqa qonuniy asosda olinganda) transport vositasi egasi unga
egalik qilish huquqi vujudga kelgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay o‘zining fuqarolik
javobgarligini sug‘urta qildirishi shart.
4. Fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish majburiyati quyidagi transport vositalari egalariga
nisbatan tatbiq etilmaydi:
eng katta konstruktiv tezligi soatiga 20 kilometrdan oshmaydigan transport vositalari;
tirkamalar va ikki, uch g‘ildirakli yoki ish hajmi 50 kub santimetrgacha bo‘lgan dvigatel yoki
inson yoxud hayvon kuchi bilan harakatga keltiriladigan boshqa transport vositalari;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining transport vositalari, O‘zbekiston Respublikasi
Qurolli Kuchlarining xo‘jalik faoliyatini ta’minlash uchun foydalaniladigan avtobuslar, yengil
avtomobillar, boshqa transport vositalari bundan mustasno;
chet davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan transport vositalari, agar ular egalarining fuqarolik
javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan xalqaro majburiy sug‘urta
tizimlari doirasida sug‘urta qilingan bo‘lsa;
egalarining fuqarolik javobgarligi qonunga muvofiq boshqa shaxs tomonidan sug‘urta
qilingan transport vositalari.
5. O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishda va O‘zbekiston Respublikasi hududida
amal qiladigan xalqaro majburiy sug‘urta tizimlarining sug‘urta polislari mavjud bo‘lmagan
taqdirda chet davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida
vaqtinchalik foydalanilayotgan transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligini ushbu
transport vositalaridan O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtinchalik foydalanishning butun
muddatiga, lekin kamida o‘n besh kunga sug‘urta qildirishi shart.
6. Transport vositalaridan foydalanishda transport vositalari egalarining jabrlanuvchilar
hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha fuqarolik
javobgarligi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaatlari
majburiy sug‘urta obyektidir.
Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchining va (yoki) majburiy sug‘urta
shartnomasida ko‘rsatilgan transport vositasi boshqa egasining fuqarolik javobgarligi sug‘urta
qilinishi mumkin.
7. Quyidagilar oqibatida transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligining yuzaga kelishi
sug‘urta hodisasi hisoblanmaydi:
majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilmagan transport vositasidan
foydalanishda zarar yetkazish;
ma’naviy yetkazilgan zarar va (yoki) boy berilgan foydaning o‘rnini qoplash bo‘yicha
majburiyatning yuzaga kelishi;
transport vositasidan maxsus ajratilgan joylarda musobaqalar, sinovlar yoki o‘quv haydovi
davomida foydalanishda zarar yetkazilganligi;
atrof muhitning ifloslanishi;
tashilayotgan yuk ta’sirida zarar yetkazilishi, agar bunday javobgarlik majburiy sug‘urtaning
tegishli turi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq majburiy sug‘urta qilinishi kerak bo‘lsa;
xodimlar xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarayotganida ularning hayoti yoki
sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi, agar bu zararning majburiy sug‘urtaning tegishli turi to‘g‘risidagi
qonun hujjatlariga muvofiq qoplanishi lozim bo‘lsa;
xodimga zarar yetkazilganligi tufayli kelib chiqqan zararning o‘rnini ish beruvchi
tomonidan qoplash bo‘yicha majburiyati;
Oldingi
tahrirga qarang.
yo‘lovchining hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga ziyon yetkazilganligi tufayli kelib
chiqqan zararlarning o‘rnini tashuvchi tomonidan qoplash majburiyati;
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-sonli
qaroriga
asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 37-son, 487-modda)
haydovchining o‘zi boshqarayotgan transport vositasiga va uning tirkamasiga, ularda
tashilayotgan yukka va (yoki) ularga o‘rnatilgan asbob-uskunalarga zarar yetkazilganligi;
yukni ortish yoki tushirishda, shuningdek transport vositasi mazkur transport vositasining
egasi bo‘lgan korxona, muassasa yoki tashkilot hududida harakatlanganida zarar yetkazilganligi;
nodir va boshqa noyob buyumlar, me’moriy yodgorliklar, qimmatbaho va yarim
qimmatbaho toshlar va metallardan ishlangan buyumlarga, diniy qadriyatga ega buyumlar,
san’at asarlari, qo‘lyozmalar, noyob audiovizual asarlarga hamda intellektual faoliyatning boshqa
mahsullariga, qimmatli qog‘ozlar, naqd pullarga, shu jumladan chet el valyutasiga shikast
yetkazilganligi yoki ularning yo‘q qilinganligi;
jabrlanuvchilarning sug‘urta hodisasi yuzaga kelishiga qaratilgan qasddan qilgan xatti-
harakatlari natijasida yetkazilgan zarar.
Ushbu bandda ko‘rsatilgan hollarda transport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligi
yuzaga kelgan taqdirda yetkazilgan zararning o‘rni ular tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq
qoplanishi kerak.
8. Yo‘l harakatida qatnashayotgan transport vositasi haydovchisida majburiy sug‘urta
bo‘yicha sug‘urta polisi mavjud bo‘lishi, transport vositasining o‘zida esa maxsus davlat belgisi
o‘rnatilgan bo‘lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |