Bosqichlar
|
|
Subyektlar
|
|
Tadbirlar
|
|
Bajarish muddatlari
|
|
|
|
|
|
|
|
1-bosqich
|
|
Yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan ikki transport haydovchilari, sug‘urtalovchi
|
|
1. Tan jarohati bilan bog‘liq bo‘lmagan hamda ikki transport vositasi to‘qnashuvi natijasida sodir etilgan yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan o‘zaro kelishilgan holda ixtiyoriy ravishda ikki nusxada yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma tuziladi.
2. Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani tuzish bilan bir vaqtning o‘zida yo‘l-transport hodisasi joyi (avtotransport vositalari to‘qnashgan joy (vaziyat o‘zgartirilmagan holdagi), transport vositalarini fotosuratga va (yoki) videoyozuvga olinadi, shuningdek, transport vositalarining shikastlangan qismlarini fotosuratga va (yoki) videoyozuvga tushiriladi.
|
|
Hodisa sodir etilgan vaqtda o‘sha joyning o‘zida
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2-bosqich
|
|
Yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan ikki trans�ort haydovchilari, narkolog yoki mas’ul tibbiyot xodimi
|
|
1. Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma tuzilganidan so‘ng ikkala haydovchi mastlik darajasini aniqlash yuzasidan ushbu hududdagi yoki unga yaqin bo‘lgan narkologik dispanser yoxud sog‘liqni saqlash organlari tomonidan belgilangan tuman va shahar davolash-profilaktika muassasasiga murojaat qilib, tekshiruvdan o‘tadilar.
|
|
1. Hodisa sodir etilgan vaqtdan e’tiboran 4 soat ichida
|
|
Yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan ikki transport vositalari haydovchilari, ekspertiza (baholash) o‘tkazadigan tashkilot
|
|
2. Jabrlanuvchi yo‘l-transport hodisasi natijasida o‘zining mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash maqsadida
o‘z tashabbusi bilan yoki sug‘urtalovchining talabiga asosan transport vositasini mustaqil ekspertizadan (baholashdan) o‘tkazadi va mustaqil ekspertiza natijalarini yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomaga ilova qiladi.
|
|
2. Hodisa sodir etilgan vaqtdan e’tiboran 3 ish kun ichida
|
|
Yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan ikki transport haydovchilari, sug‘urtalovchi
|
|
3. Haydovchilar tomonidan sug‘urtalovchilarga yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda taqdim etiladi:
yo‘l-transport hodisasi joyining (avtotransport vositalari to‘qnashgan joyning (vaziyat o‘zgartirilmagan holdagi), transport vositalarining fotosurati va (yoki) videoyozuvi, transport vositalarining shikastlangan qismlarining fotosurati va (yoki) videoyozuvi;
haydovchilarning sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan to‘g‘ri hal etish to‘g‘risidagi arizalari;
yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joydagi yoki unga yaqin joydagi narkologik dispanserda yoxud sog‘liqni saqlash organlari tomonidan belgilangan tuman va shahar davolash-profilaktika muassasasida yo‘l-transport hodisasi haqida xabarnoma tuzilgan paytdan e’tiboran to‘rt soat ichida haydovchilarning mastlik holatini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruv o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi bayonnoma;
yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan h�ydovchilarning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarining, transport vositalari ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi hujjatlarining ko‘chirma nusxalari, shuningdek, sug‘urta polisining ko‘chirma nusxalari.
|
|
3. Hodisa sodir etilgan vaqtdan e’tiboran 3 ish kuni ichida
|
|
|
|
|
|
|
|
|