Olingan natija bo’yicha xulosa beriladi.
LABORATORIYA IShI № 10
МОТОР MOYLARINING ALANGALANISH XARORATINI ANIQLASH.
10.1 Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad:
Moylarning fizik va kimyoviy xossalarini aniqlash yo’llari bilan tanishish.
GOST bo’yicha moylarni asosiy markalarni o’rganish.
Moylarni sifatini baholash va ishlatish sharoitini belgilash.
10.2. Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli asboblar va jixozlar:
1) Silindrlar va probirkalar;
2) Moylarning alangalanish haroratini aniqlash asbobi;
3).Viskozimetr
Topshiriq: Berilgan moy namunasini tekshirib uning markasini va turini aniqlash, olingan ko’rsatkichlarini GOST talablari bilan solishtirish va tekshirilgan moy namunasi qanday sharoitlarda ishlatish mumkinligini ko’rsatish.
Moylarning alangalanish xaroratini aniqlash.
1.Moylarning alangalanish haroratini ochiq tigelda aniqlash usuli.
Ishni bajarish tartibi:
1. Ichki tigel benzin bilan yuvilib gazli yondirgichda isitilib sovitiladi va qizdirilgan qum bilan to’ldirilgan tashqi tigelga qo’yiladi. Bunda qum ichki tigel qirrasidan 12 mm balandlikda bo’lsin. Ichki tigel tagi bilan tashqi tigel orasida 5-8 mm qalinlikda qum bo’lishi kerak (10.1-rasm ).
2. Sinalayotgan moy ichki tigelga shunday quyiladiki, bunda moy sathi ichki tigel qirrasidan 12 mm pastda bo’lishi kerak. Quyishda ichki tigel devorlariga sachratish va kerakli sathdan ko’proq quyish ruhsat etilmaydi.
3. Tigel shtativ xalqasiga o’rnatiladi va ichki tigelga termometr qo’yiladi. Termometr tigel markasida vertikal xolatda shtativga maxkamlanib qo’yiladi. Uning simobli uchi tigel tagidan va moy sathidan ham deyarli bir xil joyda turishi kerak.
10.1- rasm. Moylarning alangalanish haroratini ochiq tigelda aniqlash asbobi
4. Sinalayotgan moy solingandan so’ng uni gaz yondirgichi bilan shunday qizdirilishi kerakki, bunda oldin moy harorati 1 daqiqada 100C ko’tarilsin. Alangalanish harorati 400C ga yetgandan so’ng, xar bir daqiqada 40C ko’tarilib borilsin.
5. Kutilayotgan alangalanish haroratiga 10 0C qolganda tigel qirrasidan moy sathidan 10-14 mm balandlikka yondirish qurilmasi bilan alanga olib o’tiladi. Alanga balandligi 4 mm bo’lishi kerak va alangali tigelni bir tarafi bilan ikkinchi tarafiga 2-3 sekund oralig’ida xarakatlantirish kerak.
6. Bunday sinov har 2 0C ko’tarilganda bajarilishi kerak. Yuzasi ustida darxol yo’q bo’ladigan alanga paydo bo’lgan harorat termometrdan yozib olinadi va moyning alangalanish harorati deb qabul qilinadi.
7. Sinalgan moyning alangalanish harorati standart ga mosligi tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |