3.4- rasm. Dolliqo‘yi- sut emizuvchilarning ilk kloni
Dolli qo‘yi rekonstruksiyalangan tuxum hujayradan paydo bo‘lgan,
“Finn Dorset” zotiga mansub qo‘y sut bezi hujayra kulturasi yadro donori
bo‘lgan. Klonlashtirish ishlab chiqarish jihatdan qadrli va mashhur
hayvonlaming nafaqat genotipini saqlab qolishga, balki, ularni cheksiz
ko‘paytirishga imkon beradi. Yuqori mahsuldor uy hayvonlarini, hususan,
sut beruvchi sigirni klonlashtirish, tom ma'noda qishloq ho‘jaligida
revolyusiyani keltirib chiqarishi mumkin, negaki, shu usul bilan sara
rekordchi sigirlarning alohida ekzemplyarlarini emas, balki butun boshli
podalarini yaratish mumkin. Bu mashhur sport otlarini va qimmatbaho
mo‘ynali hayvonlami ko‘paytirishga, tabiiy populyasiyalar va h.k. da
noyob va yo‘qolib ketayotgan hayvonlami saqlab qolishga ham tegishlidir.
Yadrolami turlararo ko‘chirib o‘tqazish usullarini amaliyotga joriy
qilinishi, yo‘q bo‘lib ketish oldida turgan hayvon turlarini qutqarish uchun
misli ko‘rilmagan istiqbollami ochib berishi mumkin. Tadqiqotlar
davomida katta shoxli molning enukleirlangan tuxum hujayralari
insonning somatik hujayralaridan ajratib olingan yadroning genetik
materialini yanada yuqori embrional bosqichgacha amalga oshirilishini
ta'minlashi qayd qilingan.
Sut emizuvchini klonlashtirish (Dolli qo‘yi) jamoatchilik oldida bir
qator etik va falsafiy masalalami qo‘ydi, negaki, ayrim olimlaming
taxminiga ko‘ra odamni klonlashtirishgacha atigi 10 yilgina qolgan, xolos.
Biroq xozirgi kunga kelib ham inson klonlashtirilishining isbotlangan
fakti mavjud emas. Insonni klonlashtirishning asosiy maqsadi shaxsiy
embrional o‘zak hujayralari, shuningdek, bunday hujayralardan o‘stirib
yetkazilgan a'zo va to‘qimalami olishdir. Klonlashtirishning bu yo‘nalishi
41
terapevtik klonlashtirish deb nomlanadi. Reproduktiv klonlashtirish, ya'ni
yetilgan organizmni yetishtirish ikkinchi darajali vazifa bo‘lib, bepushtlik
muammosini hal qilish nuqtai nazaridan ko‘riladi. Aynan reproduktiv
klonlashtirish juda ko‘p ahloqiy muammolar, hamda xurofotlami keltirib
chiqardi.
Reproduktiv klonlashtirishni tanqid qilganda muxoliflar shuni
unutishmoqdalarki, faqatgina genotip, ya'ni organizmning o‘zi
klonlashtiriladi, inson shaxsiyati esa tarbiya va bilim olish jarayonida
shakllanadiki, ulaming aynan bir hildagi shartlarini takrorlashning iloji
yo‘qdir. Masalan, turli sharoitlarda tarbiya olgan monozigotali
(tuxumdosh) egizaklar, ya'ni tabiiy klonlar nafaqat xar xil fe'l, mayl va
aqliy qobiliyatlarga ega bo‘ladi, balki aksar hollarda tashqi qiyofasi ham
bir biriga o‘xshamaydi.
Monozigotali egizaklar tug‘ilishining tabiiyligini hisobga olibgina,
klonlashtirishning tabiiyligi haqida ta'kidlash mumkin. Inson genomini
bunday ravishda klonlashtirilishi o‘z o‘zidan ahloqiy (etik) jihatdan
butunlay benuqsondir, chunki tabiiy ravishda sodir bo‘ladi. Monozigotali
egizaklaming tabiiy ravishda tug‘ilishi faktining o‘zida o‘ta achinarli va
noma'qul hyech vaqo yo‘q, biroq, agar, egizak hujayra yadrosini sun'iy
yo‘l bilan ko‘chirib o‘tkazish yordamida hosil bo‘lgan bo‘lsa, unda
e'tirozlar paydo bo‘ladi. Shunday ekan, bu e'tirozlar klonlashtirish faktini
o‘zi bilan emas, balki metodikaning texnik xususiyatlari bilan bog‘liq.
Shu bilan bir vaqtda, shuni tushunish kerakki, klonlashtirish
texnologiyalari oddiy meditsina kuchsiz bo‘lgan bir vaqtda, odamlami
farzand ko‘rishida yordam berishi mumkin. Dunyoning ko‘pgina
mamlakatlarida insonni reproduktiv klonlashtirishga butunlay yoki
vaqtincha ta'qiqi mavjud. YuNeSKO ning Inson genomi va huquqlari
haqida umumiy deklaratsiyasida (1997): “Inson qadr-qimmatiga zid
bo‘lgan, inson zotini qayta ishlab chiqarish maqsadida klonlashtirish kabi
amaliyot man etiladi” deb aytilgan (3-qism, 8-ilova).
Hozirgi kunga kelib klonlashtirishning bosh maqsadi reproduktiv
klonlashtirish emas, balki, terapevtik klonlashtirish, ya'ni embrional o‘zak
42
hujayralarini olishdir. Shuning uchun, bu turdagi klonlashtirishning etik
muammolariga yanada batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
yetuk organizm, kindik arqonchasidagi qon, embrion to‘qimasi yoki
rivojlanishning turli bosqichida bo‘lgan homila to‘qimasi o‘zak hujayralari
manbai bo‘lishi mumkin. Hozirda terapevtik maqsadlar uchun o‘zak
hujayralarining eng zo‘r manbai - embrionlar ekanligini hamma tan olgan.
Shuning uchun, yevropa etika bo‘yicha guruhi ayollar huquqlari
muammosini birinchi darajali ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Agarda
embrional material va kindik arqonchasidagi qon o‘zakli hujayralami olish
manbaiga aylansa, unda ayollar alohida bosim ostiga tushib qolishlari
mumkin. Boshqa tomondan olganda: katta yoshli insonlarni davolash
maqsadida o‘zak hujayralarini olish uchun maxsus ravishda embrion
yaratish va/yoki ulardan foydalanish mumkinmi? Agar bu mumkin bo‘lsa,
unda embrionni qaysi yoshgacha, inson zoti emas, embrion sifatida qarash
mumkin (terapevtik klonlashtirishda 14 kunli embriondan foydalaniladi),
kabi savollar paydo bo‘lgan.
YuNeSKO huzuridagi Bioetika bo‘yicha halqaro qo‘mita terapevtik
klonlashtirish maqsadida embrionni yaratish va ulardan foydalanishga
nisbatan bitta to‘xtamga kelmagan, biroq, bioetika bo‘yicha milliy
qo‘mitalar va milliy qonunchilik idoralari bu masala bo‘yicha qabul
qilingan qarorlar turli davlat va mintaqalarda har xil bo‘lishi mumkinligini
tan oladi. Birovlar boshqalar uchun to‘g‘ri kelmaydigan etik normalami
qabul qilinishi mumkin bo‘lgan plyuralistik dunyoda bunday tafovutlar
muqarrardir. Turli davlatlar, dinlar, hamda falsafiy oqimlarda bu
muammoga bo‘lgan munosabat bir biriga to‘g‘ri kelmaydi. Buddaviylikda
ruxsat etilgan narsaga xristian dinida ruxsat yo‘q va aksincha.
Islom dini, masalan, embrionda hali jon bo‘lmasligini asos qilib
ko‘rsatib, urug‘lantirilganidan keyin 40 kungacha bo‘lgan davrda inson
embrionidan foydalanishga ruxsat beradi. Iudaizm (yahudo dini)
urug‘lantirilgan tuxum hujayra hali inson zoti emas, ona ichida rivojlanish
jarayonida unga aylanadi, deb hisoblaydi. Bundan tashqari, onadan
tashqarida rivojlanayotgan embrion gametaga tenglashtiriladi va faqat uni
onaga implantatsiya qilinganidan so‘ng mavjudot deb hisoblash mumkin.
43
Embrionga nisbatan eng jiddiy munosabat Rim katolik cherkovidadir,
negaki, katolik qonunlariga ko‘ra, inson homila xosil qilingan vaqtdan,
ya'ni tuxum hujayrani urug‘lantirish vaqtidan paydo bo‘ladi. Xristian
dinining ayrim tarmoqlari, masalan, protestant cherkovi, chillaki
embrionni to‘la huquqli inson zoti emas deb hisoblaydi. Biroq protestant
ilohiy ta'limotiga oid dunyoqarashlar bir xil emas va embrionga nisbatan
etik normalar turli protestant etnoslarida xar xil bo‘lishi mumkin. Rus
pravoslav cherkovining fikriga ko‘ra homila paydo bo‘lgan vaqtdan
boshlab embrion inson zoti va bo‘lg‘uchi shaxsdir.
Buyuk Britaniya “maxsus ehtiyot choralari” ni ko‘rish sharti bilan
insonning embrional o‘zak hujayralari bilan o‘tkaziladigan tadqiqotini
ma'qullagan yevropadagi birinchi davlat hisoblanadi. Ularga rioya qilish
uchun hukumat ekspert guruhini tuzgan va 2000-yilning avgustida
ekspertlar ma'ruzasida ifodalangan o‘z fikrini (nuqtai nazarini) e'lon
qilgan. So‘ngra, Buyuk Britaniya Parlamentining ikki palatasi ovozlaming
asosiy ko‘pchiligi bilan o‘zak hujayralari tadqiqoti va terapevtik
klonlashtirishni ham ma'qullashgan. Ekspert guruhi o‘z tavsiyalarida
asosan Buyuk Britaniyada embrionlarda olib boriladigan tadqiqotlar, 1990-
yilning “Insonni urug‘lantirish va embriologiya haqida akt” da ruxsat
berilgan va tafsilli ravishda qat'iy belgilanganligiga asoslangan (batafsil
aniq belgilangan). Ulami tartibga solish maxsus idora - Insonni
urug‘lantirish va embriologiya bo‘yicha boshqarma (HFEA) tomonidan
amalga oshiriladi. Embrionlar bilan ishlashda muammolarning
chegaralangan doirasi, hususan, bepushtlikni o‘rganish uchun ruxsat
berilgan. Endi, insonning embrional o‘zak hujayralari tadqiqotini o‘z
ichiga olgan holda mumkin bo‘lgan maqsadlar ro‘yhati kengaydi.
yevropa Ittifoqining ko‘pgina davlatlarida embrional o‘zak hujayralari
bo‘yicha qonunlar umuman yo‘q bo‘lib, ayrim davlatlarda qabul qilingan
va amal qilayotganlari esa embrionlarda tadqiqotlar olib borishni mutlaqo
man qilishdan (Fransiya, Germaniya, Irlandiya) tortib, to tadqiqot
maqsadlarida embrionlami yaratishga ruxsat berilgunigacha bo‘lgan
diapazonga ega.44E'tiborga loyiq joyi shundaki, ko‘pgina mamlakatlarda embrionlarda
tadqiqotlar olib borish va abort o‘rtasida o‘xshashlik borligi aniqlanmoqda.Irlandiya - hali tug‘ilmagan odamning yashash huquqini Konstitutsiyasi
tasdiqlaydigan yevropa Ittifoqining yagona davlatidir, va bu huquq
onaning yashash huquqiga tenglashtiriladi, bu huquq qaysi vaqtdan amalqilishi, urug‘lantirish vaqtidanmi yoki implantatsiya qilingan vaqtdan amalqiladimi, aniq emas. Shunga qaramay, agarda onaning hayoti bevosita havfostida bo'lsagina, abort qilishga ruxsat beriladi, homilaning zo‘rlash
natijasi yoki embrionning anomaliyasi abortga bahona bo‘la olmaydi. Bu
qonun yevropa adolat sudi qaroriga zid keladi, unga ko‘ra abort, tibbiy
xizmatni o‘zida ifoda etadi va bu xizmatda yel a'zosi hisoblangan davlat
tomonidan har qanday cheklash huquqi irland qonunchiligida emas, balki,
yevropa sudidadir. Irlandiya abortga qarshi o‘zining chora-tadbirlarini
quvvatlash uchun Maastrixt shartnomasidagi alohida shartlami oldindan
kelishib olishi lozim. Abortlar ta'qiqlangan yoki uni cheklashlar mavjud
bo‘lgan ko‘pgina - Polsha, Slovakiya, Litva, Vengriya, Sloveniya,
Chexiya Respublikasi va Malta kabi yel ning yangi a'zolari bo‘lgan
davlatlar ham, aftidan, xuddi shunday qilishiga to‘g‘ri keladi.
Belgiya va Niderlandiya embrionda olib boriladigan tadqiqotlami
qonunchilik doiralari yo‘qligida o‘tkazishadi. Abort noqonuniy bo‘lgan
Portugaliyada, zo‘rlash hollari yoki jiddiy tibbiy sabablardan tashqari,
homiladorlikning 14-haftasidan keyin abort so‘zsiz man qilingan bo‘lib,
qonunchilik ham, tadqiqotlar ham yo‘q. Bunday tadqiqotlar Avstriya,
Germaniya va hatto Fransiyada man qilingan, biroq, Fransiyada
“yaxlitligiga zarar yetkazmasdan ularni o‘rganish” va preimlantatsion
diagnostika qilish imkoniyati bor.
Ispaniya konstitutsiyasi faqat in vitro yashovchan embrionlar uchun
himoyani taklif qiladi, buning ustiga yashovchanlik mezonlari in vitro
urug‘lantirishda hosil bo‘lgan “ortiqcha” embrionlarga tegishli emas.
Xuddi shu shartlar bilan embrionlarda tadqiqotlar olib borish Finlyandiya
va Shvetsiyada ruxsat berilgan.
AQSh ning bir qator shtatlarida inson embrionlarida yoki hali
tug‘ilmagan bolalarda tadqiqotlar olib borishni tartibga soluvchi va
45cheklovchi qonunlar mavjud. Embrionlarga zarar yetkazadigan har qandaytadqiqotlarga moliyaviy yordam berish (ko‘maklashish) federal darajadataqiqlanadi.
Halqaro qo‘llanmalar inson embrioni tadqiqoti muammosiga katta
oydinlik kiritmaydi. Insonni reproduktiv klonlashtirishni ta'qiqlashdan
tashqari, barcha masalalar va yevropa darajasidagi kelishuvlami har bir
davlatning o‘z ixtiyoriga qoldiriladi. Bir qancha umumiy qo‘Ilanmalar va
yevropa kengashining “Inson huquqlari va biotibbiyot haqida konvensiya”
si (3-qism, 7-ilova) mavjud bo‘lib, unda quyidagilar tasdiqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |