Transport tizimlari



Download 1,1 Mb.
bet3/20
Sana08.04.2023
Hajmi1,1 Mb.
#925723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Abdullayev Shohrux

2.Mavzuning dolzarbligi

Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturi va Ta'lim to'g'risidagi qonunda ta'lim tizimini takomillashtirish orqali har tomonlama yetuk barkamol mustaqil fikrlashga qodir irodali fidoiy va tashabbuskor kadrlarni tayyorlashga katta etibor berilyapti. Bu borada ta'lim turlari to'g'risidagi mutlaqo yangi qoidalar hayotga joriy etilmoqda. Kadrlar tayyorlash va uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilishning huquqiy, meyoriy asosi yaratildi.


"Transport va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish" bo'yicha loyihalarni amalga oshirishga yo'naltirilgan mablag'lar, investitsiyalar umumiy hajmida muhim o'rin egalladi.
Hozirgi kunda “XorazmAvtoTexXizmat” MCHJda servis xizmatlardan yengil avtomobillar kuzoviga texnik xizmat ko’rsatish va bo’yash ishlari olib borilmoqda. Bu yerda yengil avtomobillar kuzoviga texnik xizmat ko’rsatishda zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda avtomobilning jozibadorligini ta’minlash, ramaning parametrlari o’zgarganda harakati yomonlashadi shu harakatni to’g’rilash, kuzovni ta’mirlash jarayonidagi murakkablikni soddalashtirish, xizmat ko’rsatishdagi ketgan vaxtni kamaytirish, ish sifatini yaxshilash maqsadida uchastkani universallashtirish hamda uchastkani yangi jihozlar va texnologiyalar bilan jihozlash. Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo’lga kiritilayotgan yuksak natijalar, eng avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining yo’lga qo’yilishi, buning ta’sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va ko’rsatilayotgan xizmat turlarining ko’payib, sifatining tubdan yaxshilanib borishi, bir so’z bilan aytganda, iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb etib borishida mustaqil taraqqiyot yo’lining to’g’ri tanlangani, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat strategiyasining har tomonlama puxta asoslangan hamda xalqimizning fidokorona mehnati eng muhim va asosiy omil bo’lib xizmat qilmoqda. Bu omillarning yagona maqsad – yurt tinchligi va ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo’lida jamiyatimizning doimo hamjihat bo’lib kelayotgani o’ta murakkab mustaqil taraqqiyot
yo’lini bosib o’tishda naqadar og’ir sinovlardan muvaffaqiyatli o’tishga imkon yaratdi.
Mustaqil O’zbekiston milliy iqtisodiyotini rivojlantirish, uning barcha sohalardagi xavfsizligi va mustaqilligini ta’minlash, eksport salohiyatini yuksaltirish va jahon hamjamiyatidagi o’rnini yaxshilab borish ko’p jihatdan uning ichki geosiyosiy tuzilmasi – viloyatlar (mintaqalar) salohiyatidan har tomonlama foydalanishga bog’liq. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov hozirgi davrda mamlakatimiz oldida turgan ustuvor vazifalar qatorida “Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi hali beri davom etayotgan og’ir bir sharoitda iqtisodiyotimizning yanada barqaror rivojlanishini ta’minlash, uni diversifikasiya va modernizasiya qilish, ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirishimiz zarur”, deb ta’kidlagan.
Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo’lga kiritilayotgan yuksak natijalar, eng avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq, ishlab chiqarish , servis va xizmat ko’rsatishni yo’lga qo’yilishi, buning ta’sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va ko’rsatilayotgan xizmat turlarining ko’payib, sifatining tubdan yaxshilanib borishi, bir so’z bilan aytganda, iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb etib borishida mustaqil taraqqiyot yo’lining to’g’ri tanlangani, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat strategiyasining har tomonlama puxta asoslangan hamda xalqimizning fidokorona mehnati eng muhim va asosiy omil bo’lib xizmat qilmoqda. Bu omillarning yagona maqsad – yurt tinchligi va ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo’lida jamiyatimizning doimo hamjihat bo’lib kelayotgani o’ta murakkab mustaqil taraqqiyot yo’lini bosib o’tishda naqadar og’ir sinovlardan muvaffaqiyatli o’tishga imkon yaratdi.
Mamlakatimizda avtomobillardan foydalanish ishini yaxshilashda texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash texnologiyasini o’rganish, TXK va T texnologik jarayonlarini tashkil qilishni takomillashtirish hamda bajaruvchilar ishini ilmiy asosda tashkil qilish muhim o’rin tutadi. Bu tashkiliy-texnik tadbirlarni hayotga tadbiq etish, avtomobil transporti sohasida erishilgan ilm-fan yutuqlari asosida amalga oshiriladi.
Avtomobillarning nosozliklarini bartaraf qilishda texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash texnologiyasi asosiy bo’g’in hisoblanadi va avtomobillarning texnik holatini zaruriy darajada ushlab turish, uning o’zgarish sabablarini o’rganish, nosozliklarni aniqlash hamda bartaraf qilish usullarini o’rganadi. Buning uchun avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi to’g’risidagi ilm xizmat qiladi. U texnik holatning o’zgarish qonuniyatlarini o’rganadi, texnik hujjatlarda keltirilgan talablarni qondiruvchi ekspluatatsiya ko’rsatkichlarining miqdoriy qiymatini va avtomobillarning ishlash qobilyatini, saqlab turish usullarini ishlab chiqadi.
Maxsus tuzilishga ega bo’lgan, bir va bir necha turdagi yuklarni tashishga mo’ljallangan, qayta jihozlangan avtomobil, tirkama yoki yarim tirkama avtomobil transportining ixtisoslashtirilgan qismi hisoblanadi.
Nizomga ko’ra, ixtisoslashtirilgan harakatdagi tarkibga ham KX, TX-1, TX-2, MX, JT va KT ishlari bajariladi. Faqatgina ularga o’rnatilgan maxsus jihozlar uchun qo’shimcha ravishda TXK va JT ishlari bajariladi.
Hozir mamlakatimizda avtomobillar o’ziag’dargichlar, yarim tirkama sisternalar esa maxsus jihozlar bilan ishlovchi shatakchi avtomobillar safi oshib bormoqda. Bu transport vositalaridan unumli foydalanish ularga TXK va JT ishlarini o’z vaqtida va sifatli bajarishga bog’liqdir. Ixtisoslashtirilgan harakatdagi tarkibgamaxsus sharoitlarda maxsus ishlarni bajarishga mo’ljallangan yakka tartibdagi avtomobillar va avtopoyezdlar, o’ziag’dargich avtomobillar, uzun bazali avtopoyezdlar, avtofurgonlar, avtosisternalar va boshqa turdagi maxsuslashgan avtomobillar kiradi.
Bu turdagi avtomobillarga TXK va T tizimi me’yorlar va nizomlarni o’zaro bog’langan majmuasi bilan tartibga solinadi. Bu majmua avtomobil parki ish qobilyatini ta’minlashga qaratilgan ishlarning me’yorlarini, tarkibini, tashkil etilishini va tartibini belgilab beradi.
TXK va ta’mir tizimiga quyidagi asosiy talablar qo’yiladi:

  1. Avtomobil parkining ekspluatatsiya ishonchliligining berilgan darajasini oqilona moddiy va mehnat sarfi bilan ta’minlash.

  2. Resurslarni tejash va tabiatni asrash, yo’l xavfsizligini ta’minlash.

  3. Quidagilarga imkon beradigan rejalar va me’yorlar bo’lishi:

  • Avtomobillarning ish qobilyatini ta’minlash uchun zarur resurslar va ish dasturini aniqlash va xisoblash;

  • MTXning barcha darajalarida TXK va ta’mirni rejalashtirish va tashkil qilish;

  • korxona ichidagi va ular orasidagi xo’jalik munosabatlarini me’yoriy ta’minlash;

  1. Avtomobil transporti MTXning barcha bo’g’inlari tomonidan qaror qabul qilish va raxbarlik qilish uchun yaroqlilik, kirishimlilik va aniqlilik.

  2. Avtomobillarning ekspluatatsiya sharoiti, konstruksiyasi va ishonchliligini o’zgarishini, shuningdek xo’jalik mexanizmini xisobga oluvchimuayyan me’yorlarning moslashuvchanligi va asosiy tamoyillarning barqarorligi .

  3. Avtomobillarning har xil ekspluatatsiya sharoitlarini hisobga olish.

  4. Me`yorlar yordamida avtomobilning ekspluatatsiya ishonchliligini va sifat ko`rsatkichlarini xolis baholash va belgilash. Bu esa , buyumlarni solishtirish, ishlab chiqaruvchilarga talablar qo`yish va avtomobil konstruksiyasi va ATEni takomillashtirishning asosiy yo`nalishlarini aniqlash imkonini beradi.

Hozirgi vaqtgacha MDX da ishlab chiqarilgan va chiqarilayotgan avtomobillarga TXK va ularni JT reja asosida bajarilib kelgan va bajariladi, bu o'z navbatida TXK va JT tizimini tashkil etgan holda, bir-biriga bog'liq bo'lgan Nizom va me'yorlar, hamda TXK va JT ishlarining tartibini aniqlab beradi.Ko'pgina mamlakatlarda avtomobil transportiga TXK va JT ning rejaviyogohlantiruvchi tizimi qabul qilingan bo'lib, unga quyidagi talablar qo'yiladi:
a) moddiy va ishlash harajatlarini kam sarflagan holda avtomobillarni ekspluatatsion xususiyatlarini saqlab turish;
b) TXK va JT ni rejalay va tashkil eta oluvchi rejaviy-me'yoriy xarakterga ega bo'lishi;
v) barcha avtomobil ekspluatatsiyasi korxonalari uchun majburiyligi;
g) barcha muxandis-texnik hodimlar uchun konkret va anglash mumkinligi;
d) ishlash sharoitiga qarab konkret me'yorlarni bir maromdaligiva egiluvchanligi;

e) avtomobillarni har xil sharoitda ekspluatatsiyasini hisobga oluvchanligi.


TXK va JT ishlarini tashkil etish va uning me'yoriy asoslari "O'zbekiston
Respublikasi avtomobil transporti harakatdagi tarkibiga TXK va T to'g'risida Nizom" bo'yicha bajariladi.
Xarakatdagi tarkibga TXK va T to'g'risidagi NIZOM asosiy xujjat hisoblanib, unga asosan barcha ishlar rejalashtiriladi va tashkil etiladi hamda, qo'shimcha me'yoriy texnologik xujjatlar ishlab chiqiladi.
Nizom ikki qismdan iborat:
1-qism: harakatdagi qismga TXK va JT asoslaridan iborat bo'lib, u tizim va texnik msiyosatni aniqlaydi. Bunda TXK va JT ning turlari, boshlang'ich me'yoriy ko'rsatgichlar, ekspluatatsiya sharoitlari va korrektirovka turlari, TXK va JT ni tashkil etish usullari va bajariladigan operatsiyalarning nomlari keltirilgan,
2- qismda: har bir turdagi avtomobillar uchun alohida me'yoriy ko'rsatgichlar keltirilgan.
“ Avtomobil transporti harakatdagi tarkibiga TXK va T to'g'risidagi Nizom"ga ko’ra , harakatdagi tarkibga TXK ishlari bajarilish davri va mehnat hajmiga ko’ra quidagi turlarga bo’linadi:
-kundalik xizmat ko’rsatish - KX
-birinchi texnik xizmat ko’rsatish - 1- TX
-ikkinchi texnik xizmat ko’rsatish - 2- TX
-mavsumiy texnik xizmat ko’rsatish MX
KX ishlari harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan nazorat, tashqi ko’rinishni tegishlicha tozalash, yonilg’I quyish , moy va sovitish suyuqliklarini me’yorga keltirish, maxsus avtomobillarning kuzovlariga sanitariya qoidalariga ko’ra ishlov berishdan iborat bo’lib, bu ishlar harakatdagi tarkib safardan qaytgach bajariladi.
1 va 2 – TX ning asosiy vazifasi avtomobil detallarining yeyilishi jadalligini pasaytirishdan iborat bo’lib unga diagnostikalash, mahkamlash , sozlash va harakat xavfsizligi bilan bog’liq ishlar (25476-91 sonli davlat standarti . Avtotransport vositalari, harakat xavfsizligi shartlari bo’yicha texnik xolati talablarga muvofiq olib boriladi ), yonilg’i-energetika resurslarini tejab sarfllash, atrof muhitni muhofaza qilish, buzilish va nosozliklarni aniqlash va oldini olish, ularni o’z vaqtida bartaraf etish ishlarini o’z ichiga oladi. Shu jumladan , asosan tozalash , yuvish, quritish, tekshiruv diagnoz qilish, qotirsh, sozlash, elektro texnik, shina, akkumulyator, moylash va agregat, xexanizmlardagi moylarni meyoriga keltirish va almashtirish ishlari bajariladi.
MX yiliga ikki marta o’tqaziladi va yilning sovuq hamda issiq vaqtida harakatdagi tarkibni ishlatishga tayyorlash ishlaridan iborat. Bizning sharoitda MX ni 2-TX bilan birga o’tqazish va ishni 50% ga oshirish tafsiya etiladi.
Tamirlash ishlari o’zining xarakteri va yo’nalishi bo’yicha qayta tiklash (QT) va joriy tamirlash (JT) kabi turlarga bo’linadi.
QT ishlash qobilyatini yo’qotgan avtomobil va uning agregatlarini keying qayta tiklash yoki safdan chiqgunga qadar buzilmasdan ishlashini taminlash uchun xizmat qiladi. Avtomobillarni yoki uning agregatini qayta tiklashda bo’laklarga ajratish, tiklash va detallarni almashtirib qayta yig’ish, sozlash va sinash ishlari bajariladi. Avtomobil yoki agregat QT ga, uning o’zak va asosiy detallari tamirtalab bo’lgan yoxud meyoriy yo’lni bosib o’tgan xolda, ish samaradorligi talab darajasida pasayib ketgan taqdirda jo’natiladi.
JT ishlari avtomobil va uning agregatlarida ekspuluatatsiya jarayonida paydo bo’lgan buzulishlarni, nosozliklarni bartaraf etish va qayta tiklashgacha bo’lgan meyoriy davrni bosib o’tishini taminlash uchun bajariladi.
Avtomobillarni JT ning eng asosiy maqsadi quydagilardan iborat:
-avtomobilning ishonchligini oshirish ;
-JT tannarxini kamaytirish, yani JT dan keyingi ishdan majburan qaytib kelishni kamaytirish.
Avtomobillarni JT ularni ishlab chiqarish, QT va TXK sifatiga bog’liqdir bajarilish joyi va ish xarakteri bo’yicha joriy tamirlash postlarida va ustaxonalarda bajariladigan ish turlariga bo’linadi.
Postda bajariladigan ishlarga: tekshiruv-nazorat, sozlash, qotirish, ajratish-yig’ish kabi ishlar kiradi.
Ustaxonalarda agregat, elektr jihozlari, taminot tizimi, akkumulyator, shina tamirlash, kamera yamash, qoplamachilik, kuzov ishlari, payvandlash, misgarlik, temirchilik, bo’yoqchilik va boshqa turdagi TXK hamda tamirlash ishlari bajariladi.
Jahonda avtomobillar ishlab chiqarilib,ulardan transport vositalari sifatida foydalana boshlagan davrdan boshlab (XX asr boshlari) avtomobillarning texnik holatini doimiy tiklab borish ehtiyoji yuzaga keldi. CHunki avtomobil insonlarga xizmat qilishi uchun texnik jihatdan soz, ishonchli bo‘lishi va harakatlanganda xavfsizlikni ta’minlashi kerak edi. Buning uchun ularga muntazam texnik xizmat ko‘rsatish va ishdan chiqqan detallari va qismlarining ishlash qobiliyatini tiklash yoki almashtirish (ta’mirlash) ishlarini bajarish talab etilgan.
Jahon avtomobil transporti amaliyotida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish (TXK) va ularni ta’mirlashda quyidagi usullardan foydalanilaniladi:
- avtotransport egalari (korxonalar, tashkilotlar, fuqaro-lar) o‘z avtomobillariga xizmat ko‘rsatishni o‘zlari tashkil etadilar;
- TXK va ta’mirlashga ixtisoslashgan maxsus servis korxonalar xizmatidan foydalaniladilar;
- avtotransport egalari texnik xizmatning ba’zi oddiy va engil ishlarini (avtomobillarni yuvish, tozalash, bo‘shagan joylarini qotirish, ayrim detallarini almashtirish, va h.k) o‘zlari bajaradilar, murakkab ishlarni bajarish uchun esa (agregat, detallar, kuzovlar, tizimlar va h.k larni ta’mirlash, sozlash, almashtirish va h.k) maxsus xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan servis korxonalar xizmatidan foydalaniladilar.
Servis inglizcha “servise” so‘zidan olingan bo‘lib, turli hol-dagi xizmat ko‘rsatish (shu jumladan, avtomobillarga ham texnik xizmat ko‘rsatish) ma’nosini bildiradi [13]. Xizmatlar servis usulida bajarilishi uchun u quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi shart:

  • hammabopligi, ya’ni xizmatlardan barcha turdagi mijozlar fodalanaolishlari, shu bilan birga ular o‘zlari istagan korxona xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega ekanligi;

  • bajarilgan xizmatlar sifati davlat qonunlari va soha standartlari asosida kafolatlanishi;

  • xizmat ko‘rsatishlar bozor munosabatlariga asoslanganligi, unda mijozlarni jalb qilish uchun raqobat mavjudligi;

  • almashtirilgan ehtiyot qismlar ishonchli ekanligi (sertifikatlanganligi);

  • xizmatlardan foydalanishning qulayligi, mijozlarni o‘ziga jalb qila oladigan xususiyatlarga ega ekanligi.

Avtoservis xizmatining asosiy vazifasi mamlakatlardagi avtomobil transportini, qaysi mulk shaklida bo‘lishidan kat’i nazar, beto‘xtov, xavfsiz, tejamkor va ishonchli ishlashini ta’minlashdir.
Avtoservisning O‘zbekistonda rivojlanish tarixini quyidagi davrlarga bo‘lish mumkin:
Birinchi davr (1965-70 yillar) - bu davrda avtoservis mustaqil xizmat ko‘rsatish sohasi sifatida davlat tomonidan tan olindi, o‘z faoliyatini rasmiy ravishda boshladi.
Ikkinchi davr(1971-81 yillar) - avtoservisning rivojlanishi respublika aholisi avtomobil parkini keskin o‘sib borishi bilan birga kuzatildi. Bu davrda respublika avtoservisi butunlay yangi, firma usulida xizmat ko‘rsatuvchi “AvtoVAZTexXizmat” va “KAMAZTexXizmat”lar kelib qo’shildi. Avtoservisning moddiy-texnika bazasi jiddiy ravishda mustahkamlandi.
Uchinchi davr (1981-90 yillarda) – avtoservisning rivojlanishi korxona tarmoqlari va tarkibining yanada o‘sishi, ularning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlanishi bilan belgilanadi. Avtoservis korxonalari tarmoqlarining o‘sishi, eng avvalo, avtomobil zavodlariga qarashli firma usulida xizmat ko‘rsatuvchi “AvtoVAZ”, “AZLK”, ”AvtoZAZ”, “AvtoGAZ” va boshqa shirkat shaklidagi mustaqil servis korxonalarining tashkil qilinishi va ishga tushirilishi bilan bog‘liqdir.
To‘rtinchi davr (1991-96 yillar) - avtoservisning rivojlanishida, butun MDH dagi siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy tanazzul sababli turg‘unlik, hatto chekinishlar yuz berdi. Ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi keskin kamaydi, ko‘pgina korxonalar, ayniqsa, shirkat usulida tashkil bo‘lganlari yopildi. Muxandis-texnik xodimlar, mutaxassislar va ishchilarning anchagina qismi boshqa ishlarga o‘tib ketishdi. CHunki mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy ahvoli juda murakkab tanazzul holda edi.
Beshinchi davr (1996-2000 yillar) – mamlakatda iqtisodiy-islohotlar o‘tkazilishi sababli, sohada o‘sishning yana boshlanishi, xizmat turlari va hajmining sezilarli o‘sishi, ishlab-chiqarish texnika bazasini yanada mustahkamlanishi, avtoservis korxonalari tarmoqlari va tarkibining yana kengayishi va o‘sishi, kichik va o‘rta biznes shaklida ishlovchi ko‘plab xususiy avtoservis korxona-lari, avtoustaxonalar, texnik xizmat ko‘rsatuvchi postlarning keskin ko‘payishi, mamlakatimizda avtomobilsozlik sanoatini ishga tushishi (“UzDEUAvto” va “SamKochAvto” korporatsiyalari) hamda ular tomonidan qayta qurilgan avtomarkazlar va diler stansiyalarning ishga tushishi, sohada avtoservis bozori va unda raqobatni paydo bo‘lishi bilan ajralib turadi.

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish