Transport va logistika


 Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish



Download 353,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana20.03.2022
Hajmi353,93 Kb.
#502194
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-Mavzu. Piyodalarning o‘tish joylari va yo‘nalishli transport vositalarining bekatlari.

 
7. Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish 
134. Qorong‘i vaqtda va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda, shuningdek 
yo‘lning yoritilganligidan qat’i nazar, tunnellarda harakatlanayotgan transport 
vositalarida quyidagi yoritish asboblari yoqilgan bo‘lishi kerak: 
barcha mexanik transport vositalari va mopedlarda — uzoqni yoki yaqinni 
yorituvchi chiroqlar; 
velosipedlarda — chiroqlar; 
tirkamalarda va shatakka olingan mexanik transport vositalarida gabarit 
chiroqlari. 
135. Quyidagi hollarda uzoqni yorituvchi chiroqlar o‘rniga yaqinni yorituvchi 
chiroqlar yoqilishi kerak: 
aholi yashash joylarida yo‘l yoritilgan bo‘lsa; 
qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositasiga kamida 150 metr masofa 
qolganda, shuningdek haydovchi transport vositasining chiroqlarini vaqt-vaqti bilan 
o‘chirib bunga zaruriyat borligini bildirgan hollarda undan ham ko‘proq masofada; 
qarama-qarshi va bir yo‘nalishdagi transport vositalari haydovchilarining 
ko‘zini qamashtirishi mumkin bo‘lgan boshqa barcha holatlarda. 
Ko‘zi qamashgan haydovchi avariya ishoralarini yoqishi, harakatlanish 
bo‘lagini o‘zgartirmasdan tezlikni kamaytirishi va to‘xtashi kerak. 



136. Qorong‘i vaqtda yo‘lning yoritilmagan qismida, shuningdek yetarlicha 
ko‘rinmaydigan sharoitda to‘xtagan yoki to‘xtab turgan transport vositasida gabarit 
chiroqlari yoqilgan bo‘lishi kerak. Etarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda gabarit 
chiroqlariga qo‘shimcha ravishda yaqinni yorituvchi chiroqlar, tumanga qarshi 
chiroqlar va tumanga qarshi orqa chiroqlar yoqilishi mumkin. 
137. Quyidagi hollarda tumanga qarshi chiroqlarni qo‘llash mumkin: 
yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda alohida, shuningdek uzoqni yorituvchi 
yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar bilan; 
qorong‘i vaqtda yo‘lning yoritilmagan qismlarida uzoqni yoki yaqinni 
yorituvchi chiroqlar bilan birga; 
ushbu Qoidalarning 
138-bandida 
ko‘zda tutilgan holatlarda yaqinni yorituvchi 
chiroqlar o‘rniga. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
138. Kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni 
yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shart.
(138-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-
apreldagi 292-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 
10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son) 
139. Projektor chiroq va izlovchi chiroqlardan faqat aholi yashash joylaridan 
tashqarida, qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan transport vositalari bo‘lmaganda 
foydalanish mumkin. 
Aholi punktlarida esa bunday chiroqlardan foydalanishga faqat xizmat 
vazifalarini bajarayotgan, belgilangan tartibda yalt-yalt etuvchi ko‘k yoki ko‘k va 
qizil, shuningdek sariq yoki zarg‘aldoq rangli chiroq-mayoqcha va maxsus tovushli 
ishoralar bilan jihozlangan transport vositalarining haydovchilariga ruxsat etiladi. 
140. Tumanga qarshi orqa chiroqlarni faqat yetarlicha ko‘rinmaydigan 
sharoitda qo‘llash mumkin. Tumanga qarshi orqa chiroqlarni to‘xtash chiroqlari(stop-
signal)ga ulash taqiqlanadi. 
141. “Avtopoyezd” taniqlik belgisi avtopoyezd harakatlanayotganda, kunning 
qorong‘i vaqtida, yo‘lda to‘xtash va to‘xtab turish paytida ham yoqib qo‘yilishi 
kerak. 

Download 353,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish