“transport tizimlari va inshoatlari” kafedrasi “Qurilish materiallari va buyumlari”



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/68
Sana12.06.2022
Hajmi3,34 Mb.
#658322
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68
Bog'liq
ҚМБ-2 курс 4-сем. Усл.кўрсатма

Konstruksiyalar 
Yengil beton qorishmasini 
zichlash uskunalari 
Konusning 
cho‘kishi,
sm 
Qattiq-
lik, 
sekund 
1. 
Vertikal 
xolatda 
betonlanadigan 
yupqa 
devorli temibeton
Tashqi tiskli tebran-ma (vibrator) 
5-10 

2. 
Gorizontal 
xolatda 
betonlanadigan yupqa 
ko‘p 
bo‘shliqli 
va 
qovurg‘ali panellar va 
plitalar.
Tebranma maydon
Tebranma nasadka 


20-50 
10-30 
3. 
Tezda 
qolipdan 
chiqariladigan panellar va 
plitalar
Ustiga yuk qo‘yiluvchi va teb-
ranma 
vkladishli 
tebranma 
maydon, 
shuningdek 
turli 
konstruksiyalar uchun teb-ranma 
shtamplar

60-100 
4. 
Stendli 
texnologiya 
bo‘yicha tayyorlanadigan 
massiv buyumlar
Sirtqi chuqurlikda yoki tashqi 
tebranmalar
1-3 
10-20 
Yangi tayyorlangan yengil beton qorishmasi quyidagi talablarga javob berishi 
lozim: qatlamlanish ko‘rsatkichi - 10 % gacha, harakatlanuvchanlik ko‘rsatkichi 1 sm 
gacha, qattiqlik ko‘rsatkichi 20 % gacha. Yengil beton qorishmasi tayyorlangandan so‘ng 
tezda quyuqlashishni boshlaydi, shuning uchun uni zudlik bilan qolipga joylashti-rish 
lozim. Qorishmani zichlashgacha bo‘lgan vaqt 45 daqiqadan oshmasligi kerak. 
1.6
. Keramzitbeton markasini aniqlash 
Laboratoriya ishini bajarish uchun material va uskunalar:
«Keramzitbeton 
markasini aniqlash» mavzusi bo‘yicha laboratoriya ishi laboratoriyada mavjud bo‘lgan 
uskunalar yordamida bajariladi: 
-
150x150x150 mm o‘lchamli kub namunalar; 
- gidravlik press PG-125; 


- elektron tarozi 30 kg; 
- po‘lat chizg‘ich. 
Umumiy ma’lumotlar:
Yengil beton mustaxkamligi 150x150x150mm 
o‘lchamli namunalarda aniqlanadi. Namunalarning har bir seriyasi 3 tadan kub shakldagi 
namunalardan tashkil topgan bo‘ladi. Namuna seriyasining soni quyidagilardan kam 
bo‘lmasligi kerak; normal sharoitda saqlashda - 2, issiqlik bilan ishlov berishda - 3. 
Betonni ishlab chiqarishdagi mustaxkamligi (chiqarish mustaxkamligi), 
konstruksiyaning belgilanishiga, yil fasliga, montaj qilish sharoitlariga va yuklash 
muddatiga bog‘liq holda belgilanadi. Lekin har bir xolatda u betonni loyihalash 
markasining kamida 70 % ini tashkil qilishi kerak. Betonning chiqarish mustaxkamligi 
keramzitbetonli devor panellari uchun, 100 markali betonlarda 80 % dan kam bo‘lmasligi 
kerak, 150 markali beton va qorishma yoki pardozlash qatlami devori uchun 70 % dan 
oshmasligi kerak; namligi 12 % dan oshmasligi kerak. 
Tajribani bajarish tartibi:
Keramzitbeton kub-namunalarining siqilishga 
mustaxkamlik chegarasi quyidagicha aniqlanadi. Avval namunalar kameradan chiqarib 
olingach, sinchiklab ko‘zdan kechiriladi, yuzalari egovlab yoki jilvirlab tekislanadi. 
Shundan keyin namunani sinash paytida qanday vaziyatni egallashi va qaysi tomonlari 
tayanchga tegib turishi aniqlanib, shu tomonlariga bo‘yoq yoki bo‘r bilan belgi qo‘yiladi. 
Uning tayanib turadigan tomonlarini shunday tanlash kerakki, sinash chog‘ida ta’sir 
ko‘rsatadigan siquvchi kuch qolipdagi qorishma qatlamlariga nisbatan parallel yo‘nalsin. 
Kub-namunalar metal chizg‘ich bilan 1 mm gacha aniqlikda o‘lchanadi va elektron 
tarozida tortiladi. Namuna ish kesimining maydoni (mm
2
) uning ikkala tayanch 
maydonining o‘rtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblab chiqariladi. Sinaladigan 
namunalar kameradan chiqarib olingandan keyin laboratoriya xonasida 2-4 soat saqlanishi 
kerak. 
Sinash paytida namunaning bir tomoni pressning ostki tayanch plitasida yotishi 
(markazi plita o‘qiga to‘g‘rilanadi) lozim. So‘ngra gidravlik press ishga tushirilib, 
namunani siquvchi kuch sekundiga 0,4-0,8 MPa tezlikda oshirib borib, namunani buzish 
darajasiga yetkazilishi lozim. 
Beton siqilishdagi mustaxkamlik chegarasi R
b
(MPa) buzuvchi kuch P (N) ning 
namuna kesimining dastlabki yuzasi S (mm
2
) ga nisbati sifatida aniqlanadi: 

Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish