Avliyolar Kosmas va Damian o'lik Murning oyog'ini kasal odamga ko'chirib o'tkazishadi.
Xayme Uge, 1459-1460. Moskvadagi Transplantologiya va sun'iy organlar instituti Rossiya Federatsiyasining klinik va eksperimental transplantatsiya sohasidagi etakchi muassasasi hisoblanadi. Birinchi omadli buyrak ko'chirib o'tkazish 1954-yil dekabr oyida ikki bir xil egizak aka -uka o'rtasida Jozef Murreyboshchiligidagi jarrohlar jamoasi tomonidan amalga oshirildi. Jozef Murrey tadqiqotlarini davom ettirib, o'zaro qarindosh bo'lmagan donordan buyrak ko'chirib o'tkazish imkoniyatiga erishdi, shu bilan birgalikda immunosupressantlarning xususiyatlari va begona organni rad etish mexanizmi o'rganildi. Birinchi jigar transplantatsiyasi 1956-yilda Tomas Starzl tomonidan amalga oshirilgan. O'pka transplantatsiyasi birinchi marta 1963- yilda Missisipi universiteti kasalxonasida doktor Jeyms Xardi tomonidan amalga oshirilgan, biroq bemor operatsiyadan bir necha kun o'tib vafot etgan. Joel Kuper 1983-yilda bir o'pkani muvaffaqiyatli transplantatsiya qildi, 1986-yilda u ikkita o'pkani muvaffaqiyatli transplantatsiya qildi. To'qima injeneriyasi orqali ishlab chiqarilgan traxeya transplantatsiyasi hozirgi vaqtda og'ir sikatrisial stenozli kasallik turidan aziyat chekadigan ko'plab bemorlar uchun yagona umiddir[2]. 2008-yilning iyun oyida Barselonadagi klinikada professor Paolo Makchiarini tomonidan o'zak hujayralaridan hosil qilingan inson organi birinchi transplantatsiyasi amalga oshirildi. Bemor katta yoshli ayol bo'lib, traxeya sil bilan kasallangan. Operatsiyadan bir oy o'tgach, transplantatsiya qilingan organning qon bilan ta'minlanishi to'liq tiklandi[3][4]. Biroq, bemorlar o'limi ko'pligi sababidan, ilmiy ma'lumotlarning manipulyatsiyasi va bemorlarda haqiqiy operatsiyalardan oldin zarur bo'lgan dastlabki tadqiqotlar va tajribalarning virtual imkoniytlari yo'qligi aniqlangan tergov boshlandi.[5][6] Donor organ bilan umr ko'rish bo'yicha rekordchi amerikalik Toni Xyuisman hisoblanadi, u yurak transplantatsiyasi qilinganidan keyin 30 yil yashagan, shundan so'ng ham u yurak bialn aloqador bo'lmagan saraton kasalligidan vafot etgan[7]. Rossiyaning 1992-yil 22-dekabrdagi 4180-1-sonli Qonuniga muvofiq, tirik odam ham , murda ham donor bo'la olishi mumkin. Biroq, bu holatda ayrim organlarni (buyraklar, yurak yoki o'pka) olib saqlash faqat donorning biologik o'limi sodir bo'lganda amalga oshirilishi mumkin va lekin bu qonun buzilgan bir qancha holatlar mavjud. Masalan, 2003-yil 11-aprelda Moskvadagi 20-shahar shifoxonasi shifokorlari tirik odam buyragini, bemor A.T. ga ko'chirib o'tqazgan Reanimatologlarning sa'y-harakatlariga qaramay, bemor vafot etdi va 20-shifoxona shifokorlariga nisbatan qotillikka urinish aybi bilan jinoiy ish qo'zg'atildi, chunki buyrakni olish operatsiyasi uning biologik o'limini aniqlash to'g'risidagi dalolatnoma tuzilgandan keyingina boshlanishi mumkin edi[8]. 2019-yil aprel oyida Ilmiy tibbiy tadqiqot markazi (ITTM) shifokorlari Akademik V. I. Shumakov fibrozlanuvchi mukovistsidozli toʻqqiz yoshli bolaga oʻpka va jigar transplantatsiyasi operatsiyasini dunyoda birinchi marta muvaffaqiyatli tarzda oʻtkazdi. Ishning o'ziga xosligi operatsiya vaqtida bolaning vazni atigi 30 kilogramm edi. Voyaga yetgan donorning organlari bo'yi va vazni kichik bo'lgan bemorga transplantatsiya qilindi. Shu munosabat bilan, bolaga ko'chirilgan jigarni kamaytirish shart bo'lmasada, o'pka sezilarli darajada qisqartiridi.[9] 2019-yilda Rossiyada birinchi marta Sankt-Peterburglik shifokorlar yuz transplantatsiyasi operatsiyasini amalga oshirdi. Elektr kuyishiga uchragan harbiy xizmatchiga yuz toʻqimalarining murakkab kompleksi, jumladan, burunning shilliq qavati bilan birga xaftaga tushadigan, suyak asoslari va mushaklari bilan toʻliq transplantatsiya qilingan. Operatsiyaga tayyorgarlik ikki yil davom etdi. Ushbu operatsiya dunyodagi 32-operatsiya bo'ldi. Donor organlarning yetishmasligi zamonaviy klinik transplantatsiyaning asosiy muammolaridan biridir. Donor organlarni olishning standart asosidagi amaliyoti miya o'limi diagnostikasi o'tkazilishini talab qiladi, bu ko'p sonli mutaxassislarni jarayonga jalb qilishni talab qiladigan uzoq vaqt talab etuvchi jarayon bo'lib, ba'zi hollarda bu uzoq muddatli protsess donor organning sifat jihatdan yo'qotilishiga sabab bo'ladi, bundan tashqari to'satdan yurak tutilishi va marhumning tanasida intravital tizimli o'zgarishlar tufayli, donorning tanasida tromb hosil bo'lish jarayonlari, shuningdek, komplement tizimining faollashuvi bilan birga tizimli yallig'lanish reaktsiyasi rivojlanadi. Rivojlanayotgan patologik hodisalar majmuasi deyiladi ishemiya-reperfuziya shikastlanishi, bu " oksidlanish stressi " ning asosini tashkil qiladi, bu muqarrar ravishda anaerob metabolizm mahsulotlari transplantatsiyadan keyin qabul qiluvchining kislorodli qoni bilan o'zaro ta'sirlashganda yuzaga keladi. XXI asrning boshlarida zamonaviy immunosupressiya qiluvchi dorilar, ayniqsa siklosporin va glyukokortikoidlar yaratilishi , shuningdek donor va qabul qiluvchi organlarning mosligini mukammal va keng darajada tekshiruvchi usullar aniqlanganligi tufayli transplantatsiya ko'pincha ijobiy natija beradi Norizolik prezumpsiyasi prinsipi - bu insonning qandaydir amallarga
oldindan berilgan noroziligini tan olishdir, ya'ni agarda inson ko‘zlangan
amallar sodir bo‘lishiga rozi bo‘lsa, unda u belgilangan tartibda o‘z
roziligini ifoda qilishi lozim. Dunyoning bir qator davlatlarida a'zolarni
keyinchalik transplantatsiya qilish uchun ulami ajratib olishga rozilik
haqidagi hujjatni inson hayotligida rasmiylashtiradi. AQSh da o‘lgan
taqdirda hayotligida donor bo‘lish roziligining yuridik shakli mavjud
(“donor-karta”).
Donor a 'zolari tanqisligi muammosining yechimi. Dunyoda donor
a'zolarining jiddiy tanqisligi kuzatilmoqda. Xattoki AQSh va yevropada
ko‘chirib o‘tkazish taxminan 35% muhtoj bo‘lganlarga nasib qilmaydi.
Donor a'zolari tanqisligi muammosi turli yo‘llar bilan hal qilinadi: inson
o‘lganidan so‘ng, rozilikni hayotligida rasmiylashtirgan holda a'zolarni
ihtiyoriy ravishda berishga da'vat qilinmoqda, sun'iy mexanik a'zolar
yaratilmoqda, ma'lum turdagi to‘qimalar olinib, bioelektronika va
nanotexnologiya yutuqlari asosida sun'iy a'zolar yaratilmoqda, somatik
o‘zakli hujayralami kulturalarda o'stirish yo‘li bilan turli a'zolar
yaratilmoqda, hayvonlardan donor a'zolarni olish usullari ishlab
chiqilmoqda.
Sun'iy a'zolarni yaratish va ulardan foydalanish - donor a'zolari
tanqisligi muammosi va ham tirik, ham o‘lik insondan a'zolarni olish bilan
bog‘liq boshqa muammolar o‘z yechimini topa boshladi. Tibbiyot
amaliyotida “sun'iy buyrak” apparati keng qo‘llanilmoqda,
kardiotransplantologiya amaliyotida sun'iy yurak klapanlari qo‘llanila
boshlandi, sun'iy yurak mukammalashtirilmoqda, sun'iy bo‘g‘imlar va ko‘z
gavharlaridan foydalanilmoqda. Bu katta iqtisodiy sarflashlami, ilmiy
tadqiqotlar va sinovlarni talab etuvchi, boshqa fanlar (texnik, kimyobiologik va h.k.) sohasidagi eng so‘nggi yutuqlarga bog‘Iiq yo‘ldir.
Hozirgi vaqtda ksenotransplantatsiya donor a'zolari tanqisligi
muammosini hal qilish yo‘llaridan biridir. Hayvondan donor sifatida
foydalanish g‘oyasi hayvon insonga qaraganda qadrsizroq tirik
organizmdir degan fikrga asoslangan. Hayvonlami himoya qilish, hamda
har bir mavjudot yashashga haqli va bitta tirik mavjudotni yashashi uchun
32
boshqasini o‘ldirish odamgarchilikka to‘g‘ri kelmaydi deb hisoblaydigan
transgumanizm vakillari, hamda hayvonlami himoya qilish tarafdorlari
bunga qarshi chiqishmoqda. Shu bilan bir vaqtda, inson ozuqa, kiyim va
hokazolarga bo‘lgan o‘z ehtiyojini qondirish uchun ming yillar davomida
hayvonlami o‘ldirib kelmoqda.
Eng katta muammolar inson organizmiga turli-xil infeksiyalar,
viruslarni o‘tishi, hamda hayvon a'zolari va to‘qimalarini inson
organizmiga mosligi bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy-tibbiyot muammolarni hal
etish sohasida paydo bo‘lmoqda. Oxirgi yillarda ksenotransplantatsiya
uchun donor sifatida xromosomalar to‘plami, ichki a'zolaming tuzilishi
bilan insonga yaqinroq bo‘lgan, tez va faol ko‘payib borayotgan,
allaqachon uy hayvoni hisoblanadigan cho‘chqalar birinchi darajaga chiqib
olishgan. Gen injeneriyasi sohasidagi muvaffaqiyatlar, o‘z genomida inson
geniga ega bo‘lgan turli xildagi transgen cho‘chqalami olishga imkon
berdi, bu cho‘chqadan insonga ko‘chirib o‘tqazilgan a'zolami
immunologik qabul qilmaslik ehtimolini pasaytirishi kerak.
- Shahs tomonidan hayvon a'zosini o‘ziniki deb qabul qilinishi, xatto
boshqa qaysidir hayvonning a'zosini ko‘chirib o‘tkazilganidan keyin ham
o‘z organizmini yaxlit, asl insoniy a'zo o‘mida ko‘rishni anglab yetishi
katta etik-ruhiy muammodir.
A'zo va to‘qimalami terapevtik klonlashtirish - genetik
texnologiyalardan foydalanishga asoslangan holda donor a'zolarini yaratish
imkoniyatidir. Insonning o‘zak hujayralarini o‘rganish tibbiyot oldida
somatik o‘zak hujayralari kulturasi yordamida donor a'zolar va
to‘qimalarini olish istiqbollarini ochib berdi. Hozirgi vaqtda sun'iy
sharoitlarda tog‘ay, mushak va boshqa to‘qimalami olish bo‘yicha
tajribalar o‘tkazilmoqda.
Etika nuqtai nazaridan bu yo‘l juda yoqimli, negaki qaysidir
organizmga undan a'zolami olish maqsadida uni yorib kirishni talab
qilmaydi. Faqatgina a'zo va to‘qimalami o‘zini olish emas, balki, ulaming
immunologik jihatdan mosligi muammolarini hal etish imkoniyatlari
ochilmoqda, negaki insonni o‘zining somatik hujayralari boshlang‘ich
materialdir. Shu sababli olimlar inson organizmining donor a'zo va
33
to‘qimalarini bunday yo‘l bilan olishning katta istiqboli borligini
ko‘rishmoqda. Shu tariqa, insonning o‘zi ham donor, ham retsipientga
aylanadi, bu transplantatsiya qilishning ko‘pgina etik-huquqiy
muammolarini yechadi. Bu tajribalar va ilmiy tadqiqotlar yo‘li bo‘lib, ba'zi
umidvor qiladigan natijalarga olib kelsa-da, biroq sog‘liqni saqlash
amaliyotiga joriy qilishdan xali ancha yiroq. Bu kelajak texnologiyalaridir,
negaki, xozirgi vaqtda muammo hisoblanadigan, hamda ilmiy tadqiqotlar
va ishlab chiqarishlar bosqichida bo‘lgan, insonlarga zarur bo‘lgan
to‘qimalami o‘zak hujayralari kulturasi texnologiyalaridan foydalanishga
asoslangan.
Donor a'zolarini taqsimlash muammosi butun dunyoda aktual bo‘lib,
donor a'zolari tanqisligi muammosi sifatida mavjuddir. Donor a'zolarini
taqsimlash adolat prinsipiga muvofiq “kutish varaqalari” amaliyotiga
asoslangan transplantologik dasturga retsipientlarni kiritish yo‘li bilan hal
qilinmoqda. “Kutish varaqalari” patsient sog‘lig‘ining hususiyatlarini
ko‘rsatib o‘tgan holda, u yoki bu a'zoni ko‘chirib o‘tkazish zarur bo‘lgan
- patsientlar ro‘yhatini o‘zida ifodalaydi. Muammo shundan iboratki, xatto
juda og‘ir holdagi patsient ham shu ro‘yhatda birinchi o‘rinda turgan
bo‘lsa ham, uning uchun qutqaradigan operatsiyaga yetisha olmaydi. Bu
immunologik jihatdan mos bo‘lmaganligi sababli mavjud donor a'zolari
hajmidan ushbu patsientga to‘g‘ri keladigan a'zoni tanlab olish juda
mushkul. Bu muammo ma'lum darajada immunosupressor terapiya
usullarini takomillashtirish yo‘li bilan hal qilinadi, lekin hali hamon
dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Transplantologiyani kommersializatsiyalash bilan bog'liq etik
muatnmolar inson a'zolari mahsulotga, donor a'zolarining umumiy
tanqisligi sharoitlarida esa - tanqis va juda qimmat mahsulotga
aylanayotganligi bilan bog‘liq.
Ko‘pgina davlatlarda a'zolar oldi-sottisi qonunchilikda man qilingan.
Biroq, hammaga ma'lumki, “talab taklifni keltirib chiqaradi” iqtisodiy
qonuniga muvofiq donor a'zolari va to‘qimalari “qora” bozori mavjud. Bu
holda turli-xil sabablarga (asosan moddiy) ko‘ra o‘z a'zolaridan birini
sotishga qaror qilgan tirik odamlar sotuvchi-donor bo‘lib chiqadi. Asosan
34
inson organizmining qo‘shaloq a'zolaridan biri sotiladi, ular orasida eng
mashhuri buyrak hisoblanadi. Kommersializatsiyalash
transplantologiyaning yuqori gumanizm g‘oyasiga zid bo‘lib chiqadi:
o‘lim hayotni uzaytirishga hizmat qiladi.
Bu muammolami hal etishda zarar yetkazmagan holda habar berilgan
ihtiyoriy rozilik va ijtimoiy adolatning etik prinsiplariga rioya qilish
alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu prinsiplar inson a'zolari va
to‘qimalarini transplantatsiya qilish sohasidagi tibbiyot ishchilarining
foaliyatini tartibga soluvchi barcha halqaro va milliy etik-huquqiy hujjatlar
asosida yotadi.
A'zo va to'qimalarni transplantatsiya qilish muammosining etikhuquqiy nuqtai nazari Bir qator halqaro hujjatlarda transplantologiya
sohasidagi tibbiyot ishchilarining asosiy etik prinsiplari va faoliyat
normalari aks ettirilgan. Butunjahon tibbiyot uyushmasi 1987-yilda Inson
a'zolarini transplantatsiya qilish haqida deklaratsiyani qabul qilgan. Unda
zamonaviy mezonlarga muvofiq inson o‘lganligini tasdiqlash shartlari
belgilab olingan va inson a'zolari va to‘qimalarini transplantatsiya qilish
paytida amal qilinishi kerak bo'lgan etik prinsiplar belgilab qo‘yilgan. Har
qanday vaziyatda ham shifokor inson sog‘lig‘i haqida qayg'urishi bosh
prinsip hisoblanadi.
Dunyoning qariyb 40 ta davlatlarida milliy transplantatsion dasturlami
tartibga soluvchi Konstitutsiyadagi bo‘limlar yoki maxsus qonunlar qabul
qilingan. Barcha milliy qonunlar shahs huquqlari, uning erkinligi va
himoyasi sohasidagi halqaro normalami hisobga va tan olishga asoslanadi.
Avstriya, Belgiya, Ispaniya, Vengriya, Chexiya kabi bir qator G‘arbiy
yevropa mamlakatlarida ham huquqiy normalar rizolik prezumpsiyasi
prinsipiga moslangan.
AQSh, Germaniya, Kanada, Fransiya va Italiyada norizolik
prezumpsiyasi prinsipi (“so‘rab olingan rozilik”) qonuniy amal qiladi,
unga muvofiq inson a'zolari va to'qimalaridan foydalanishga uning yuridik
rasmiylashtirilgan roziligisiz yo‘l qo‘yilmaydi.
Buyraklar transplantatsiyasi
Buyrak transplantatsiyasida buyrak funktsiyasining qayta tiklanmas darajada shikastlangan
bemorlarning taxminan 75% qisqa muddatli ijobiy natijaga erishadi.[10]. Diniy nuqtai nazarda transplantologiya muammolari. Rus Pravoslav
Cherkovi “Ijtimoiy konsepsiya asoslari” da: «...tibbiyotning ushbu
35
sohasining rivojlanishi (transplantologiya) zarur bo‘lgan a'zolarga
ehtiyojni oshirgan holda ma'lum ahloqiy muammolarni keltirib
chiqarmoqda va jamiyat uchun havf tug‘dirishi mumkin. Cherkov, inson
a'zolarini oldi-sotti ob'ektlari sifatida ko‘rilishi mumkin emas deb
hisoblaydi. Tirik donordan a'zolarni ko‘chirib o‘tqazish boshqa insonning
hayotini saqlab qolish uchun faqatgina ihtiyoriy ravishda o‘zini qurbon
qilishga asoslanishi kerak. Bu holda eksplantatsiya qilishga (a'zoni
chiqarish) rozi bo‘lish mehr va rahm-shafqat ko‘rsatganlik bo‘ladi. Biroq
potensial donor uning sog‘lig‘i uchun a'zoni eksplantatsiya qilishning
kutilishi mumkin bo'lgan oqibatlari haqida to‘lig‘icha xabardor bo‘lishi
kerak. Donor hayotiga bevosita havf tug‘diradigan eksplantatsiya ahloqan
nojoizdir. Boshqa insonning hayotini uzaytirish maqsadida, shu jumladan,
hayotini saqlab turuvchi muolajalami rad etgan holda bitta inson hayotini
qisqartirish noma'quldir. A'zo va to‘qimalami vafotidan keyingi donorlik
narigi dunyo bo‘ylab yoyiladigan mehmi ko‘rsatish bo‘lishi mumkin. Bu
turdagi tortiq qilish va vasiyat inson majburiyati deb hisoblanishi mumkin
emas. Bir qator mamlakatlar qonunchiligida mahkamlab qo‘yilgan inson
a'zo va to‘qimalarini tanadan ajratib olishga potensial donoming rozilik
prezumpsiyasini, Cherkov, inson erkinligini yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan
buzilishi deb hisoblaydi» deb yozib qo‘ygan.
Ko‘pgina g‘arbiy xristian ilohiyot mutaxasisslari transplantatsiya
qilish tarafdorlari hisoblanishadi va o‘lganning a'zolarini ajratib olib, tirik
inson organizmiga ko‘chirib o‘tkazish faktini ijobiy baholashadi. Rimkatolik cherkovi transplantologiyadagi donorlikni rahmdillik va ahloqiy
burch deb hisoblaydi. Katolik Sog‘liqni saqlash ishchilari xartiyasi
transplantologiyani “hayotga xizmat qilish” deb baholashadi. Unda
“boshqalar ham hayot kechirishda davom etishlari uchun o‘zini, o‘zining
qoni va tanasining bir qismini qurbon qilish” ro‘y beradi. Agarda patsient
hayotini saqlab qolish uchun muqobil davolash vositalari boTmagan
taqdirdagina, Katolitsizm a'zolarni ko‘chirib o‘tkazish va qon quyishni
mumkin deb biladi. Donorlik faqat ihtiyoriy asosda mumkin bo‘ladi.
Protestant ilohiyot mutaxassislari boshqadan a'zo olgan insonning
36
qonuniyligini tan olishadi, lekin a'zolami sotish ahloqsizlik deb
hisoblanadi.
Iudaizmda (yahudo dini) inson tanasiga, xatto uning o‘limidan so‘ng
ham katta hurmat bilan qarashadi. O‘lgan inson tanasini yorish mumkin
emas. A'zolami transplantatsiya qilish uchun olish faqatgina inson bunga
o‘lishidan oldin ruxsat berganlik sharti bilan va oilasi qarshilik
bildirmagan holdagina mumkin bo‘ladi. A'zolami olish paytida donor
tanasini buzilib ketmasligiga alohida e'tibor ajratilishi kerak. Agarda gap
inson hayotini qutqarish haqida ketayotgan bo‘lsa, iudaizm a'zolami
ko‘chirib o‘tkazishni mumkin deb biladi.
Buddaviylikda a'zolami faqat tirik donordan ko‘chirib o‘tqazishni
bitta sharti - bu kasal uchun in'om (hadya) bo‘lsagina iloji bor.
1988-yilda Islom huquqshunoslik akademiyasi kengashi o‘zining 4-
sessiyasida tirik va o‘lik inson a'zolarini transplantatsiya qilish
muammolari bo‘yicha 26-sonli (1/4) qarorini qabul qilgan. Unga ko‘ra,
agar operatsiyadan kutilayotgan foyda, bo‘lishi mumkin bo‘lgan zarardan
yaqqol ravishda ortiq bo‘lsa, hamda yo‘qotilgan a'zoni, uning shakli va
funksiyasini qayta tikiash, insonga jismoniy va ahloqiy iztiroblar
keltiradigan nuqson va husndagi kamchiliklami yo‘qotish operatsiyaning
maqsadi bo‘lsa, inson a'zosini tanasining bir joyidan boshqa joyiga
transplantatsiya qilishga ruxsat beriladi. Shariat tirik insonning hayotiy
muhim a'zolari, hamda, garchi oqibatda o‘lish havfi ostida bo‘lmasa ham,
hayotiy muhim funksiyalarini yomonlashishiga olib keladigan boshqa
a'zolami transplantatsiya qilinishini taqiqlaydi. Faqat islom diniga e'tiqod
qiladigan va bunga rozilik bergan tirik donordan a'zolami transplantatsiya
qilish va qon quyish mumkin. Nafas olishi va qon aylanishi sun'iy yo‘l
bilan ushlab turilgan serebral o‘limda yotgan (miyaning o‘lishi) insondan
transplantatsiya qilishga yo‘l qo‘yiladi.
Retsipient hayoti yoki organizmining hayotiy muhim fiinksiyalaridan
biri shunga bog‘liq bo‘lib, donoming o‘zi hayotligida yoki o‘limidan so‘ng
uning qarindoshlari a'zoni transplantatsiya qilishga rozilik bildirishgan
bo‘lsa, o‘likdan a'zolami transplantatsiya qilishga ruxsat beriladi. Agarda
o‘lganning shaxsini aniqlashning iloji bo‘lmasa yoki vorislari
37
aniqlanmagan holda, musulmonlaming muxtor rahbari transplantatsiya
qilishga rozilik beradi. Shu tariqa, Shariatda norozilik prezumpsiyasi
prinsipi qayd etib qo‘yiladi. Islomda tijoratga asoslangan holda a'zolarni
transplantatsiya qilish qat'iyan man