Transkripsiya haqida ma`lumotlar 610(21)-101-guruh talabasi FAYZULLAYEV HASAN Transkripsiya (transcriptio koʻchirib yozish) — yozuvning nutq tovushlari talaffuzini aniq ifodalash uchun ishlatiladigan sunʼiy (shartli) turi; nutq boʻlaklari (tovush, boʻgʻin, soʻz)ning tovushiy sifatlarini yozuvda aniq aks ettirish usuli. Transkripiya eng avvalo, 2 ga boʻlinadi: ilmiy transkripsiya va amaliy transkripiya. Ilmiy transkripsiya ma'no turi oʻz xususiyatiga koʻra, fonetik va fonematik transkripdiyalarga boʻlinadi. Fonetik transkripsiya ogʻzaki nutq (talaffuz)ni barcha xususiyatlari bilan yozuvda aniq aks ettirishni koʻzda tutadi va xorijiy tillar (masalan, ingliz tili) lugʻatlarida, til darsliklari va notiqlik qoʻllanmalarida, jonli tilni yozib olishda (dialektologik yozuvlar, fonetika darsliklari va boshqalar) qoʻllanadi. Fonetik transkripsiyaning asosiy prinsipi shundaki, talaffuz etilgan har bir tovush yozuvda alohida qayd etilishi kerak. Fonetik transkripsiya amaldagi biror alifbo asosida, unga nutq aʼzolaridagi ayrim artikulyatsiyalarni aks ettiruvchi ostust belgilari yoki ixtiyoriy oʻylab topilgan belgilar tizimini qoʻshish bilan yaratiladi. Mas., oʻzbek shevalarini oʻrganish maqsadidagi dialektologik yozuvlarda amaldagi alifboda boʻlmagan e o 9 (til oldi a), Oʻ, ʼ (i ning variantlari), o, q (oʻ ning variantlari) va boshqa belgi (harf)larning qoʻllanishi. Universal transkripsiya sifatida Xalqaro fonetik uyushma — IPA (International Phonetic Association) tomonidan 1886-yilda lotin grafikasi asosida yaratilgan va doimo takomillashtirib boriladigan xalqaro fonetik alifbo qoʻllanadi.
TRANSKRIPSIYA
- Transkripsiya (transcriptio koʻchirib yozish) — yozuvning nutq tovushlari talaffuzini aniq ifodalash uchun ishlatiladigan sunʼiy (shartli) turi; nutq boʻlaklari (tovush, boʻgʻin, soʻz)ning tovushiy sifatlarini yozuvda aniq aks ettirish usuli. Transkripiya eng avvalo, 2 ga boʻlinadi: ilmiy transkripsiya va amaliy transkripiya. Ilmiy transkripsiya ma'no turi oʻz xususiyatiga koʻra, fonetik va fonematik transkripdiyalarga boʻlinadi. Fonetik transkripsiya ogʻzaki nutq (talaffuz)ni barcha xususiyatlari bilan yozuvda aniq aks ettirishni koʻzda tutadi va xorijiy tillar (masalan, ingliz tili) lugʻatlarida, til darsliklari va notiqlik qoʻllanmalarida, jonli tilni yozib olishda (dialektologik yozuvlar, fonetika darsliklari va boshqalar) qoʻllanadi. Fonetik transkripsiyaning asosiy prinsipi shundaki, talaffuz etilgan har bir tovush yozuvda alohida qayd etilishi kerak. Fonetik transkripsiya amaldagi biror alifbo asosida, unga nutq aʼzolaridagi ayrim artikulyatsiyalarni aks ettiruvchi ostust belgilari yoki ixtiyoriy oʻylab topilgan belgilar tizimini qoʻshish bilan yaratiladi. Mas., oʻzbek shevalarini oʻrganish maqsadidagi dialektologik yozuvlarda amaldagi alifboda boʻlmagan e o 9 (til oldi a), Oʻ, ʼ (i ning variantlari), o, q (oʻ ning variantlari) va boshqa belgi (harf)larning qoʻllanishi. Universal transkripsiya sifatida Xalqaro fonetik uyushma — IPA (International Phonetic Association) tomonidan 1886-yilda lotin grafikasi asosida yaratilgan va doimo takomillashtirib boriladigan xalqaro fonetik alifbo qoʻllanadi.
MA`LUMOTLAR
Amaliy transkripsiya muayyan milliy alifbo vositalari orqali boshqa tillardagi atokli otlar, terminlar, maxsus nomlar va shu kabi tarjima qilinmaydigan soʻzlarni aks ettiradi va shu yoʻl bilan ularni qabul qiluvchi tilning bosma matnlariga kiritadi. Amaliy transkripsiya qabul qiluvchi til alifbosidagi belgilar chegarasidan chiqmaydi, lekin belgilarning ayrim gʻayriodatiy qoʻllanishlariga yoʻl qoʻyadi. Amaliy transkripsiyaga qoʻyiladigan asosiy talablardan biri qabul qilinayotgan birlikning talaffuzini imkon qadar aniq saqlab qolishdir. Shu bilan birga, amaliy transkripsiya soʻzning morfem tuzilishini, uning grafik xususiyatlari va boshqa ni saklab qolishi hamda muayyan soʻzning oson oʻzlashishini taʼminlashi kerak.
BOSHQA TILDAGI TRANSKRIPSIYA
Do'stlaringiz bilan baham: |