Avtomobillar turi |
TXK - 1
|
TXK - 2
|
Yengil avtomobillar
Avtobuslar
Yuk avtomobillari
|
4000 km
3500 km
3000 km
|
16000 km
14000 km
12000 km
|
KXK da umumiy tekshiruv, tozalash, yuvish, quritish va yoqilgi, moy, maxsus suyuqliklarni me'yoriga keltirish ishlari bajariladi.
TXK-1, TXK-2 va MXK da asosan tozalash, yuvish, quritish, tekshiruv diagnostika, qotirish, sozlash, elektrotexnik, shina, akkumulator, moylash va agregat, mexanizmlardagi moylarni me'yoriga keltirish va almashtirish ishlari bajariladi.
Harakatdagi tarkibning muhim bogini diagnostikadir. Diagnostikaning vazifasi texnik xolati harakat havfsizligi talablariga javob bermaydigan avtomobillarni aniqlash, TXK dan song yoki avval nosozliklarni aniqlash, joriy ta'mirlashdan oldin buzilish va nosozliklarni aniqlashdan iborat.
Tekshiruv-diagnostika ishlari avtomobil yoki uning agregatlari va mexanizmlarini bolaklarga ajratmasdan turib texnik holatini aniqlashni oz ichiga olib, u avtomobillarga TXK va JT ishlari texnologik jarayonining boshqarish elementlaridan biri hisoblanadi.
Tekshiruv-diagnoz qoyish ishlarining hajmi barcha TXK va JT dagi ish hajmlarining 30% ni tashkil qiladi.
Tekshiruv-diagnoz qoyish ishlari davrida avtomobilning harakat havfsizligini ta'minlovchi agregatlarni holati aniqlanadi, TXK dan avval diagnoz qoyilib ish hajmlari aniqlanadi, TXK va JT dan song bajarilgan ishlarning sifati tekshiriladi.
Bajariladigan ish hajmi, davriyligi, ish turlari, moljal-langanligi va TXK, JT texnologik jarayonida tutgan orniga qarab, diagnoz qoyish ishlari D-1 va D-2 ga bolinadi.
D-1: dan asosiy maqsad harakat havsizligini ta'minlovchi agregat va mexanizmlarni texnik holatini, (tormoz, boshqarish mexanizmi, oldingi gildiraklarni ornatish burchaklari, yoritish asboblari) chiqindi gazlar zararligini va yoqilgi sarfini aniqlashdan iborat.
D-2: dan asosiy maqsad avtomobilni tortish-iqtisodiy korsatkichlari boyicha toliq texnik holatini aniqlash va asosiy agregat, sistema va mexanizmlarning nosozligini aniqlashdan iboratdir. D-2,TX-2 dan avval otkazilib, ish hajmi aniqlab olinadi, hamda ishlar tugagach uning sifati nazorat qilinadi. D-2 buyurtma boyicha JT dan avval ish hajmini aniqlab olish uchun ham bajarilishi mumkin.
TXK va JT ishlari otkazish uchun ma'lumotlar diagnostikalash jihozlari va kochma asboblar yordamida olinadi.
TXK va JT ishlari bajarish davrida nosozliklarni aniqlash uchun "operativ-texnologik" diagnoz qoyish(Dr) usuli qollanilib, bunda kochma asboblardan foydalaniladi.
Sozlash ishlari deb, agregat, mexanizm va detallarni almashtirmay turib, ularni texnik holatini tiklash, ya'ni belgilangan oraliq, salt yurish kabi korsatgichlarni me'yoriga keltirishga aytiladi. Bu ishlar diagnoz qoyish yoki TXK va JT ishlarini natijalari asosida bajariladi.
Ta'mirlash ishlari ozining xarakteri va yonalishi boyicha qayta tiklash (QT) va joriy ta'mirlash (JT) kabi turlarga bolinadi.
QT ishlay bilish qobiliyatini yoqotgan avtomobil va uning ag-regatlarini keyingi qayta tiklash yoki safdan chiqqunga qadar buzilmasdan ishlashini ta'minlash uchun xizmat qiladi. Avtomobil yoki uning agregatini qayta tiklashda bolaklarga ajratish, tiklash va detallarni almashtirib qayta yigish, sozlash va sinash ishlari bajariladi. Agregat KT ga, uning ozak va asosiy detallari ta'mirlab bolgan taqdirda jonatiladi.
JT, avtomobil va uning agregatlarida paydo bolgan buzuqliklarni bartaraf etish va qayta tiklashgacha bolgan me'yoriy davrni yurishini ta'minlash uchun bajariladi.
ATK da ishlab chiqarish texnik hizmatlarining eng asosiy vazifasi harakatdagi qismni JT ish hajmini kamaytirish, ishlab chiqarish va materiallar sarf harajatlarini kamaytirishdan iboratdir.
Ishdan chiqqan detallar, agregat va mexanizmlarni tiklash yoki almashtirish, oz navbatida tekshiruv nazorat qilish, ajratish-yigish, sozlash va ustaxonalarda bajariladigan ishlardan tuzilgandir.
Avtomobillarni JT ning eng asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
- uning ishonchliligini oshirish;
- JT tannarxini kamaytirish, ya'ni JT dagi va ishdan majburan qaytib kelishdagi harajatlarni kamaytirishdan iborat.
Avtomobillarni JT, ularni ishlab chiqarish, KT va TXK sifatiga bogliqdir.
JT dagi harajatlar, ish hajmiga va ish xarakteriga, diagnostika sifatiga, ta'minotga, ishlash sharoitiga, avtomobil yoshiga, ishlab chiqarish usuli va shakliga, qollaniladigan jihozlarga va ish haqini belgilash tizimiga bogliqdir.
Avtomobillarni joriy ta'mirlashning quyidagi turlari mavjud
- avtomobillarni ishlash davrida JT
- ishdan qaytgan avtomobillarni JT
- xaydovchi buyurtmasiga asosan JT
- TXK davrida JT TXK ritmini buzmasdan turib
JT ishlari kerak bolgan hollarda yoki TXK davrida, hamda diagnostikalash davrida ham bajariladi.
Ishlash sharoiti, iqlim sharoiti, avtomobil turi, yoshi va soni ish hajmiga ta'sir etishini hisobga olgan holda solishtirma ish hajmi korrektirovka qilinadi.
Bajarilish joyi va ish xarakteri boyicha joriy ta'mirlash postlarda bajariladigan ishlar va ustaxonalarda bajariladigan ishlar
Postda bajariladigan ishlarga: tekshiruv nazorat, sozlash, qotirish, ajratish-yigish kabi ishlar kiradi.
Ustaxonada bajariladigan ishlar quyidagilardan iborat:
Agregat ishlari - avtomobillardan yechilgan agregatlarni (dvigatel, ilashish muftasi, uzatmalari qutisi, rul boshqarmasi, yetaklovchi koprik va h.k.) yuvish, ajratish-yigish va tashxislashdan iboratdir.
Dvigatellarni JT da asosiy ishlarga porshen halqalarini, porshenni, porshen barmoqlarini, shatun vkladishlari va bogin podshipniklarini, klapanlarni, klapan otiroichlarni, itargich va vtulkalarni, prujinalarni almashtirish kiradi. Undan tashqari oz holatiga keltiruvchi ta'mirlash, tekshirish va ajratish-yigish ishlari, masalan taqsimlash validagi shesternyani yechish va qoyish, moy otish teshiklarini kengaytirish, klapanlarni tozalash, germetikligini tekshirish, yoriq va darz ketgan joylarini kavshanlash, payvandlash yoli bilan togrilash ishlari bajariladi.
Masalan, dvigatelni ta'mirlash jarayonini korib chiqadigan bolsak, porshen halqalarni almashtirish ishlari tirqish 0,08 mm dan va diametr boyicha 0,12 mm dan oshiq bolganda bajariladi.
Elektrotexnik ishlar - bu ishlar TXK da, JT postlarida va ustaxonada bajariladi. Ustaxonalarda avtomobilni yechilgan va uning ozida yoki TXK da togrilab bolmagan ishlar bajariladi. Elektrotexnik ishlarga: qisqa tutashishlarni togrilash, sim chulgamlarini qayta orash, generator va starter yakorlarini silliqlash kabi ishlar kiradi.
Akkumulator ishlari - ularga batareyalarni zaradlash va ta'mirlash ishlari kiradi. Bu ishlarni bajarish uchun ayniqsa texnik xavfsizlik va mehnat muhofazasi keng e'tibor berish kerak.
Ta'minot tizimi boyicha - tekshiruv-nazorat, sozlash va ta'mirlash ishlari bajariladi. Ta'mirlash pokaklarni germetikligini, ularning ogirligini aniqlash, diafragmalarni almashtirish, yonilgi baklarini kavshanlash yoki yelimlash ishlarini oz ichiga oladi.
Shina va kamera yamash ishlari - shinalarni ajratish va yigish, disklarni ta'mirlash, kameralarni yamash, gildiraklarni muvozanatlash ishlaridan iborat.
Temirchilik ishlari - detallarni qizdirish yoli bilan tayyorlash, ta'mirlash, ressorlarni qizdirish, puxtaligini oshirib ta'mirlash.
Payvandlash ishlari - detallarni payvandlash, teshiklarni yoqotish, kuzovdan ajralib ketgan qismlarni payvandlashni oz ichiga oladi.
Misgarlik ishlari - radiator, yonilgi baki va yonilgi trubkalarini ta'mirlashdan iborat.
Chilangar-mexanik ishlari - qotirish detallarini tayyorlash (bolt, gayka, shpilka, shayba va hakazo), payvandlash va kavshanlashdan song ishlov berish, tormoz barabanlarini tekslash, vtulkalar yasash, silindrlar blogi va kallagiga ishlov berish kabilardir.
Kuzov ishlari - oz ichiga yogochsozlik, armatura, qoplamachilik, tunukasozlik va boyoqchilik ishlarini oladi.
Avtomobillarni JT dan tashqari ATK sida jihozlarni ta'mirlash va ularga TXK, avtomobillarni va binolarni isitish tizimi, suv ta'minoti, shamollatish qurilmalarini, elektr ta'minlovchilarni JT va qurilish-montaj ishlari ham bajariladi. Bu ishlar bosh mexanik bolimi BMB tomonidan amalga oshiriladi.
JT xarakteriga, harajatiga va ish hajmiga avtomobillarni ishlash sharoiti, yoshi, haydovchi va ishchilar kvalifikatsiyasi, ATK ni texnik qurollanganligi, bundan tashqari TXK sifati, avtomobillarni saqlash sharoiti, zuriqib ishlashi, ta'mirlashga moyilligi va boshqa omillar ta'sir etadi.
JT ishlari sonini va hajmini kamayishi haydovchilarni professional-mahorati bilan chambarchas bogliqdir.
Avtomobillarni yoshi JT ish xajmi va sonini oshishiga bogliq bolib, yurgan yoli kopayishi bilan ularning qiymati oshib boradi.
TX sifatini oshishi JT ishlarini 2 barobar kamayishiga, sovuq sharoitda avtomobillarni usti yopiq joyda saqlash JT ishlarini 15-40 % kamayishiga imkon yaratadi.
Avtomobillarni oz vaqtida diagnostikalash, mayda buzuqliklarni oz vaqtida bartaraf etish, katta hajmdagi JT ishlarini kamaytiradi.
Avtomobillarga TXK va JT ishlarini oz vaqtida olib borish, hamda ularni texnik tayyor holda ushlab turishda ATKlar va ularning ishlab chiqarish texnik bazalari katta ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |