Engib bo‘lmas kuch ta’siri Tomonlar shartnomada ko‘o’rsatilgan majburiyatlarni O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga mos ravishda vujudga kelgan engib bo‘lmaydigan kuch ta’sirida bajarmaganligi yoki qisman bajarmaganligi uchun javobgarlikdan ozod bo‘ladilar.
Engib bo‘lmaydigan kuch ta’sirida shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarish imkoniyatidan mosuvo bo‘lgan tomon ____ kun ichida darhol ikkinchi tomonni ushbu engib bo‘lmaydigan kuch borligini isbotlovchi dalil bilan ogohlantirishi shart.
YUqorida ko‘rsatilgan holatlarni isbotlovchi hujjatlar kompetent davlat idoralari yoki organlari tomonidan beriladi. Engib bo‘lmaydigan kuch vaziyati haqida ogohlantirmaslik yoki kech ogohlantirish engib bo‘lmaydigan kuch vaziyatiga vaj ko‘rsatish huquqini yo‘qotilishiga olib keladi.
Tomonlarning javobgarligi va boshqa sharoitlar SHartnoma u imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va “___” ________ 202__ yilgacha amal qiladi.
Tomonlar kommersiya siri hisoblangan bir tomonning ikkinchi tomonga etkazgan va ushbu shartnomani bajarish uchun zarur bo’lgan barcha axborotni, shuningdek tovarlar qiymati, ularni sotib olish va jo’natish yo‘llari haqidagi axborotlarni tarqalmasligi uchun javobgardirlar.
Bir tomon uchun kommersiya siri hisoblangan axborotni tarqatgan tomon unga zararni qoplab berishi shart.
SHartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarmaganlik yoki qisman bajarmaganlik uchun tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga mos ravishda javobgarlikka tortiladilar.
SHartnoma bo‘yicha barcha bahslar va kelishmovchiliklarni tomonlar muzokara yo‘li bilan hal qilishga intilishlari kerak.
SHartnoma bo‘yicha bahs va kelishmovchiliklarni muzokara yo’li bilan hal qilish imkoni bo‘lmasa, amaldagi qonunchilikka ko‘ra hal qilinishi uchun sudga oshiriladi.
SHartnoma imzolangach, uning yuzasidan olib borilgan barcha muzokaralar, yozishmalar, dastlabki kelishuvlar va u yoki bu tomonlama shartnoma predmetiga taa’lluqli bo‘lgan protokollar o‘zining huquqiy kuchini yo‘qotadi.
SHartnoma har bir tomon uchun bittadan bir xil huquqiy kuchga ega bo‘lgan ikki nushada tayyorlangan.
SHartnomada ko‘rsatilmagan boshqa barcha harakatlarni tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi fuqarolik qonunchiligiga asoslangan holda amalga oshiriladi.