1.2-rasm. Texnik holat parametrining ozgarish shakli.
ILM-ishga layoqatlilik mintaqasi; BM-buzilishlar mintaqasi; BOM-buzilishlardan ogohlantiruv mintaqasi; Uch, Uyq-parametrlarning chegaraviy va yol qoyilgan qiymatlari; lp-buyum resursi; lo-ogohlantiruv (texnik xizmat korsatish davriyligi) resursi
Konstruksion parametrlar va texnik holat ozgarishining asosiy sabablari:
- elementlarga yuklama tushishi;
- elementlarning ozaro harakati;
- issiqlik va elektr energiyasining tasiri;
- kimyoviy faol komponentlarning tasiri;
- tashqi muhit tasiri (namlik, shamol, harorat, quyosh radiyatsiyasi);
- operator tasiri va h.k.
Konstruksion parametrlarning vaqt boyicha ozgarish shakllari va oqibatlari: yeyilish, zanglash, charchash yeyilishlari, plastik shakl ozgarishlari, harorat tasiridagi buzilish va ozgarishlar, eskirish va h.k.
Yeyilish. Yeyilish jarayoni material va sirtlarga ishlov berish sifati, moylash, yuklama, sirtlarning nisbiy harakati tezligi va birikmalar ishining issiqlik rejimiga bogliq bolgan ishqalanish tasiri ostida paydo boladi. Yeyilish bu, buzilish jarayoni va detal sirtidan materialning ajralib chiqishidir yoki ishqalanishda olchamlari va shakllarining asta sekin ozgarishida namoyon boladigan detallar qoldiq deformatsiyasining jamgarilish jarayonidir. Belgilangan birliklarda aniqlanadigan yeyilish natijasi yeyilganlik, deb ataladi. Yeyilganlik chiziqli, xajmli va massali bolishi mumkin. Yeyilish jadalligi bu yeyilganlikning nisbiy miqdorlari (yeyilganlikning ishqalanish yoliga yoki buyumning ishi bilan bogliq korsatkichga, masalan, avtomobilning yurgan yoliga yoki buyumning ishi bilan bogliq korsatkichga, masalan, avtomobilning yurgan yoliga yoki ishlash vaqtiga, sikllar soniga nisbati) orqali aniqlanadi.
Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi amaliyotida kopincha abraziv, charchoq, zanglash-eroziyali, oksidlanish, elektr-eroziyali, tishlashish, freting va freting-zanglash yeyilishlari kuzatiladi. Freting, abraziv, eroziyali va charchoq yeyilishlari mexanik turiga, oksidlanish va freting-zanglash yeyilishlari korroziyali mexanik turiga kiradi.
Transport vositasining ekspluatatsiya muddati oshgan sari detallarning yeyilishi va nosozliklar natijasida uning texnik holati asta-sekin yomonlashib boradi: dvigatel quvvati va harakat texnik tezligi pasayadi, yonilgi sarfi va yeyilish jadalligi osadi, boshqaruv qulayligi yomonlashadi, texnik xizmat korsatish va tamirlash hajmi ortadi, ishonchliligi pasayadi. Transport vositasining texnik holatiga kopgina ekspluatatsion omillar tasir etadi. Ularning asosiylari quyidagilar:
- ekspluatatsion materiallar sifati (benzin, dizel yonilgisi, gaz yonilgisi, moylash materiallari, maxsus suyuqliklar.
- antifriz, tormoz suyuqligi va boshqalar);
- yol sharoitlari;
- iqlim sharoitlari;
- transport vositasidan texnik foydalanish (quvvatdan foydalanish tartibotlari, avtomobilni haydash sifati);
- texnik xizmat korsatishning sifati;
- transport vositasini saqlash sifati va h.k.
Yonilgi-moylash materiallariga qoyiladigan asosiy talab - ularning Davlat standartlariga va avtomobil dvigateli konstruktsiyasiga hamda iqlim sharoitlari va avtomobil ekspluatatsiyasining tartibotlariga mos kelishidadir. SHuning uchun yonilgilar vazifasi (karbyurator va dizel dvigatellari uchun, yoz va qish uchun) va sifati boyicha (oktan va tsetan sonlari) rusumlarga bolinadi.
Yonilgi-moylash materiallari yonilgi iqtisodiyoti, ishonchlilik, dvigatel quvvati, harakat tezligi kabi transport vositasining ekspluatatsion sifat korsatkichlariga tasir etadi. Yonilgi-moylash materiallarining sifatini saqlab qolish ularni tashish, saqlash va tarqatish jarayonlarida juda muhimdir.
Benzinning asosiy sifatlari buglanish (fraktsion tarkib), detonatsion va korrozion xususiyatlari hamda mexanik aralashmalar va suvning yoqligidir. Uning detonatsiyaga qarshi sifatlari maxsus antidetonatorlar yordamida oshiriladi. Benzin tarkibida oltingugurtning mavjudligi tsilindrporshen guruhi va klapanlarning korrozion-mexanik yeyilishlarini keltirib chiqaradi. Oltingugurt miqdori qancha kop bolsa, dvigatel tsilindrlarining yeyilish jadalligi va yonilgi sarfi shuncha oshib boradi, dvigatel quvvati esa kamayib ketadi. Yonilgi tarkibidagi mexanik aralashmalar karbyurator moslamalarini ifloslantiradi, yonilgi aralashmasining paydo bolishini qiyinlashtiradi, avtomobilning tortish sifatlarini va yonilgi iqtisodiyotini yomonlashtiradi. Eng asosiysi-mexanik aralashmalar dvigatel tsilindr–porshen guruhining yeyilish darajasini oshirib yuboradi.
Dizel yonilgisining tsetan soni, qovushqoqlik, buglanish, korrozion xususiyatlari va mexanik aralashmalarning mavjudligi kabi sifatlari avtotransport vositasining ekspluatatsion korsatkichlariga tasir etadi. Agar tsetan soni dvigatelning chidamliligi va yonilgi iqtisodiga kuchli tasir etsa, yonilgining qovushqoqligi uning purkalishiga, havo bilan aralashma hosil qilishiga va yonishiga hamda yonilgi apparaturasidagi nozik juftlarning yeyilishiga sababchidir. Dizel yonilgisining korrozion xususiyati uning tarkibidagi oltingugurtning miqdoriga bogliq: u qanchalik kop bolsa, dvigatel tsilindrlari va porshen halqalarining korrozion-mexanik yeyilishlari shunchalik kopayadi. Yeyilishlar, ayniqsa, dvigatelning past haroratlarida ortadi. Dizel yonilgisi tarkibida mexanik aralashmalarning bolishi yonilgi yetkazib berish apparaturasidagi nozik juftliklar yeyilishiga sabab boladi. Mexanik aralashmalarni dizel yonilgisidan ajratishning eng oddiy usuli - uni bir necha kun davomida tindirishdir.
Gaz yonilgilari yuqori ekspluatatsion sifatlarga ega. Ularning qollanishi dvigatel yeyilishlarini pasaytiradi, detonatsiyasiz ish tartibotini taminlaydi, ishlatilgan gazlar zaharliligini kamaytiradi, motor moyi xizmat muddatini uzaytiradi. Ekspluatatsiyada yonilgini dvigatel konstruktsiyasiga, tabiiy-iqlim sharoitlariga va standart talablariga mos ravishda qollash, saqlash, tashish va tarqatishda buglanib ketishiga yol qoymaslik, uning tarkibida mexanik aralashmalar va suvning bolmasligini taminlash lozim.
Moylash materiallari ham (yonilgilar singari) vazifasi boyicha (karbyurator va dizel dvigatellari uchun karter moylari, transmissiya moylari), sifati boyicha (tozalash turi, qovushqoqligi, qoshilma (prisadka) ning mavjudligi va h.k.) rusumlashtiriladi va standartlashtiriladi.
Moy va moylash materiallari suyuq yoki chegaraviy ishqalanishni taminlash, ishqalanish ishi va yeyilishni kamaytirish, issiqlikni ishqalanish juftliklaridan, yeyilish mahsulotlarini tirqishlardan haydash, tirqishlarni zichlash, moylash sirtlarini zanglashdan himoya qilish uchun ishlatiladi.
Dvigatel moyi yuqori harorat va solishtirma bosimlarda ishlaydi. Bunda zanglash mahsulotlari, qatron (saqich, smola) va qasmoq hosil bolishi mumkin. Uning asosiy ekspluatatsion xususiyatlari qovushqoqlik, yuvish va zanglashga qarshilik, mexanik aralashmalar va suvning yoqligidir. Dvigatel moylarining ekspluatatsion xususiyatlarini yaxshilash ularga har xil kimyoviy modda (qoshilma)lar qoshish bilan erishiladi. Qoshilmalar ishqalanayotgan detallar yeyilish jadalligini kamida ikki barobar kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |