18-rasm. Boshqarish gildiraklari-ning ornatish burchaklari.
a-burilish ustinining boylama ogish burchagi, b-gildirakning ogish burchagi, v-burilish ustinining kondalang ogish burchagi, A, B-yaqinlashuv olchami kattaligini aniqlovchi olchamlar, V-rul tortqilari sharnirlari orasidagi masofa
|
Oldingi kopriklar maxsus jihozlar yoki tagliklarda bolaklarga ajratiladi. Shkvorenlar, uning barmoqlari, tashqi va ichki podshipniklarini yechish uchun maxsus yechgichlardan foydalaniladi. Yeyilgan podshipniklar va rul tortqilari sharnirlari yangisiga almashtiriladi. Oldingi koprik balkasi egilganligini maxsus moslamalar, shablonlar, lineykalar va burchak olchagichlar yordamida aniqlanadi.
Yeyilgan shkvoren vtulkalari yangisiga, avval vtulkaning bir tomoni, keyin esa ikkinchi tomoni almashtiriladi. Almashtirish vaqtida ornida qolgan vtulka ornatilayotgan vtulka uchun markazlovchi rolini oynaydi.
Oldingi koprik nosozliklarining eng kop uchraydigani - gildirak ornatish burchaklarining buzilishidir. Tuzilishi jihatidan yuk avtomobillari va avtobuslar uchun faqat yaqinlashuv burchagi, yengil avtomobillar uchun gildirakning ogish burchagi, shkvorenning boylama ogishi, burilish burchaklarining bir-biriga monandligi va yaqinlashuvi sozlanadi. Keltirilgan ketma-ketlik texnologik zaruriy hisoblanadi. Bu ketma-ketlikka rioya qilmaslik avval sozlangan burchakning buzilishiga olib keladi.
Yuk avtomobillari va avtobuslarda gildiraklarning ogish burchagi hamda shkvorenning boylama ogish burchagining buzilishi balkaning deformatsiyasi hisobiga ozgaradi. Agar balkani togrilashning imkoni bolmasa, uni yangisiga almashtiriladi. Hozirda ishlab chiqarilayotgan oldingi osmasi ikkita richagdan iborat bolgan yengil avtomobil gildiraklarining ogish burchagi yuqorigi yoki pastki richagni siljitish yoli bilan sozlanadi. Buning uchun har bir qotirish bolti tagiga bir xilda gistirmalar qoyiladi (yoki olinadi).
Shkvorenning boylama ogish burchagi richag oqlarini gorizontal tekislikda burash hisobiga sozlanadi. Buning uchun sozlash tiqinlarini bir bolt tagidan olib ikkinchisiga qoyiladi. Tiqinlarni ozgartirish soni sozlanuvchi burchakka bogliqdir.
Avtomobil boshqarish gildiraklarining ornatilish burchaklarini me'yorida bolishi, uning ravon yurishini, yengil boshqarilishini, shinaning kam yeyilishini va tebranishga qarshiligini, yonilgi sarfining kamayishini ta'minlaydi.
Zamonaviy avtomobillarda, avtobuslar va yuk avtomobillarida oldingi gildiraklarning ornatilish burchaklaridan yaqinlashuv burchaklarigina sozlanadi. Sozlash ishlari K-463 turidagi teleskopik olchagich yoki boshqa jihozlarda amalga oshirilishi mumkin. Quyida teleskopik olchagichning tuzilishi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |