1.3.Toblashning ahamiyati va toblash usullari
Toblash. Ko’p hollarda konstruksion holatlardan tayyorlangan detallar masalan, shesternalar, vallar asbobsozlik holatlardan tayyorlangan keskichlar va boshqalar ularning puxtaligini, keskirligini yeyilishga chidamliligini oshirish maqsadida toblanadi. Buning uchun evtektoidgacha bo’lgan uglerodli po’latlarni AC 3 kritek temperaturadan evtektoid va evtektoiddan keying po’latlarni AC 1 kretik temperaturadan 30-50 0 C yuqoriroq temperaturagacha qizdirilib shu temperaturada ma’lum vaqt saqlab turilgach kritek tezlikda yoki undan yuqoriroq tezlikda masalan, sovuq suvda sovitiladi. Tez sovitilishda maqsad oustendni to’laroq martensitga o’tkazishdir. Kam uglerodli po’latlarda uglerodning kamligi va austenidning martensid strukturaga o’tish temperaturasining yuqoriligi sababli toblashda austenidning ferrit bilan perlitga parchalanishi bo’ladi. Shu sababli kutilgan qattiqlikka erishilmaydi, shuning uchun bu xil po’latlar amalda toblanmaydi, faqat o’rta va ko’p uglerodli po’latlargina toblanadi. Bunda buyum sirtqi qatlamining o’zak qismiga qaraganda teziroq sovishi ichki zo’riqish kuchlanishlarni vujudga keltiradi. Shuni ham qayd etish joizki, agar buyum me’yordan o’ta qizdirib toblansa martensit donalar sementit turi bilan o’raladi. Bu hollarda uning yanada mortlashishi sababli kutilgan natijaga erishilmaydi. Agar bunda ichki zo’riqish kuchlanishlari metal puxtaligidan kata bo’lsa buyum dars ketadi. Shu sababli po’lat buyumlarni toblash rejimini belgilashda ularning markasiga shakliga, o’lchamlariga, devor qalinligiga ko’ra sovitish muhitiga ularni tushirish kabi masalalarga kata e’tibor berish lozim. Amalda toblash muhiti sifatida sovuq suv, tuz eritmalari, ishqorlardan foydalaniladi. Sovitish suyuqliklari toblashda po’lat buyumni 500-600 0 C temperatura oralig’ida sovitilishida austenidning ferrit va sementit donalar aralashmasiga parchalanishiga yo’l qo’ymay uni martensitga aylanishi vaqtida ( 200-3000 C) sekin sovitish lozim. Bunday rejimda austenid batamom martensidga aylanib ichki zo’riqish kuchlanishlaridan holiroq bo’ladi.
Jadvalda ko’proq foydalaniladigan sovitgich muhitlari va ularning po’lat buyumlarni zarur temperatura oralig’idagi sovitish tezliklari keltirilgan.
1.1-jadval
Asosiy sovitgichlar turi
|
Temperaturalar oralig’idagi sovitish tezligi,
Grad/c
|
550-6000C
|
200-3000C
|
18-200C dagi suv
|
600
|
270
|
500C dagi suv
|
100
|
270
|
10% li osh tuzining suvdagi eritmasi
|
1100
|
300
|
Mineral mashina moyi
|
150
|
30
|
Transformator moyi
|
120
|
25
|
Po’latlarni toblashda foydalaniladigansovitgichlarning birortasi ham yuqorida qayd etilgan talablarga to’la javob bermaydi. Shu boisdan aniq markali po’lat buyumlarni ko’rsatgichlariga ko’ra toblashda talabga javob beradigan xillariga yaqinroqlaridan foydalaniladi.
Ma’lumki, po’lat buyumlarni toblashda hosil bo’luvchi ichki zo’riqish kuchlanishlarning ular xossalariga salbiy ta’siri kattta. Shu boisdan ular hosil bo’lishining asosiy sabablaridan, jumladan, ma’lum temperaturagacha qizdirilgan buyumni sovitishda materiali, shakli, o’lchami, kesim yuzalari bo’yicha temperatura tafovuti sovitish tezligi va faza o’zgarishlarini ko’rsatish mumkin. Agar ichki zo’riqish kuchlanishlarning qiymati kata bo’lsa, buyumni tob tashlashi, dars ketishi hollari uchrashi mumkin.
Toblangan po’lat buyumlarni ichki zo’riqish kuchlanishlardan holi etish bilan strukturasini yaxshilash natijasida qattiqligini pasaytirish, plastikligini va qovushqoqligini ko’tarish maqsadida ular bo’shatiladi. Toblangan po’lat buyumlarni bo’shatish maqsadiga ko’ra ular quyi, o’rtacha va yuqori temperaturali bo’shatishga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |