Nazorat uchun savollar
1. Avtomobillarning kirlanishi, asosiy sabablari va ulardan tozalash usullari.
2. Avtomobillarni yuvish ishlarining mazmuni va yuvish usullari.
3. Avtomobillarni yuvishdan song quritish
4. Ishlatilgan suvdan qayta foydalanish va ularga qoyiladigan ekologik talablar.
5. Kuzovni va kabinani ta'mirlashda bajariladigan ishlar texnologiyasi.
6. Kuzovni va kabinalarni boyash ishlari texnologiyasi
5-Mavzu: Avtomobil dvigateliga texnik xizmat korsatish va tamirlash ishlari texnologiyasi
Reja
1. Dvigatelni nazorat-qarov va unga umumiy diagnoz qoyish ishlari texnologiyasi.
2. Krivoship-shatun va gaz taqsimlash mexanizmlarida uchraydigan asosiy nosozliklar, ularning alomatlari va kelib chiqish sabablari.
3. Krivoship-shatun va gaz taqsimlash mexanizmlariga texnik xizmat korsatish va tamirlash ishlarining mazmuni
Ekspluatatsiya jarayonida detallarning tabiiy yeyilishi, tosatdan ishdan chiqishi va ish qobiliyatini yoqotishi natijasida silindr porshen guruhi (SPG), krivoship shatun mexanizmi (KSHM) va gaz taqsimlash mexanizmi(GTM), boshqa birikma va agregatlarda turli nosozliklar paydo boladi.
KSHM ning asosiy nosozliklariga silindrlar, porshen halqalari va ariqchalari, porshen bortmasi devori va teshiklari, shatun kallagi vtulkalari, tirsakli val boyinlari vkladishlarining yeyilishi va porshen halqalarining qurum bosib qolishi kiradi. Asosiy buzulishlar va ishdan chiqishlarga esa porshen halqalarining sinishi, silindr yuzasining yeyilishi, porshenning tiqilib qolishi, podshipniklarning erishi, silindr bloki va uning kallagida darzlar hosil bolishi misol bola oladi.
KSHM nosozligining alomatlariga silindrdagi kompressiyaning yoqolishi va shovqin bilan ishlashi, gazlarning kop miqdorda karterga otib ketishi va moy quyish bogizidan quyuq tutun chiqishi misol bola oladi.
GTM ning asosiy nosozliklariga turtkich va uning vtulkalari, klapan tarelkalari va orindiqlari, shesternyalari, gaz taqsimlash valining tayanch boyinlari va mushtchalarining yeyilishi, klapan va koromisla orasidagi tirqishning buzilishi kiradi. Ishdan chiqishlarga esa klapan prujinalari elastikligini yoqotishi va sinishi, gaz taqsimlash shesternyasining sinishi, klapanlarning kuyishi va boshqalar kiradi. Gaz taqsimlash mexanizmining shovqin bilan ishlashi nosozlik alomatlaridan biri hisoblanadi.
KSHM va GTM lar boyicha tekshiruv nazorat va diagnostika ishlari. Amaliyot shuni korsatadiki, dvigatel boyicha nosozliklar va buzilishlarning asosiy qismi GTM va KSHM zimmasiga tushadi hamda bajariladigan ish hajmining yarmidan ortigi shu nosozlik va buzilishlarni bartaraf etishga sarflanadi. Korsatilgan mexanizmlarni diagnostikalash dvigatelni bolaklarga ajratmay bajariladi.
Porshenning yuqori qismini jipslik boyicha diagnostikalash uning kompressiyasi, karterga otuvchi gazlar miqdori, moyning kamayishi, kiritish taktida havoning siyraklashuvi, silindrga siqilgan havo yuborilganda uning bosimi pasayishini aniqlashdan iboratdir.
Dvigatel kompressiyasini tekshirish akkumulator batareyasi tirsakli valni aylantira oladigan chastotada silindrda hosil boladigan bosimni aniqlashdan iborat. Tekshiruv har bir silindr uchun alohida-alohida kompressometrlar yordamida bajariladi.
Dvigatellarning turiga qarab bu korsatkich, karburatorli dvigatellar uchun 0.4412 MPa ni, dizel dvigatellari uchun kami bilan 2 MPa ni tashkil qiladi. Kompressiya kompressometr yoki kompressograf yordamida, chaqmoq yoki forsunka ornidan aniqlanadi (bu korsatkich me'yordan 3040 % dan kam bolmasligi kerak).
Do'stlaringiz bilan baham: |