IV. KISHI NOMLARI VA ETNONIMLAR
Osmon jismlari nomlariga asoslangan ismlar?
Diniy tushunchalar bilan bog‘liq ismlar?
Chaqaloqning biror xususiyati yoki belgisi asosida qo‘yilgan ismlar?
Turmush predmetlari va oilaviy ashyolar nomi bilan yuritilgan kishi nomlari?
Kasb-hunar va mashg‘ulot bilan bog‘liq ismlar?
Joy nomlari bilan ataluvchi ismlar?
O‘simlik va hayvonot nomlari bilan aloqador ismlar?
Qanday laqab va taxalluslar mavjud?
Ma’lum urug‘ yoki qabilaga qarashli joy qanday nomlanadi?
Sizning qishloq yoki shaharda qaysi urug‘ vakillari yashaydi?
Ular haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz?
Bu joyga ko‘chib kelgan yoki bu yerdan ko‘chib ketgan urug‘ nomlari?
V. KIYIM-KECHAK NOMLARI
1. Qishda kiyiladigan tepasi yumaloq, mo‘yna jiyakli issiq bosh kiyim nomi?
2. Avra-astarli, odatda pilta urilgan, yarim doira, to‘rt karjli, yupqa milliy bosh kiyim?
3. Mo‘ynasi sirtga (o‘ngga) qaratib astarlanib tikilgan, cho‘zinchoq telpak nomi?
4. O‘siq junli qo‘y terisidan tikilgan bosh kiyim nomi? (Xorazm va Qoraqalpog‘istonda kiyiladi)
5. Kechasi kiyib yotiladigan yoki quloqchin singari bosh kiyimlar astarini kirlatmaslik uchun kiyiladigan, surp matodan tikiladigan yumaloq do‘ppicha nomi?
6. Erkaklar boshga o‘raydigan uzun mato?
7. Uzun dokadan yoki oq chitdan ayollar, kampirlar boshiga baland qilib o‘raladigan bosh kiyimni nima deganlar?
8. Keksa xotinlar boshga o‘raydigan oq doka yoki surp nomi?
9. Boshni peshana bilan birga tang‘ib o‘raladigan kichik ro‘mol nomi?
10. Xotin-qizlar boshga o‘raydigan, odatda, to‘rtburchak shaklida bo‘ladigan mato nomi?
11. Tananing yuqori qismiga moslab tikilgan yalang qavat, yupqa kiyim nomi?
12. Oldi ochiq, uzun astarli yoki astarsiz ustki milliy kiyimni nima deysizlar?
13. Uzun, oldi ochiq erkaklar ko‘ylagining nomi?
14. Etagining ikki yon oralig‘i uchburchak shaklida qiyilib tikilgan to‘n, chopon nomi?
15. Beli xipcha, uzun, qavima qilib tikilgan ust kiyim nomi?
16. Qalin, paxtali kalta ust kiyim nomi?
17. Ilgari yozlik palto o‘rnida kiyiladigan, qalinroq matolardan tayyorlangan, astarli, oldi ochiq yengil ust kiym nomi?
18. Cho‘ponlarning yogingarchilik paytida va qishda kiyadigan yopinchiqsimon choponini nima deb ataysizlar?
19. Mo‘ynali oshlangan teridan tikilgan uzun, issiq, ustki qishlik kiyim nomi?
20. Odatda jun yoki qalin matodan tikiladigan, erkaklar kiyadigan to‘n nomi?
21. Ko‘ylak yoki kostyum ustidan kiyiladigan, avra-astarli ustki kiyim nomi?
22. Avrasi sherst, sukno kabi matolardan tikilgan, astarli, qaytarma yoqali, oldi ochiq, tugmalanadigan kalta ust kiyim nomi?
23. Shimi bilan ko‘ylagi birga qo‘shib tilikgan, ish paytida kiyiladigan maxsus kiyim nomi?
24. Uyda, kasalxonada kiyish uchcun mo‘ljallangan shim va kalta xalatdan iborat yumshoq matodan tikilgan kiyim nomi?
25. Ko‘ylak ustidan, kostyum, kamzul ichidan kiyiladigan yengsiz, yoqasiz, kalta ixcham kiyim nomi?
26. Qadimda xotin- qizlar boshga tashlab yuradigan yupqa to‘n, chopon nomi?
27. Otning dum qilidan to‘qilgan, paranji ostidan betga tutiladigan to‘r pardani nima deb atagansizlar?
28. Qadimda ayollar kiygan yengi kalta, yupqa milliy ust kiyim nomi?
29. Ilgari ayollar begona erkaklarga ochiq ko‘rinmaslik uchun boshiga yopinib yuradigan, soxta yengli, to‘nsimon uzun yopinchig‘ni nima deb atagansizlar?
30. Gavdaning belgacha bo‘lgan pastki qismiga kiyiladigan ustki kiyim nomi?
31. Tananing beldan pastki qismiga kiyiladigan, uzun, ikki pochali ichki kiyim nomi?
32. Belga bog‘lanadigan, to‘rtburchak shaklidagi mato parchasining nomi?
33. Ensiz uzun matodan qilingan, belga bir necha marta aylantirib o‘raladigan belbog‘ nomi?
34. Kiyim ustudan belga bog‘lanadigan yoki shim, yubka kiyganda belga bog‘lab qo‘yiladigan charmdan yoki chidamli qalin materialdan tayyorlangan enli tasma nomi?
35. Yupqa gazlamadan qilingan, yonda olib yuriladigan, to‘rtburchak shaklida tikilgan mato nomi?
36. Go‘daklar, bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan bolalar ko‘kragiga tutiladigan fartukcha nomi?
37. Kiyim, g‘ilof va shu kabilar chetiga qadaladigan, odatda to‘garak shaklda bo‘lgan tutqich nomi?
38. Teshigidan ip o‘tkazib narsa tikiladigan uchi nayza, ingichka metall asbob nomi?
39. Kiyimning pul va boshqa zarur, yengilroq narsalar olib yurish uchun tikilgan sirtqi yoki ichki xaltachasini nima deb ataysizlar?
40. Kiyim-kechak va kiyimlik gazlamalar tugub qo‘yiladigan katta mato bo‘lagining nomi?
41. Qo‘lni sovuqdan, zararlanishdan saqlash uchun qo‘lga kiyiladigan buyum nomi?
42. Kiyim-kechak bilan bog‘liq maqollar, matallar, hikmatli iboralardan bilasizmi?
43. Sizlar yashayotgan joyda, keyingi yillarda, qanday yangi kiyim-kechaklar paydo bo‘ldi, yoshlar kiyimidagi o‘zgarishlar (masalan jinsi shim va boshqlar) haqida qanday fikrdasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |