Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari


Yukni jo‘natishga buyurtmani rasmiylashtirish



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/75
Sana18.12.2022
Hajmi0,68 Mb.
#890799
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   75
Bog'liq
logistika

Yukni jo‘natishga buyurtmani rasmiylashtirish
Muntazam shaharlararo liniyalarda yuklarni tashishning yuk egalariga
xizmat ko‘rsatishning yuqori sifatini ta’minlaydigan (yuklarni eng kichik transport
xarajatlari bilan kafolatlangan muddatlarda etkazib berish va tashiladigan
yuklarning to‘liq saqlanishini ta’minlash, shuningdek harakatlanuvchi sostavda joy
bron qilish) progressiq texnologiyalari qo‘llaniladi.
Bir jinsli yuk partiyasining butun hajmi transport vositasining yuk ko‘tarish
quvvati yoki yuk sig‘diruvchanligiga ekvivalent bo‘lgan hollarda yukning konkret
partiyasini konkret transport vositasining konkret yukxonasida tashish uchun
jo‘natmaga buyurtmani rasmiylashtirish ("bukirovka qilish", "birkitish", "bron
qilish") operatsiyasi va tashuvchi tomonidan bunday buyurtmaning qabul qilinishi
(tasdiqlanishi) unchalik murakkab bo‘lmaydi.
Yukni yig‘ma partiyalar bilan "liniyali xizmat ko‘rsatish" (linerservice):
liniyali kemachilik. liniyali aviareyslar, yig‘ma poezdlar, yig‘ma vagonlar, yig‘ma
konteynerlar texnologiyasi tamoyillari asosida ekspluatatsiya qilinadigan transport
vositalariga “birkitish” texnik jihatdan anchagina murakkab. Transport vositasida
yuk sig‘diruvchanlikni rezervlash amaliyoti transportning barcha turlarida bir-
biriga o‘xshash bo‘ladi, shu sababli uni liniyali kemani yuklar bilan
komplektatsiyalash misolida ko‘rib chiqamiz.
Yuklarni bukirovka qilish bilan shug‘ullanar ekan, liniya agenti tarmoqdagi
barcha davriy tijorat nashrlarida liniyaning eng yaqin davr – hafta, oy uchun
jadvali to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan reklama e’lonini chop
qiladi. Bundan tashqari agent doimiy ravishda jadvalni aniqlashtirish,
korrektirovka qilish ishlarini olib boradi va bu to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
mijozlarga etkazadi (sailinglist). Yirik yuk egalari va ekseditorlarga liniyaning
kelgusidagi jadvallari va reklama materiallari muntazam ravishda yuborib turiladi.
O‘zining yukini e’lon qilingan jadval bo‘yicha ishlaydigan kema bilan
yuborish uchun yuk jo‘natuvchi (ekspeditor) agentga pochta, teleks, faks yoki
telefon orqali yukning xarakteristikasi, kemaning nomi va jadval bo‘yicha jo‘nash
sanasini ko‘rsatish bilan yukning konkret partiyasini jo‘natishga buyurtma beradi.


112
Agentlik kompaniyasining bukirovkalash bo‘limi (bookingdepartment)
kemaning umumiy sig‘diruvchanligidan agentning ixtiyoriga ajratilgan kvota
doirasida (ellotment) yuklarni kemalarga bukirovka qiladi (birkitadi, bron qiladi).
Ellotmentlarning mumkin bo‘lgan taqsimlanish sxemasi 8-rasmda keltirilgan.
8-rasm. Ellotmentlarni taqsimlash sxemasi
Bukirovkalash davomida agentlar kema egasining dispetcherlik apparati
bilan uzluksiz bog‘lanishni yo‘lga qo‘yadi. Kema egasi kemaning har bir kirish
portidagi tonnajga bo‘lgan talabga bog‘liq ravishda bukirovkaning borishini faol
tarzda o‘zgartirishi mumkin, masalan, talab yuqori bo‘lganda agentlar o‘rtasida
ellotmentlarni o‘zgartirish, liniyaga qo‘shimcha kema qo‘yish yoki kattaroq
tonnajga ega bo‘lgan boshqa kema qo‘yish, talab past bo‘lganda – portgp kirishni
bekor qilish, agent tomonidan sig‘imni fraxtlashdan foydalanish bilan bron
qilingan yukni shu manzilga boradigan boshqa kemada, jumladan, liniyada
birgalikda ishlaydigan sheriklardan birining kemasida va hatto raqobatchi
liniyaning kemasida jo‘natish hollari o‘z o‘rniga ega bo‘ladi (ushbu maqsadlar
uchun ba’zan yagona bukirovkalash markazlaridan foydalaniladi).
Tashish uchun taklif qilingan yukni qabul qilishdan bosh tortishga
hohlanmaydigan hodisa sifatida qaraladi, bu “ishonchli tashuvchining” bozordagi
obro‘sining pasayishiga olib kelishi mumkin (reliablecarrier). Ushbu qoida maxsus
yuklarni: xavfli yuklarning ba’zi bir klasslari, ulkan yuklar, o‘ta og‘ir yuklar, o‘ta
uzun yuklar (12 m dan oshiq), past temperaturalarda tashishni talab qiladigan
yuklar, quyilgan yoki uyilgan holda tashiladigan yuklar, jadvalda ko‘zda
tutilmagan portlarga etkazilishi lozim bo‘lgan yuklar, kema seyfida tashilishi lozim


113
bo‘lgan qimmatbaho yuklarni (qulf ostidagi yuk - lockercargo) tashishga taalluqli
bo‘lmaydi.
Ba’zan jo‘natuvchining o‘zi, yukning og‘irligi va hajmi, portga etib kelish
sanasi unga hali aniq ma’lum bo‘lmagan hollarda shartli bukirovka qiladi. Agent
shartli bukirovkani qabul qiladi, biroq yuk to‘g‘risidagi informatsiyani
aniqlashtirishning eng chekka muddatini belgilaydi. Agent yukni jo‘natish uchun
qabul qilib olgandan keyin bukirovkaga tartib nomeri beradi va yukni unga
yukning rekvizitlari kiritiladigan maxsus reestr – buking-varag‘iga (bookinglist)
kiritadi (9-rasm). Buking varag‘i va unga qo‘shimcha qilinadigan barcha
informatsiya kema egasiga teleks (faks) bo‘yicha yuboriladi.
Yuk etib kelgandan keyin, stividor tomonidan ko‘zdan kechirilgandan
keyin, ekspeditor tomonidan tayyorlangan konosament va yuklash orderining
qoralamasi bilan tanishgandan keyin buking-varag‘idagi ma’lumotlar
aniqlashtiriladi va u tartib bo‘yicha keyingi transport hujjati – “yuklashga
ruxsatnoma” ga (loadingpermit) aylanadi.
Bron qilingan yuklar tashish uchun taqdim qilinmagan taqdirda liniyali
kemachilikda yukni to‘liq yuklamaganlik yoki yukni taqdim qilmaganlik uchun
zararni qoplash ko‘zda tutilmagan. Biroq kema egalarining manfaatlarini himoya
qilish uchun yuklarning yirik partiyalarini bron qilishda yuk egasi va tashuvchi
o‘rtasida yuk jo‘natuvchi va tashuvchining o‘zaro javobgarligini ko‘zda tutadigan
buking-nota (booking-note) formasida ikki tomonlama kelishuvlar tuzilishi
mumkin.
Reys

i Etkazib berish porti
Ellotment
Sana
Yuk jo‘na
tuvchi
O‘rinlar
soni
va upakovka xarakteri
Yukning
nomi
Tonnalar,
1000 kg
Kubo
metr
lar
Kemada
joylashtirishga
nisbatan maxsus
talablar
9-rasm. Buking-varag‘ining o‘zbek tilidagi namunasi


114

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish