Aylantiruvchimomentlar tenzorezistorlar, pezoelektrik, elektromagnit, optoelektron, elektrostatik va boshqa o'zgartkichlar yordamida o'lchanadi. Momentni o'lchashda qo'llaniladigan vositalarni quyidagi ikkita guruhga ajratish mumkin: aylantiruvchi momentni boshqa kattalikka o'zgartiruvchi o'lchash vositalari va aylantiruvchi moment ta'sirida hosil bo'lgan buralish burchagini o'lchovchi vositalar.
Aylantiruvchi momentlarni o'lchashda ko'pincha elastik elementlardan foydalaniladi. Elastik elementlarda moment ta'sirida hosil qilingan burchak siljishi datchiklar yordamida elektr kattalikka o'zgartiriladi.
Aylanuvchi vallarda yuzaga keladigan momentlarni o'lchashda valga elektr energiya manbaini uzatish va undan momentga proporsional bo'lgan signalni kontaktlar yordamida olish ma'lum bir qiyinchiliklar tug'diradi hamda o'lchash o'zgartkichi ishlash ishonchliligini pasaytiradi. Bunday xollarda aylantiruvchi valda hosil bo'ladigan momentni kontaktsiz o'lchash vositalaridan foydalanish qulay hisoblanadi. Bunday o'zgartkichlarga fotoelektrik, qo'zg'almas chulg'amli induktiv, sig'im va fazoimpulsli o'zgartkichlar kiradi. Masalan, aylanuvchi momentni o'lchovchi fotoelektrik o'zgartkich (4.29 - rasm) valda o'rnatilgan ikkita 2 va 3 disklar, qo'zg'almas yorug'lik manbai 4 va fotoelement 5 dan tashkil topgan bo'lib, disklarda radial tirqishlar o'yilgan hamda ulardan yorug'lik o'tib, fotoelementga tushib turadi. Aylantiruvchi moment nolga teng bo'lganda disklardagi tirqishlar bir- biriga mos joylashgan bo'lib nur manbadan fotoelementga to'liq tushib turadi. Valda aylantiruvchi moment paydo bo'lganda disklar tirqishlari bir-biriga nisbatan ma'lum burchakka siljiydi va fotoelementga tushayotgan nurlarning o'rtacha yoritilganligi kamayadi. Fotoelement chiqishidagi kuchlanish aylantiruvchi momentga proporsional o'zgaradi. Mexanizm va agregatlar vallarida yuzaga keladigan aylantiruvchi momentlarni o'lchashda tenzorezistorlar keng qo'llaniladi. Bunda ular val yuzasiga moment ta'sir etayotgan yo'nalishi bo'ylab yelimlanadi. Ko'pincha valga to'rtta tenzorezistor yelimlanib ular ko'prik sxemasi bo'yia ulanadi va o'zgarmas tok manbaidan ta'minlanadi. O'lchash jarayonida kontakt qurilmalardan foydalanish o'lchash ishonchliligini pasaytirib yuboradi.
Aylantiruvchi momentni kontaktsiz o'lchashda elektrostatik o'zgartkichlardan foydalanish mumkin.