4. ATK sharoitida shinalarni ta'mirlash.
Shinalar shikastlanganligiga va yedirilganligiga qarab, ularni maxalliy shikastlanganligini (teshik, yirtilish) bartaraf etish yoki yangi protektor yopishtirish yollari bilan ta'mirlanadi. Shinalarga yangi protektor yopishtirish, shina ta'mirlash zavodlarida yoki katta ATK larida olib boriladi. Shinalarni tiklash 2 guruhga bolinadi:
- toliq yirtilmagan (teshilmagan) shinalarni tiklash
- toliq yirtilgan shinalarni tiklash.
Shinani ta'mirlab, yangi protektor ornatib, yana ekspluatatsiya qilish, shinalarga ketadigan sarf harajatlarni 4-8 barobar kamaytiradi.
Shinalarni ta'mirlash quyidagi tartibda bajariladi:
1. Shinalarni ta'mirlashga qabul qilish-shinalarni qabul qilishda, ularni ta'mirlash yaroqli yoki yaroqsizligi aniqlanadi, hamda ularni ta'mirlash uchun ketadigan harajat va ish hajmi aniqlanadi.
2. Ta'mirlashga tayorlash - bu shinalarni yuvish va quritishdan iborat. Yuvilgan shinalar maxsus quritish shkaflarida 40-60 S haroratda, 24 soat mobaynida quritiladi.
3. Shinalarni qirqish-Shikastlangan rezina va karkas qismlar 45- 60 burchak ostida konussimon qirqiladi. Shikastlangan joyiga qarab, ularni uch xil qirqish mumkin: qirqib tayyorlangan shinalar 50-60S haroratda quritish shkaflarida quritiladi.
4. Yuzani dagallashtirish - yelimlanadigan yuzalar yaxshi yopishishi uchun dagallashtiriladi, buning uchun maxsus dagallashtirish stanoklari ishlatiladi.
5. Kley surtish - yuzaga kley surtish shyotka yoki sepgich yordamida bajariladi. Sepishda kley hamma yuzaga bir xil qalinlikda yopishadi.
Shyotka yordamida 2 marta, birinchi marta 1:8 yoki 1:10 nisbatdagi (1 qism yelimli rezina 8 yoki 10 qism benzin) yelim surtiladi, keyin 1:5 nisbatdagi kley surtiladi. Oraliqda kley quriguncha kutiladi.
6. Teshikni berkitish - 2 usulda bajariladi: qavat-qavat yopishtirish yoki tiqin qoyish.
qavat-qavat yopishtirishda - teshikka qalinligi 0,7...0,9 mm bolgan yupqa rezina yopishtiriladi, undan song qalinligi 2 mm bolgan pishimagan rezina ketma-ket yopishtiriladi.
Tiqin qoyish - bu usulda karkas ichidan qirqib olib tashlanadi va maxsus qirqilgan kord teshik ichiga joylashtiriladi. Bu ish ancha qi-yinchilik tugdiradi. Shuning uchun u kop qollanilmaydi.
7. Yamash - teshiklar berkitilgandan song yamaladi. Yamash materiallarni bir-biri bilan mustahkam birikishini ta'minlaydi. Sifatli yamash uchun siqish bosimini, harorat va yamash vaqti tanlay bila olish zarur.
Shinalarni yamash uchun jihozlar Shinalarni yamash uchun maxsus jihozlar ishlab chiqarilgan yoki ular ATK sharoitida tayorlanishi mumkin.
Kameralarni ATK da ta'mirlash - kameralar ishga yaroqliligi aniqlangandan song yamaladi. Ishga yaroqli kameralarning qotib qolgan joylari yoq, yirtiq joylarining boyi 50 mm dan, eni 5 mm dan oshmasligi kerak. Teshiklar oddiy yoki pishmagan rezinaga 1:8 konsertratsiyali kley surtilib va yirtiq joyga yopishtirilib jihoz yordamida yamaladi. Oddiy rezina esa charxda dagallashtiriladi, kley surtilgan teshikka yopishtiriladi va qirralariga 8:10 mm kenglikda pishmagan rezina yopishtirib apparat yordamida yamaladi. Kameralar plitalar ustiga maxsus siqgichlar yordamida siqiladi va 15-20 minut davomida yamaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |