Tomonlarning manzili va rekvizitlari
Boshqaruvchi Agent
____________________________ __________________________
____________________________ _________________________
____________________________ __________________________
Boshqaruvchi Agent
M. O‘. M. O‘.
Oldi-sotdi shartnomasi
Oldi-sotdi shartnomasi tovarlarni etkazish va u bilan birga amalga oshiriladigan xizmatlarda tijorat bitimlarining eng keng tarqalgan variantlaridan hisoblanadi.
Oldi-sotdi shartnomasiga binoan sotuvchi xarid qiluvchiga o‘tkazish, haridor esa tovarni qabul qilib olish va belgilangan summani to‘lash majburiyatini oladi.
Savdo-sotiq amaliyotida oldi-sotdi shartnomasining quyidagi turlari mavjud:
Bir martalik tashish shartnomasi– mahsulotni ma’lum vaqtda yoki ma’lum muddatda etkazib berish bo‘yicha kelishuv.
Bir martalik tashish shartnomasi qisqa yoki uzoq muddatlarda amalga oshirilishi mumkin. Qisqa muddatli etkazib berishni aniq yoki noaniq (masalan, hosil yig‘ishtirib olingandan so‘ng, navigasiya ochilgandan so‘ng va boshqalar) belgilash mumkin. Uzoq muddatli shartnomani kompleks va murakkab jihozlarni, transport vositalarini va boshqalarni etkazib berishda tuzish mumkin. Bunday shartnoma 3-5 yil muddatga tuziladi.
Davriy yetkazib berish shartnomasi– ma’lum miqdordagi yoki partiyadagi tovarni tashish shartida belgilangan muntazam davriy etkazib berishnik o‘zda tutuvchi kelishuv hisoblanadi. Qoidaga ko‘ra, bu sanoat homashyosi va yarim fabrikatlar – toshko‘mir, neft, tabiiy gaz, ruda, qog‘oz va qog‘oz mahsulatlori va boshqalar). Qisqa muddatli shartnoma – 1 yil, uzoq muddatli – 5-10 yil.
Komplekt jihozlarni yetkazib berish shartnomasi – tovarlarni bir-biridan ko‘plab farqqiluvchi, murakab tarkibli, juda ko‘p shartlar asosida komplektlab yetkazib berish bo‘yicha kelishuv.
Oldi-sotdi shartnomasini tuzuvchi tomonlar - sotuvchi va xaridor shartnomada ko‘zda tutilgan konkret majburiyatlarni o‘z zimmalariga oladilar.
Sotuvchining asosiy majburiyatlari:
Tovarni etkazib berish;
Tovarga tegishli hujjatlarni berish.
Xaridorning asosiy majburiyatlari:
Tovarning narhini to‘lash;
Etkazib berilgan tovarni qabul qilib olish.
Sotuvchi va haridor bilishi zarur bo‘lgan umumiy qoidalar:
Zararlarni aniqlash va tomonlarning biri yo‘l qo‘yilgan xatoni qoplash.
Har xil yig‘imlar, soliqlar va to‘lovlarni to‘lash tartibi;
To‘lov muddatini cho‘zish, shuningdek, boshqa intizom buzilishi bo‘yicha jarima to‘lash.
Transport va valyuta tavakkalchiligi.
Mas’uliyatdan ozod qilish tamoyillari.
Muddatidan ilgari shartnomani bekor qilish tartibi.
Do'stlaringiz bilan baham: |