Barglarning to'kilishi va ularning o'simlik uchun ahamiyati
Reja:
Transpirasiya va uning o’simliklar hayotidagi ahamiyati.
Transpirasiya unumdorligi va koeffisiyenti.
Barglarning transpirasiyaga moslashib tuzilishi.
O’simliklarning suv muvozanati.
Antitranspirantlar, ularning turlari va ahamiyati.
O’simliklar tanasi orqali suvning bug’lanishiga transpirasiya deyiladi. Transpirasiya o’simliklar tanasida sodir bo’ladigan eng muhim fiziologik jarayonlardan biridir. Asosiy transpirasiya organi bargdir. O’simliklar barg yuzasining kattaligi CO2 ning ko’p yutilishi, yorug’lik energiyasidan effektiv foydalanish va suv bug’latuvchi yuzaning keng bo’lishini ta’minlaydi. Suv barg yuzasidan asosan og’izchalar orqali bug’lanadi. Buning natijasida barg hujayralarida suv miqdori kamayadi va so’rish kuchi ortadi. Barglarda so’rish kuchining ortishi o’z navbatida barg tomirlari va naylaridan suvni tortib olish jarayonini faollashtiradi. yuqoridan tortib oluvchi kuchning paydo bo’lishi, o’simlik tanasi boylab suv harakatini yana tezlashtiradi. Shunday qilib, yuqoridan harakatga keltiruvchi (tortuvchi) kuch transpirasiya natijasida vujudga keladi. Transpirasiya faoliyatiga qarab, bu kuch ham shuncha yuqori bo’ladi. Transpirasiya faolligi haroratga, o’simlik turlariga, yashash sharoitlariga va boshqalarga bog’liq. Ularni bir-biri bilan solishtirish va o’rganish uchun transpirasiya jadalligi degan tushuncha mavjud. Transpirasiya jadalligi deb bir metr kvadrat barg yuzasidan bir soat davomida bug’latilgan suv miqdoriga aytiladi. ko’pchilik o’simliklar uchun transpirasiya jadalligi o’rtacha bir soatda kunduzi 15- 250 g/m 2, kechasi 1-20 g/ m 2 ga teng bo’ladi. Ayrim hollarda bu ko’rsatkich yuqori bo’lishi ham mumkin. O’rta Osiyo sharoitida yozning issiq kunlarida g’o’zaning transpirasiya jadalligi 450-1200 g/m2 gacha ko’tarilishi mumkin.
Transpirasiya unumdorligi deb 1000 g. sarflangan suv hisobiga hosil bo’lgan organik modda miqdoriga aytiladi. Bu ko’pchilik o’simliklar uchun 1-8 g ga teng, o’rtacha 3 g atrofida bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, butun o’simlik tanasi orqali bug’langan suvning 99,8 % transpirasiyaga, qolgan 0,2% organik modda hosil qilish uchun sarflanadi.
Umuman transpirasiyaning so’rish kuchi o’simlik turlariga ham bog’liq. Daraxtchil o’simliklarda bu kuch ildiz bosimidan bir necha marta yuqori. O’tchil o’simliklarda esa aksincha ildiz bosimi yuqori, lekin shunga qaramay transpirasiyaning so’rish kuchi ham muhim ahamiyatga ega.
Transpirasiya o’simliklarni yuqori harorat ta’siridan saqlaydi. Odatda transpirasiya tufayli o’simlik tanasi harorati atmosfera haroratidan bir necha gradus past bo’ladi. Biroq ayrim o’simliklarda yuqoriroq bo’lishi ham mumkin. Masalan, sahrolardagi o’simliklar barglarining harorati quyoshning kuchli issiqlik energiyasini yutishiga qaramasdan, soyadagi barglarga nisbatan 6-7 o C ga ko’p. Bu esa yozning issiq kunlarida o’simlikning butun hayotiy jarayoni uchun katta ahamiyatga egadir. Ayniqsa fotosintez uchun qulay sharoit yaratiladi. Chunki og’izchalarning ochiqligi CO2 ning o’zlashtirilishini faollashtiradi. Protoplazma kolloid misellalarning, xloroplastlar strukturasi va funksiyalari faoliyatiga sababchi bo’ladi.
Bargning plastinkasimon (keng) tuzilishi fotosintez va transpirasiya jarayonlari uchun eng qulay sharoit yaratadi. Bargning asosiy qismi – mezofilldir. U bir qator joylashgan epidermis hujayralari bilan qoplangan. Qoplovchi to’qima – epidermis hujayralarining orasida esa maxsus hujayralar – og’izchalar joylashgan.
Transpirasiya asosan barg og’izchalari orqali idora qilinadi. Ya’ni transpirasiya natijasida bug’langan suvning 95-97 % og’izchalar va qolgan qismi kutikula orqali atmosferaga tarqaladi. Shuning uchun ham transpirasiya jadalligi bargdagi og’izchalarning soniga va ularning ochiq yoki yopiqligiga ham bog’liq. Og’izchalarning soni 1 mm2 barg yuzasida 50-500 ta va undan ko’proq ham bo’lishi mumkin. Bu ko’proq o’simlik turlariga, navlariga va suv bilan ta’minlanish sharoitlariga bog’liq. Og’izchalar ochiq yoki yopiq bo’lishi mumkin. Bunga har xil omillar sabab. Eng muhimi suv bilan ta’minlashdir. Suv yetarli sharoitda og’izchalari ochiladi va kamligida aksincha yopiladi. Ko’pchilik o’simliklarning bargidagi og’izchalar yorug’likda ochilib, qorong’iliqda yopilishi ham mumkin.
Og’izchalar yopiq vaqtda suv bug’larining tashqariga chiqishi to’xtaydi va hujayra oraliqlari namlik havoga to’ladi. Natijada transpirasiya jadalligi ham sekinlashib, to’xtash holatiga yaqinlashadi. Bunday vaqtlarda kutikulyar transpirasiyagina davom etadi. U og’izchalar orqali bo’ladigan transpirasiyadan 10-20 martagacha sekin. Kutikulyar transpirasiyaning jadalligi kutikulaning qalinligiga ham bog’liq. Ya’ni kutikulasi juda yupqa bo’lgan yosh barglarda kuchliroq, kutikula qavati qalinlashgan qariroq barglarda sekin bo’ladi.
Umuman, transpirasiya o’simliklar uchun zarur fiziologik jarayondir. Uning jadalligi juda ko’p ichki va tashqi omillarga bog’liq.
O’SIMLIKLARNING SUV MUVOZANATI.
O’simliklar tanasiga suvning kirishi va sarflanishi suv muvozanati deyiladi. Ya’ni bunda o’simlik tanasiga kirayotgan suv bilan sarflanayotgan suv miqdori bir-biriga to’g’ri kelishi lozim.
Lekin yozgi ochiq kunlarda quyosh nurlari ta’siridan transpirasiya kuchayishi va o’simlik qabul qilayotgan suv uning o’rnini qoplay olmasligi natijasida nisbiy tenglik buziladi. Oqibatda suv defisitligi (taqchilligi) roy beradi. Aksariyat hollarda defisit 5-10%ga teng bo’lib, bu o’simliklarga ko’p zarar qilmaydi. Chunki asosan tush vaqtida bo’ladigan bunday suv kamchilligi odatdagi hodisa hisoblanadi. O’simlik uning ta’sirida transpirasiya jadalligini tartiba solib turish qobiliyatiga ega bo’ladi. Bu suv kamchilligining oshib ketishiga yo’l qoymaydi.
Transpirasiya ham juda kuchayib ketganda, tuproqda suvning miqdori kamayib qolsa, o’simliklarga kirayotgan suvning miqdori ham juda kamayib ketadi va o’simliklarning suv muvozanati ancha qattiq buziladi. Bu ayniqsa, sutkaning eng issiq soatlarida sodir bo’ladi. Suv taqchilligi roy berganda barglar so’lib va osilib qoladi.
Suv taqchilligini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
D = ( ) 100
Bu yerda D – suv taqchilligi; M – barg kesmalarining (doiracha) suvga solguncha bo’lgan og’irligi, g; M1 – barg kesmalarining 60 min. davomida suvda saqlangandan keyingi og’irligi, g.
So’ligan o’simlik o’z vaqtida suv bilan ta’minlansa u yana (normal) turgor holiga qaytadi. O’simliklar vaqtincha yoki uzoq vaqtgacha so’lishi mumkin. Vaqtincha so’lish havo juda issiq va quruq bo’lganida roy beradi. Ya’ni suv muvozanati buziladi, lekin kechga tomon transpirasiya pasayib qolishi bilan o’simlikka o’tadigan suv miqdori bilan undan chiqib ketadigan suv miqdori yana baravarlashadi va o’simliklar o’zlarining avvalgi holatiga qaytadi. Vaqtincha so’lish o’simlikka ko’p zarar qilmasa ham hosilni kamaytiradi. Chunki bu paytda fotosintez va o’sish to’xtaydi. Tuproqda suv miqdori kamayganda esa so’lish uzoq vaqtgacha davom etadi. Bunday holatda hujayralardagi suv kamchilligi tezda tiklanmaydi va hatto kechasi ham normal fiziologik jarayon boshlanmaydi. Kechasi tiklanmay qolgan suv miqdori qoldiq defisit deyiladi. Bunday holga uchragan o’simliklar ko’proq zararlanadilar.
So’lish o’simlikning ayniqsa yosh generativ organlariga ko’proq ta’sir etadi. Gul organlarining shakllanishi kechikadi, generativ organlarning to’kilishi kuchayadi va hosildorlik keskin kamayadi. Donli o’simliklarda boshoqlar yaxshi yetilmaydi, donlar soni kam va puch bo’ladi. G’o’zada esa shonalar, gullar va yosh ko’saklar ko’proq to’kiladi.
Umuman suv taqchilligining zararli ta’siri hamma o’simliklarda bir xil emas. Bunga chidamlilik o’simlik turlariga bog’liq. Masalan, yorug’liksevar o’simliklar (kungaboqar, kartoshka) tanasidagi suvning 25 – 30% ni yo’qotganda ham ularda so’lishning tashqi belgilari yaxshi sezilmaydi. Soyaga chidamli o’simliklar suvlarini 13 –15 % yo’qotishi bilan so’lib qoladilar. Botqoqlikda yashovchi o’simliklar eng chidamsiz bo’lib, suv taqchilligi 7 % bo’lganda qurib qoladi.
ANTITRANSPIRANTLAR.
Keyingi yillarda bir qancha moddalar olindiki, ularni o’simliklarga purkaganda transpirasiya jadalligi sezilarli darajada pasayadi.Bunday xususiyatga ega bo’lgan moddalarga antitranspirantlar deyiladi.
Hamma antitranspirantlar ikki guruhga bo’linadi: 1)og’izchalarning yopilishini ta’minlaydigan moddalar, 2)barg o’stida yupqa parda hosil qiluvchi moddalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |