Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari


Transport-ekspeditsion korxonaning ishini rejalashtirish tizimini ishlab



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/75
Sana18.12.2022
Hajmi0,68 Mb.
#890799
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   75
Bog'liq
logistika

Transport-ekspeditsion korxonaning ishini rejalashtirish tizimini ishlab
chiqish
Bozor iqtisodiyotini boshqarishning markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlik
uslubidan ajratib turadigan o‘ziga xos xususiyati korxona darajasida
rejalashtirishning rolini oshirish bo‘lib hisoblanadi, chunki konkret transport-
ekspeditorlik xizmat ko‘rsatishning ishlab chiqarish va moliyaviy natijalari ko‘p
jihatdan shunga bog‘liq bo‘ladi.
Korxona o‘zi uchun strategik (uzoq muddatli) va taktik (qisqa muddatli)
maqsadlarni aniqlab olishi lozim. Korxonaning faoliyatini strategik rejalashtirish
transport bozorini qamrab olish, tashishlar va xizmatlarning ko‘proq istiqbolli
turlarini rivojlantirish bo‘yicha ma’lum bir maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishni
ko‘zda tutadi. Maqsadlar, vazifalar va dasturlar ishni strategik rejalashtirishning
bosqichlari bo‘lib hisoblanadi.
Albatta, tashishlarni operativ rejalashtirishning amaldagi tashkil qilinishi
hozirgi zamon sharoitlarida takomillashtirishni talab qiladi. U avvalambor “tashish
rejasini bajarmaganlik uchun” jarima choralarining qo‘zllanilishi yoki ulardan
tashishni rad qilish uchun asos sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan holatlarning
(buyurtmaning yo‘qligi yoki buyurtmada xato borligi) sof “ma’muriy”
elementlaridan tozalanishi lozim. Tashishlarni rejalashtirishda avvalambor
yuklarning bajarilgan jo‘natmalari va etib kelishlari to‘g‘risidagi hisobot
ma’lumotlaridan kelib chiqish, birinchi navbatda yirik korxona va tashkilotlarning
buyurtmalarini obdon tahlil qilish, mahalliy organlarning tavsiyalarini hisobga
olish zarur bo‘ladi. Ekspeditorlar va agentlarga rejalashtirish masalalariga
mas’uliyat bilan yondashish, rejalashtirish bo‘yicha tarmoq yo‘riqnomalariga,
transport hujjatlarini to‘ldirish qoidalari va hokazolarga qat’iy amal qilish tavsiya
qilinadi.
Transport-ekspeditsiya korxonasining maqsadlari va vazifalarini belgilash
Reja tuzish bo‘yicha ishlar transport-ekspeditsiya korxonasining maqsadlari
va vazifalarini belgilashdan boshlanadi. Transport-ekspeditsiya korxonasining
uzoq muddatli maqsadlari sifatida:


66
1. Yaqin 3-5 yil ichida ishning hajmiy va miqdoriy ko‘rsatkichlarining o‘sishi
(transport-ekspeditsiya xizmatlarining hajmi, daromadlar, foyda va boshqalar);
2. Mijozlar doirasining kengayishi, tashishlar va xizmatlarning yangi
texnologiyalarining o‘zlashtirilishi hisobiga faoliyat jabhasining kengayishi;
3. Hududiy transport bozorida ekspeditorning hohlanadigan o‘rni va boshqalar
ko‘rib chiqilishi mumkin.
Joriy rejalashtirish jarayonida konkret miqdoriy maqsadlarni aniqlash va
belgilash ham tavsiya qilinadi. Bunday maqsadlar qatoriga, masalan:
·
bir haftada tashkilot tamonidan yuklarni tashishni rad qilishlar soni tashishga
berilgan umumiy buyurtmalar sonidan 1% dan oshiq bo‘lmasligi;
·
yuklarni etkazib berish bo‘yicha buyurtmalarni o‘z vaqtida bajarishlar
darajasi 90% dan kam bo‘lmasligi;
·
yo‘lda shikastlangan yuklarning miqdori 0,1% dan oshmasligi;
·
mijozga uning so‘rovnomasi bo‘yicha 2 soat mobaynida yukning qaerda
ekanligi to‘g‘risidagi informatsiyani berish;
·
avtomobillarni birinchi yuklash joyiga yuklash uchun etkazib berishning
kechikishi 15 minutdan oshmasligi va boshqalar
kirishi mumkin.
Maqsadlar aniqlab olingandan keyin transport-ekspeditsiya korxonasining
har bir funksional bo‘linmasi oldiga ularni amalga oshirish bo‘yicha vazifalar
qo‘yilishi lozim (tijorat bo‘limi va texnik xizmatlar, rejalashtirish bo‘limi va
buxgalteriya, bo‘linmalar va otryadlar, dispetcherlik punktlari). Vazifalar aniq
ifodalangan bo‘lishi va konkret ijrochilar va ularning bajarilishi uchun javobgar
shaxslarga ega bo‘lishi lozim.
Transport-ekspeditsiya korxonasining vazifalari o‘zida alohida tashkiliy,
iqtisodiy, texnik, texnologik va ijtimoiy tadbirlarning ro‘yxatini taqdim qiladigan
dastur orqali amalga oshiriladi, Unda vazifaning bajarilish muddatlari va bajarish
uchun mas’ul shaxslar, shuningdek talab qilingan hollarda moddiy va moliyaviy
ta’minot masalalari ko‘rsatiladi.


67

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish