Raqamlashtirish bo‘yicha qanday loyihalar amalga oshirildi? O‘zbekiston Respublikasi “Transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida raqamlashtirish texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi”ga asosan jami 61 ta loyiha, shundan 2020 yilda 38 ta, 2021 yilda 13 ta va 2022 yilda 26 ta loyihalarning amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Joriy yilning 1 yarim yilligida Transport va yo‘l xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish bo‘yicha quyidagi loyihalar amalga oshirilgan.
Yo‘lovchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida, joriy yil 1 yanvardan Toshkent shahri jamoat transportida (avtobus va metropoliten)avtomatlashtirilgan elektron to‘lov tizimi joriy etilishi boshlandi.
Ushbu tizim 2020 yil 1 avgustdan Nukus shahri va viloyat markazlarida 2021 yil 1 yanvardan boshlab esa respublikaning barcha hududlarida joriy etiladi.
Bugungi kunda avtobuslar 1 100 ta validator bilan ta’minlanib, 29 ta metro stansiyalarida 50 ta turniketlar o‘rnatildi. Ushbu tizim to‘lov kartalarini 51 ta metro kassalari va 50 ta shoxobchalarda sotish tashkil etilib, to‘lovni “QR kod” orqali amalga oshirish uchun “ATTO”mobil ilovasi ishga tushirildi. Temir yo‘l tashuvlaridamijozlarga xizmat ko‘rsatish shaffofligi, sifati va tezkorligini oshirish maqsadida “Yagona darcha” tamoyili asosida avtomatlashtirilgan axborot tizimi yaratilib,joriy yilning iyul oyida test rejimida ishga tushirish va bosqichma-bosqich xizmatlar turi va sifatini oshirib borish rejalashtirilgan.
Xalqaro tashuvlarni amalga oshirishda qulayliklar yaratish va shaffoflikni oshirish maqsadida, xorijiy ko‘p tomonlama ruxsatnoma blanklarini taqsimlashning avtomatlashtirilgan onlayn tizimi ishga tushirildi.
Yuk va yo‘lovchi tashish faoliyatini litsenziyalash to‘liq elektron shaklga o‘tkazildi. Bu tizim orqali tadbirkorlarning masofadan turib litsenziya olish imkoniyati yaratildi.
Hozirgi kunda Tovar-xom ashyo birjasi bilan hamkorlikda avtomobil transportida yuk tashish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha maxsus elektron savdo maydonchasi – “mytransport.uz” yagona platformasi joriy yilning avgust oyida to‘liq ishga tushiriladi.
Ushbu platformada ichki va tashqi yuk tashuvlari xizmatlarini elektron savdo maydonchasi orqali xarid qilish imkoniyati yaratiladi.
Bugungi kunga qadar yo‘lovchi chiptalarni xarid qilish har bir transport turi bo‘yicha alohida yaratilgan elektron tizimlar orqali amalga oshirilayotgan edi (avtobusda – avtoticket.uz, havo transportida – uzairways.com, temir yo‘l transportida – e-ticket.railway.uz).
Yo‘lovchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida, avtobus, temir yo‘l va havo transporti uchun chiptalarni “onlayn” xarid qilish imkonini beruvchi yagona “Uztrans” portali yaratilib, joriy yil 1 maydan test rejimida ishga tushdi, hamda hozirda uning mobil ilovasini yaratish ishlari davom ettirilmoqda.
Xalqaro, shaharlararo va ichki avtobus yo‘nalishlari uchun tender savdolarini elektron tarzda tashkil etish tizimini joriy etish.
Ushbu tizim orqali tadbirkorlar tender savdolarida masofadan ishtirok etishi hamda avtobus yo‘nalishlari taqsimlanishining shaffof va qulay mexanizmi yaratiladi.
Samarqand shahri transport tizimini kompleks rivojlantirish rejalarini modellashtirish orqali ishlab chiqish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda Avvalambor bu ishlarni master-reja asosida quyidagi asosiy vazifalarni hal etish o‘rganilmoqda:
transport vositalari va piyodalar xavfsiz, qulay va tez harakatlanishi uchun zarur sharoitlar yaratish;
avtomobil yo‘llari va yo‘l o‘tkazgich tizimlaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
transport vositalari va aholining yo‘lga sarflanadigan vaqti va mablag‘lari tejalishiga erishish;
transport vositalarining atrof muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish.
Transport xizmatlaridan foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratish va shaffoflikni oshirish maqsadida onlayn tarif kalkulyatorlari joriy qilinib, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy veb-saytida joylashtirilib, tizimdan ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga foydalanish imkoniyati yaratildi.
Buxoro va Farg‘ona aeroportlarida ro‘yxatga olish (Self-Check In) tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Mazkur tizim joriy yil avgust oyidan boshlab ishga tushirish rejalashtirilgan.
Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch aeroportlarida havodagi harakatni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimini modernizatsiyalash loyihasini joriy etish bo‘yicha barcha loyiha hujjatlari ishlab chiqilib ekspertizadan o‘tkazildi va axborot tizimini ishlab chiqish bo‘yicha shartnoma imzolandi.