5.2. MTU da asbob-uskunalar bilan ishlash xavfsizlik texnikalari.
Mehnatni muhofaza qilish, ishchilar xavfsizligini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar tizimi asosan uchta muammolarni qamrab oladi: sanitariya, kasbiy xavf-xatarlar bilan Shug'ullanish; kasb-hunar tan jarohatlari bilan kurashish choralarini ishlab chiqadigan mehnatni texnik jihatdan himoya qilish yoki xavfsizlik texnikasi; mehnat qonunchiligini davlat tomonidan tartibga solish doirasida mehnatni muhofaza qilishning umumiy, huquqiy va umumiy masalalari.
Fermer xo'jaliklarini ta'mirlash ustaxonalarida va mehnatni muhofaza qilish mas'uliyati ustaxonaga tayinlanadi. Ta'mirlash ustaxonasida ishlash sharoitlarini har tomonlama yaxshilash, texnik xizmat ko'rsatish holatini kuzatish, ishlarni mexanizatsiyalashtirish va zamonaviy xavfsizlik vositalarini joriy etish, normal sanitariya-gigiyenik ish sharoitlarini ta'minlashi kerak.
Ish joyini to'g'ri tashkil etish yuqori mahsuldorlik va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta'minlashning asosiy shartlaridan biridir.
Metallarni payvandlashda, qoplashda, qirqish va kavsharlash ishlarini bajarishda elektr toki, yonuvchi gazlar, kislorod va kislota eritmalaridan foydalanilganda xavfsizlik texnikasi va atmosferani muxofaza etish masalalariga oid qoidalarni bilish muhim ahamiyatga ega. Aks holda kutilmagan baxtsiz hodisalar ro`y berishi mumkin.
Masalan, elektr yoyi yordamida payvandlashda tok urishi, yoydan tarqalayotgan ultrabinafsha, infraqizil nurlar ko`zni qamashtirishi, suyuq metal tomchilari terini kuydirishi mumkin. Gaz alangasida payvandlashda esa nurlar ta`sirida ko`z zararlanishi, generator gaz ballonlarining portlashi, gazlar bilan zararlanish hollari yuz berishi mumkin. Har bir tsex, uchastkalarda xavfsizlik texnikasi masalalariga oid tegishli instruktsiyalar bo`ladi. Bu instruktsiyalarda qayd etilgan shartlarni ishchi bajarishi shart.Shu sababli bularning ayrimlarini eslatib o`tamiz.
Metallarni elektr yordamida payvandlashda tok ta`sirida bo`ladigan payvandlash stoli mis sim bilan yaxshilab yerga tutashtirilishi, elektrod dastasi izolyatsiyalanishi, payvandchi korjoma kiyib, qora ko`zoynak taqib yoki shlem kiyib, rezina gilamchada yoki quruq taxtada turib ishlashi kerak. Agar qandaydir sabablarga ko`ra payvandchini tok urib hushidan ketsa, darhol qurilmani elektr tarmovdan uzib vrachni chaqirish va ishchi o`ziga kelguncha su`niy nafas oldirish kerak.
Gaz yordamida payvandlash va qirqishda generator hamda gorelkalarni toza tutish, shlanglarda teshiklar bulmasligi, payvandlash postida atsetilen gazi yig`ilmasligi, neftg’ mahsulotlari quyilgan idishlar payvandlash va kavsharlashdan oldin yaxshilab tozalanishi lozim. Bosim ostidagi idishlarni payvandlamaslik, payvandlash xonasida oson o`t oluvchi benzin, kerosin,, atseton va boshqalar bo`lmasligi, xona gaz va changdan tozalab turilishi, ventilyator ishlab turishi va boshqalarga qathiy ahamiyat berish darkor.
Yeyilgan detallarni kontakt payvandlash usulida qayta tiklash qurilmasi elektr payvandlash jixozlari tarkibiga kirgani uchun birinchi navbatda istehmolchilar uchun elektr qurilmalaridan foydalanish, yong`in va xavfsizlik texnikasi qoidalariga qathiy amal qilish talab etiladi. Shu bilan birga remont korxonalari uchun ishlab chiqilgan «Remont korxonalarida xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariya qoidalari»ga amal kilinadi.
Kontakt payvandlash qurilmasiga texnik xizmat ko`rsatish vaqtida yuqoridagi qoidalar bilan bir qatorda uni ishlab chiqargan zavod tomonidan ishlab chiqilgan qurilmadan foydalanish va texnik xizmat ko`rsatish vaqtida amal qilinadigan qoidalarni ham bajarish talab etiladi.
Qurilmani tarmoqqa ulash va uzish ishlari, hamda qurilmadan foydalanish vaqtida, uning ishga yaroqli holatini nazorat qilib turish ishlari elektrotexnik ma`lumotga ega bo`lgan xodim tomonidan amalga oshiriladi.
Qurilmani ishga tushirishdan oldin uni tashqi nazoratdan o`tkaziladi. Bunda elektr kabeli va o`tkazgich simlarini ulanish kontaktlarining mustaxkamligiga, himoyaviy yerga ulanganligiga, o`tkazgich simlari izolyatsiyasining butunligiga, himoya vositalarining borligi va ularni ishga yaroqliligiga alohida ehtibor beriladi. Nosozliklar aniqlanganda qurilmani ishga tushirish ta`qiqlanadi.
Qurilmaning jarohatlanishga olib kelishi mumkin bo`lgan aylanuvchi qismlariga himoya to`siqlari o`rnatilishi shart. Qurilmaning o`zi, elektr shkafi, payvandlash transformatorining tashqi himoya qobig`i, elektr energiyasini qurilmaga ulab-uzish qulfi ishonchli holda himoyaviy yerga ulangan bo`lishi kerak.
Kontakt payvandlash qurilmasida ishlashga xavfsizlik texnikasining II malaka guruxiga kiruvchi payvandchilarga ruxsat beriladi. Kontakt payvandlash qurilmasida ishlaydigan payvandchi maxsus kiyim-bosh bilan ta`minlangan bo`lishi kerak. Ko`zni asrash uchun payvandchi xiralashtirilgan maxsus ko`zoynak taqishi kerak. Payvandchining ish joyi havo tozalagich yoki havo so`rgich bilan jihozlanadi.
Kuchlanish ostida turgan qurilmaga texnik xizmat ko`rsatish tahqiqlanadi. Yeyilgan detallarni kontakt payvandlash usulida qayta tiklash maydoni xududida yong`inga havfli (benzin, spirt, atseton, laklash-moylash materiallari kabi) materiallar saqlashga yo`l qo`yilmaydi.
Ishni tugatishdan avval ish joyi qat`iy nazoratdan o`tkazilib yong`in chiqishi mumkin bo`lgan barcha sabablar bartaraf etiladi. Payvandlash ishlariga bu ishlarni bajarish yuzasidan imtixon topshirgan va guvoxnoma olgan kishilargina kuyiladi.
CHarxtoshni stanokka o`rnatish va uni aylantirishdan oldin charxtoshni urib ko`rib va lupa orqali ko`rib, unda yoriqlar yo`qligiga ishonch hosil qilish kerak. Abraziv charxtosh gupchagi bilan yig`ilgan holida UBS stanogida muvozanatlanishi zarur.
Dastgoxga o`rnatilgan charxtoshni ishlatib ko`rib, mustahkamligi tekshirilgan bo`lishi zarur. Bunda charxtoshning aylanish tekisligi oldida turish man etiladi.
Dastgoxni yurgizib yuborishdan oldin valni qo`lda aylantirib uni abraziv charxtoshga tegmayotganligiga ishonch hosil qilish kerak.
Jilvirlashdan oldin dastavval valni aylantiradigan dvigatelni so`ngra abraziv charxtoshni aylantiradigan dvigatelni ishga tushirish kerak.
Dastgox bilan ishlayotganda oyoq ostida yog`och materialdan to`shama bo`lishi shart.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytsa bo’ladiki yengil avtomobil kuzovini ta’mirlash uchastkasini loyihalashda zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ish sifatini oshirish hamda jozibadorligini ta’minlash. Eski jihozlarni qo’llashda qo’yiladigan kamchiliklarni kamaytirish
Do'stlaringiz bilan baham: |