Transport masalasi va uning matematik modelini tuzish Reja


Transport masalasining umumiy qo‘yilishi



Download 193,38 Kb.
bet2/4
Sana20.06.2022
Hajmi193,38 Kb.
#682199
1   2   3   4
Transport masalasining umumiy qo‘yilishi (minimal qiymat mezoni bo‘yicha) quyidagicha: A1, A2, .... An punktlarda (ta’minotchilarda) mos ravishda a1, a2, ..., an miqdorda bir xil yuklar bor. Bu yuklarga bo‘lgan extiyoji mos ravishda b1, b2, ...bm bo‘lgan V1, V2, .... Vm punktlarga (iste’molchilarga) yuklarni shunday tashish talab etiladki: natijada tashish uchun ketgan umumiy harajat minimal bo‘lishi kerak.
Ai dan Vj ga bir birlik yukni tashish harajati Sij ni tashkil etadi. Shu bilan birga yuklarni teskari tashish man etiladi, ta’minotchilarning yuklarni tula tashib ketilishi va iste’molchilarning talabi to‘la qanoatlantirilishi talab qilinadi.
Yuk tashishda qilinadigan xarajatlarni minimallashtirish optimallik mezonini ifodalaydi.
2. Masalani yopiq modeli haqida tushuncha. Masalani ochiq modeli va uni yopiq modelga keltirish yo‘llari.
O‘zgaruvchilarni quyidagicha belgilaymiz. x11-bilan, A1 ta’minotchidan V1 iste’molchiga; x12 - bilan, A1 ta’minotchidan V1 iste’molchiga; x13 - bilan, A1 ta’minotchidan V3 iste’molchiga ,..., x1n- bilan, A1 ta’minotchidan Vm iste’molchiga junatiladigan yuklar miqdori; x21 - bilan, A1 ta’minotchidan V1 iste’molchiga; x22 - bilan, A2 ta’minotchidan V2 iste’molchiga; x23 - bilan, A2 ta’minotchidan V3 iste’molchiga ,..., x2n - bilan, A2 ta’minotchidan Vm iste’molchiga junatiladigan yuklar miqdori; xm1 - bilan, An ta’minotchidan V1 iste’molchiga; xm2 - bilan, An ta’minotchidan V2 iste’molchiga; xm3 - bilan, An ta’minotchidan V3 iste’molchiga ,..., x1n - bilan, An ta’minotchidan Vm iste’molchiga junatiladigan yuklar miqdori;
Bu masalaning matematik modelini tuzish uchun o‘zgaruvchilarni, ya’ni i - ta’minotchidan j - iste’molchiga tashilishi kerak bo‘lgan yuk miqdorini xij deb belgilab olsak, u holda quyidagicha ifodalanadi: xij larning shunday qiymatlari topilsinki, natijada maqsad funksiya - tashish uchun ketgan umumiy harajat,
Zmin=s11x11+s12x12+....+s1mx1m+s21x21+s22x22+...+s2mx2m+....+sn1xn1+sn2xn2+sn3xn3+....+snmxnm .
yoki Z= sij sij min (1)
bo‘lsin va yuklarning to‘la tashilib ketilish shartini:
x11 + x12 + ... + x1m= a1
x21 + x22 + ... + x1m= a2 (2)
. . . . . . . . . . .
xn1 + xn2 + ... + xnm =an .
iste’molchilar talablarining to‘la qanoatlantirilishi shartini:
x11 + x21 + ... + xn1 = b1 ,
x12 + x22 +…+ xn2 = b2 (3)
. . . . . . . . . . . .
x1m + x2m + ...+ xnm =bn .
x ij ≥ 0 i=1,n ; j= 1,m . (4)
o‘zgaruvchilarning nomanfiylik sharti (yoki yuklarning teskari tashilmaslik sharti) ni qanoatlantirsin.
Agar a1, a2, ..., an yuklarning yig‘indisi, bu yuklarga bo‘lgan ehtiyojlari b1, b2, ...,bm ning umumiy yig‘indisiga teng bo‘lsa,
a1+ a2+ ...+ an =b1+ b2 +...+bm
yoki ai = bj (5)
bo‘lsa transport masalasi yopiq, aks holda ochiq deyiladi.
Ochiq tipdagi masalalar yopiq tipdagi masalaga soxta punkt kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Agar a1, a2, ..., an yuklarning yig‘indisi, bu yuklarga bo‘lgan ehtiyojlari b1, b2, ...,bm ning umumiy yig‘indisidan katta bo‘lsa, ya’ni:
a1+ a2+ ...+ an >b1+ b2 +...+bm
yoki ai > bj (6)
bo‘lsa modelga Vm+1 soxta qabul punkti kiritiladi, uning yuklarga bo‘lgan extiyoji:
bm+1= ai - bj (7)
va tashish harajati sim+1=0 (i=1, n), bo‘ladi.
Agar a1, a2, ..., an yuklarning yig‘indisi, bu yuklarga bo‘lgan ehtiyojlari b1, b2, ...,bm ning umumiy yig‘indisidan kichik bo‘lsa,
a1+ a2+ ...+ an < b1+ b2 +...+bm
yoki ai < bj (8)
bo‘lsa An+1 soxta jo‘natish punkti kiritilib undagi yuk miqdori,
am+1= bj - ai (9)
tashish qiymati Sn+1j = 0 (j = i, m) bo‘ladi.
Shunday qilib transport masalasi chiziqli dasturlash masalasining xususiy holi bo‘lib, u ko‘yidagi xususiyatlarga ega :
∙ chegara shartlari tenglamalar bilan ifodalaniladi;
∙ o‘zgaruvchilar oldidagi koeffisiyentlar 0 yoki 1 ga teng;
∙ har bir o‘zgaruvchi faqat ikkita tenglamada uchraydi.
3. Masalani matritsaviy modelini tuzish.
Transport masalasining matritsaviy modeli quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

j
i

B1

B2

...

Bj

...

Bn


A1

t 11
X11

t 12
X12

...


t 1j
X1j

...


t 1n
X1n


A2

t 21
X21

t 22
X22

...


t 2j
X2j

...


t 2n
X2n

...

...

...

...

...

...

...


Ai

t i1
Xi1

t i2
Xi2

...


t ij
Xij

...


t in
Xin

...

...

...

...

...

...

...



Am

tm1
Xm1

tm2
Xm2

...


tmj
Xmj

...


t mn
Xmn



Transport masalasini yechishda potensiallar usuli va uning iqtisodiy ma’nosi.
Biror usul bilan topilgan boshlang‘ich reja umuman olganda optimal reja bo‘lavermaydi, biroq usulning samarasiga qarab, optimal rejaga yaqinroq bo‘lishi mumkin. Har qanday yopiq modelli transport masalasi optimal rejaga ega ekanligini inobatga olib, optimal rejani topish usullaridan biri bo‘lgan potensiallar usulini bayon qilamiz. Bu usulda, dastlabki reja topilgandan so‘ng, har bir ta’minotchi va iste’molchiga, potensial deb ataluvchi va sonlarni mos qo‘yamiz. Bu sonlarni aniqlash uchun, jadvaldagi barcha band (yuk taqsimlangan) kataklar uchun potensiallarni aniqlovchi tenglamalar tuzamiz. Deylik, (i, j)- katak band bo‘lsin. U holda ui va vj larni shunday tanlaymizki, ularning yig‘indisi mos tarifga teng bo‘lsin:
.
Barcha ui va vj miqdorlar soni n+m ta, band kataklar soni esa n+m-1 ta bo‘lgani sababli, n+m ta noma’lumni topish uchun n+m-1 ta tenglamaga ega bo‘lamiz. Bu tenglamalardan noma’lumlarni bir qiymatli topib bo‘lmasligi tufayli, noma’lumlardan birini ixtiyoriy tanlaymiz (masalan, u1=0 deb tanlaymiz), qolgan o‘zgaruvchilar bir qiymatli aniqlanadi.
Optimallik shartini tekshirish maqsadida barcha bo‘sh (yuk taqsimlanmagan) kattaklar uchun qalbaki tarif kiritamiz:
.
So‘ngra har bir bo‘sh katak uchun shu katakka mos tarif va qalbaki tariflar farqini hisoblaymiz:
.
Qaralayotgan masala uchun o‘rinli bo‘lgan ushbu teoremani keltiraylik:
Teorema. Transport masalasida qaralayotgan reja optimal bo‘lishi uchun, barcha band kataklar uchun

bo‘lishi va barcha bo‘sh kataklar uchun

bo‘lishi zarur va etarlidir.
Bu teorema isboti ikkilanmalik nazariyasi natijalaridan kelib chiqadi.
Optimal rejani topish algoritmini davom ettiraylik. Agar optimallik sharti bajarilsa, qaralayotgan reja optimal bo‘ladi. Deylik, optimallik sharti bajarilmasin, ya’ni sonlar ichida manfiylari bor bo‘lsin. Bunday sonlarning borligi planni yanada «yaxshilash» imkoniyatini beradi. Shu maqsadda, manfiy lar ichidan eng kichigini tanlaymiz (agar yagona bo‘lsa o‘zini, eng kichigi bir nechta bo‘lsa, ulardan ixtiyoriy bittasini tanlaymiz). Tanlangan katakni qutb deb ataymiz va unga ishorasini qo‘yib, uni band kataklar safiga qo‘shamiz. Natijada, jadvaldagi band kataklar soni n+m taga yetadi va bir uchi qutbda qolgan uchlari band kataklardan iborat yagona sikl qurish mumkin bo‘ladi. So‘ngra, sikl bo‘ylab, qutbdan boshlab, qutbning barcha uchlariga soat strelkasi yo‘nalishi bo‘ylab navbat bilan va - ishorasini qo‘yib chiqamiz. Barcha - ishoraga mos keluvchi yuklarni taqqoslab, eng kichik yukni o‘lchov miqdori sifatida qabul qilib, - ishorali kataklardagi yuk miqdoridan o‘lchov miqdorini ayirib, ustun bo‘yicha, ishorali kataklardagi yukka qo‘shamiz. Natijada yangi reja hosil bo‘ladi. Yangi reja uchun yana potensiallarni aniqlab, optimallik sharti bajarilmasa, yuqoridagi tadbirlarni optimal rejani topguncha davom ettiramiz va chekli qadamdan so‘ng optimal reja topiladi.

Download 193,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish