Sun`iy yorug`lantirishni hisoblash.
Ishlab chiqarish xonalarida sun’iy yoritish ish joyini yetarlicha yoritish kerak; yorug’lik bir tekisda taqsimlanishi ya’ni ayrim uchastkalarning yorug’ligi bir – biridan keskin farq qilmasligi lozim. Sun’iy yoritish umumiy, mahalliy hamda kombinatsiyalashtirilgan bo’lishi mumkin.
Umumiy yoritish qurilmalarining yoritgichlari tekis qatorlarga joylashtiriladi. Kombinatsiyalashtirilgan yoritish usulini o’lchash asboblaridan foydalaniladigan uchastkalarda: defektovkalash, slesarlik – mexanikaviy va boshqa uchastkalarda qo’llanish tavsiya etiladi.
Ishlab chiqarish xonasini yoritish uchun zarur bo’ladigan lampochkalarning sonini ikki usul bilan aaniqlash mumkin.
Birinchi usul. Dastlab, yoritish nagrizkasi ( umumiy quvvati ) aniqlanadi. Buning yoritiladigan 1 m2 yuzaga quvvatning solishtirma sarfi 1 w normassidan foydalaniladi:
Po = Psol S (33)
bunda Psol – 1 m2 yuzaga quvvatning solishtirma sarfi quyidagi jadvaldan tanlanadi.
S – yoritiladigan xonaning yuzi, m2
Yoritish uchun zarur bo’lgan umumiy quvvat va bitta lampochkaning quvvati malum bo’lganda lampochkalarning zarar soni quyidagicha aniqlanadi:
N = Pum / Pl (34)
bunda Pum – xonani yaritish uchun kerak bo’ladigan umumiy quvvat;
Pl – bitta lampochkaning quvvati.
Ustaxonaning ishlab chiqarish bo’limlarida quvvatning solishtirma
sarfi va yorug’likning taxminiy normalari
Ustaxonaning ishlab chiqarish bo’limlari
|
1 m2 yuzaga to’g’ri keladigan solishtirma quvvat, w
|
Cho’g’lanma lampolar ishlatilganda yo’l qo’yiladigan eng kam yorug’lik, lk
|
Qismlarga ajratish
Yuvish
Mexanikalik uchastkasi
Temirchilik
Payvandlash
Bo’yash uchastkasi
|
7 – 8
6 – 8
6 – 9
6 – 7
6 – 9
12 - 14
|
40
20
75
50
50
100
|
Ikkinchi usul. Modernizatsiyalashgan ishlab chiqarish bo`limida kombinatsiyalashgan yoritish tizimi e’tiborga olingan. Tavsiya etilayotgan umumiy yorug`lantirish 300 LK-ga teng.Svetilnikni (yoritqichni) osish o`rnatish balandligini hisoblashda -rasmdan foydalanamiz.
3.2 – rasm. Yoritkichlarni o`rnatish balandligini hisoblash sxemasi.
Yoritkichni o`rnatish balandligi quydagi fo’rmula yordamida aniqlanadi:
(35)
bu yerda: H = 8,4m –xonaning balandligi, hc = 1,2m; hp = 1,2 m.
formula bo`yicha topamiz: Hn = 8,4- (1,2+1,2) = 6 m.
«Universal» yoritkich markazlari oralig`idagi masofani 3 m ga teng qabul qilamiz. Yoritkichlar kvadrat tepalari bo`yicha simmetrik joylashganda ular soni:
dona
Xar bir lampadan (berilgan lampalar sonida) tarqalayotgan yorug`lik
oqimini Fl (lm) hisoblaymiz:
(36)
bu yerda: K=14 -zaxiralik koeffitsienti;
η=0,45 – yorug`lik oqimini ishlatish koeffitsienti;
e=0,65 –notekislik koeffitsienti.
U holda
Fl= 1,4 × 220 × 300/ (25 × 0,45 × 0,65) = 12600 lm
NG turidagi lampani qabul qilamiz, uning quvvati 18,75 kVt. Lampalarning jami quvvati 18,75 kVt – ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |