Transport tizimi.Muammolarni hal qilish bo’yicha takliflar
TAQI QBF 35-20 guruh talabasi Sabitov Murotbekning “Shahar hududini injenerlik tayyorlash, rejalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish “ fanidan tayyorlagan
TAQDIMOTI
REJA: 1.Transport tizimi 2. Shahar yo‘l-transport tarmoqlarini rejalashtirish rivojlantirishning asosiy maqsadi va vazifalari - 3.Velosiped yo‘laklari va piyodalar uchun qulayliklar yaratish 4. Yo‘llarni kengaytirish 5. Xulosa
Transport tizimi – zamonaviy dunyo harakatlanish tizimining ajralmas qismidir. Bu tizimning eng asosiy elementi – insonlardir. Mavjud sharoitda insonsiz transportni tasavvur qilib bo‘lmagani kabi yo‘lovchilarni hisobga olmay turib, transport tizimini rejalashtirish ham mumkin emas. Tan olish kerak, bugun nafaqat Toshkent shahri, balki respublikamizning deyarli barcha viloyatlaridagi transport tizimining ahvoli qoniqarli emas. Ayniqsa, shaxsiy avtomobillar soni va aholi soni tobora ortib borayotgani bois transport masalasi Toshkent shahrining eng og‘riqli muammolaridan biriga aylanib ulgurdi. So‘nggi 10 yilda poytaxtda avtomobillar soni ikki baravardan ziyodroqqa oshgani, boz ustiga, jamoat transporti yo‘nalish tarmoqlari o‘tgan asrning 80-yillarida tuzilgani, ammo shu vaqtga qadar mukammal tarzda qayta ko‘rib chiqilmagani, oqibatda shahar jamoat transporti tizimida jiddiy muammolar yig‘ilib qolgani mavjud vaziyatni tobora murakkablashtirmoqda.
Shahar yo‘l-transport tarmoqlarini rejalashtirish rivojlantirishning asosiy maqsadi va vazifalari - bu shaharlardagi transport muammolari: - ko‘cha va yo‘l tarmoqlarini kuchli yuklanish bilan ishlashi; - shahar yo‘llarida transportlarni o‘tkazish qobiliyatini pasayishi; - aholini avtotransportlardan foydalanishida ko‘p vaqt sarflashi; - shahar hududida yangi yo‘llarni qurish uchun hudud muammolarini o‘rganish va tahlil etish; - shahar yo‘llari va ko‘chalari tarmog‘ini loyihalashda shahar transportining ta’siri; shahar ko‘cha va yo‘llardan suvni chetlatish tarmoqlarini loyihalash; - shahar hududiy sharoitlarini hisobga olgan xolda muhandislik yer osti tarmoqlarini loyihalash; - shahar ko‘cha va yo‘llarda xavfsiz harakatni tashkil etishdan iboratdir; -shahar ko‘cha va yo‘llarini loyihalash atrof-muhit va ekologiyaga zarar etkazmaslik.