DIALEKTOLOGIYAGA DOIR MASHG‘ULOTLARDA QO‘LLASH UCHUN
TRANSKRIPSION BELGILAR
|
Transkripsion belgilar
|
Misollar
|
|
Unli tovushlar
|
ä ö ü ї ş ĝ ž ќ w č ň ñ
|
|
a
|
ata (ota), aptavuz (avtobus), čap (chop)
|
|
ä
|
änä (ana), ämmä (amma)
|
|
o
|
orαq (o‘roq), oquvči (o‘quvchi)
|
|
ö
|
ördäќ (o‘rdak), öpќä (o‘pka)
|
|
u
|
qul (qul), tumαr (tumor)
|
|
ü
|
Ürgänč (Urganch), tüş (pastga tush)
|
|
i
|
bir (bir), ќir (kir), bigiz (bigiz)
|
|
ї
|
qїz (qiz), dїz (tizza)
|
|
e
|
ekin (ekin), Eşmät (Eshmat)
|
|
Undosh tovushlar
|
|
|
g
|
gämä (kema), gül (gul)
|
|
ġ
|
ġaz (gaz), ġlobus (globus)
|
|
ĝ
|
aĝa (og’a), čuĝul (chaqimchi)
|
|
j
|
jüjä (jo’ja), Jümmi (Jummi), Jabbi (Jobbi)
|
|
ž
|
žurnal (jurnal), äždär (ajdar)
|
|
ќ
|
aќsiya (aksiya), ќosmos (kosmos)
|
|
k
|
kök (ko’k), kečä (kecha), Käşmїr (Kashmir)
|
|
q
|
Qummi (Qummi), qudurmaq (quturmoq)
|
|
w
|
sawun (sovun), awaz (ovoz), äwwäl (avval)
|
|
v
|
väpa (vafo), sävät (savat)
|
|
ş
|
şipa (shifo), şämmä (shamma, quruq choy)
|
|
č
|
čömič (cho’mich), čüriќ (chirik)
|
|
ň
|
yaňaliq (sadaqaning bir turi), čoňqir (chuqur)
|
|
ñ
|
badriñ (bodring), gäräñ (garang, kar)
|
SHEVA MATERIALLARINI TO‘PLASH UCHUN
SO‘ROQLIK
Amaliyot natijalari bo‘yicha kafedraga taqdim qilinadigan hujjatlar yig‘majildida quyidagilar bo‘lishi lozim:
Amaliyot davri hisoboti.
Kundalik.
Kartochkalar (to‘plangan material faqat Xorazm shevasiga oid bo‘lishi va kartochkalar 100tadan kam bo‘lmasligi lozim).
To‘plangan materiallarning har biri bo‘yicha ovozli yozuvning bo‘lishi (har bir yozuv ma’lumot beruvchining ismi bilan nomlanishi va elektron shaklda, diskka joylab berilishi lozim).
Axborotchilarning har bir uchun alohida to‘plangan materialning pasporti yaratilishi lozim (qog‘oz va electron shaklda).
To‘plangan materiallar elektron shaklda (word qilib) va qog‘oz variantda taqdim qilinadi.
Yakuniy hisobot.
DIALEKTOLOGIK AMALIYOT JARAYONIDA TALABALARGA TAVSIYA QILINAYOTGAN SAVOLLAR
SHEVALAR LEKSIKASI BO‘YICHA MATERIAL TO‘PLASH
I. Shahar bilan bog‘liq va shahar ichkarisidagi toponimlar
1. Siz yashab turgan joy qanday nomlanadi?
2. Siz yashayotgan joyning eski nomi qanday? U necha marta o‘zgardi?
3. Shahringiz nomi haqida qanday fikrdasiz?
4. Shahringiz(tumaningiz)da necha qishloq bor? Ularning nomlari qanday?
5. Qanday mahallalar bor? Qanday ko‘chalar mavjud? Eski va yangi nomlari?
6. Qadimgi saroy, karvonsaroylar, rastalar, bozor va maydon nomlari, ularga oid ma’lumotlar?
7. Shahringizdagi minora va machit nomlari?
8. Bayram, to‘y-ma’rakalar o‘tkaziladigan joylar nomi?
9. Qabriston, mozor va ziyoratgoh, muqaddas joylar nomi? U yerga dafn etilgan tarixiy, afsonaviy shaxslar nomi? Ularga oid ma’lumotlar, esdaliklar?
10. Shahardagi ariq, kanal, hovuz, quduq, ko‘l va boshqa suv obyektlarining nomlari?
11. Bog‘, saylgoh, yo‘lak va ko‘prik nomlari?
II. QISHLOQLAR VA QISHLOQQA ALOQADOR BO‘LGAN NOMLAR.
Siz yashayotgan qishloq nomi? Qadimgi va hozirgi?
U qaysi tumanga kiradi?
Qishlog‘ingiz nega shunday nomlangan? U haqda nimalar bilasiz?
Qishlog‘ingizning ichki bo‘linishi; guzar, mahalla, ko‘cha va hokazo?
Qadimgi qal’alar nomi?
Siz qaysi bozordan xarid qilasiz? Uning nomi qanday?
Qishloq ahli biror munosabat bilan to‘y, bayram, yig‘in va boshqalarga yig‘iladigan joy nomi?
Qabriston va muqaddas qadamjolar nomlari, u yerda qo‘yilgan tarixiy-afsonaviy shaxslarning nomi? Ular haqida nimalarni bilasiz?
Qishlog‘ingizga yaqin daryo va irmoq nomlari?
Anhor, soy, ariq, jilg‘a, irmoq nomlari?
Buloq, chashma, hovuz nomlari?
Zah suv oqadigan ariqlar nomi? (zahkash nomlari)
Qurib qolgan daryolar, o‘zanlar nomi?
Anhor va ariqlardagi to‘g‘on nomi?
Daryo va anhorlardan o‘tiladigan kechuvlar nomi?
Ko‘prik nomlari, katta va kichik osma va boshqa ko‘priklar?
Ko‘llar nomi?
Botqoq va sho‘r yerlar nomi?
Barxanlar-qumtepalar nomi?
Tabiiy va sun’iy tepaliklar nomi?
Chorva mollari boqiladigan yaylovlar nomi?
Ekin maydonlari nomi?
Ov qilinadigan joylar nomi?
Urf odatlar bilan bog‘liq joylar?
Bog‘lar va polizlar nomi?
III. MAHALLIY GEOGRAFIK ATAMALAR
Aholi yashaydigan joylar nima deb ataladi?
Ular ichki jihatdan qanday bo‘linadi va nomlanadi?
Dunyo tomonlari nomi?
Yil fasllari qanday nomlanadi?
Qadimda xalq orasida ma’lum bo‘lgan oy nomlari?
Katta ariqdan ajralib chiqadigan suv yo‘li?
Biror vosita orqali suv oladigan obyekt qanday nomlanadi?
Ekin ekiladigan maydonlar qanday nomlanadi?
Ekilmaydigan tuzli yerlar yoki ekilishi mumkin bo‘lgan tashlab qo‘yilgan yerlar nomi?
Suv bosib yotadigan pastlik yer?
O‘ydim - chuqur yer nomi?
Daryo va anhorning burilish nomi?
Qishloq chekkasi, chegarasi qanday nomlanadi?
Suv yoqasi baland yon bag‘ir nomi?
Qor, yomg‘ir suvlari to‘planib turadigan joy?
Suvning aylanib turadigan joyi?
Anhor yoki ariqning boshlanish joyi?
Ularning quyilish joyi?
Daryo yoki ko‘l o‘rtasidagi quruqlik?
Daryo yoki anhorni kechib o‘tiladigan bexavotir joyi?
Dehqonchilik, bog‘dorchilik bilan bog‘liq nomlar?
Do'stlaringiz bilan baham: |