TRANSFORMATORLAR IKKILAMCHI CHULG'AM ELEKTR PARAMETRLARINI BIRLAMCHI CHULG’AM O’RANLAR SONIGA KELTIRISH.
1.Induktivlikning tasnifi va konstruksiyalari
Radiotexnik apparaturaning yuqori chastotali qismlari vazanjirlarida qo‘llanilish sohasi va tuzilishi turlicha bo‘lgan induktivlikg‘altaklari qo‘llaniladi (4.1–rasm). Qarshilik va kondensatorlardan farqli ravishda ular sanoatda keng ko‘lamda ishlab chiqarilmaydi.
4.1–rasm. Induktivlik g‘altaklarining elektr sxemalarda shartli belgilanishi: drossel(a), tarmoqlangan drossel(b), magnit o‘zakli(v), ferrit o‘zakli(g) va sozlovchi o‘zakli g‘altak(d)
Qo‘llanish sohasiga qarab g‘altak o‘lchamlari, ularning shakli, o‘rash usuli, sim izolyatsiyasining qalinligi, karkas materiali turlicha bo‘lishimumkin.
Induktivlik g‘altaklari konstruksiyasi: qaysi chastota diapazonida va necha quvvatli tebranma konturlarida qo‘llanilishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Tebranma kontur ishchi diapazoni ortgan sari, odatda g‘altak induktivlik qiymati kamayadi. Induktivlik g‘altagining asosiy elementlari bo‘lib: karkas, o‘ram va ekran hisoblanadi.
Karkas. U o‘ram uchun asos bo‘lib xizmat qiladi va o‘ramning mexanikmustahkamligi va bikrligini, chiqishlar va o‘zakni mahkamlamligini, hamda shassiga qulay mahkamlanishini ta’minlashi kerak. Karkas uchun material induktivlik g‘altagiga qo‘yilayotgan talablardan kelib chiqqan holda tanlanadi. Katta quvvatli tebranma konturlarida ishlatiladigan induktivlik g‘altaklari elektr jihatdan ham mustahkam bo‘lishlari talab qilinadi. Induktilik g‘altaklari konstruksiyasi va karkas o‘lchamlari turlicha bo‘lishi mumkin. Karkaslar yuqori chastotali press kukunlar, keramika, polistirol va yuqori chastotali dielektriklardan tayyorlanadi. Keramikadan yasalgan yig‘ma karkaslar glazur yordamida yopishtiriladi, so‘ngra kuydiriladi. Keramik karkaslar uchun radiofarfor, ultraradiofarfor va steatit qo‘llaniladi.
Karkasdagi o‘yiq(kanavka)lar o‘ramlarni siljishiga olib keladiganmexanik ta’sirlarni kamaytirishi natijasida induktivlik barqarorliginioshiradi. Kanavkali karkaslarda misli, kumushlangan izolyatsiyasiz simlarqo‘llaniladi.
Sim chiqishlarini mahkamlash uchun karkasda tirqish yokimontajli lepestok bajariladi.
O‘ram. O‘rta va uzun to‘lqin diapazonida ishlaydigan g‘altaklardaodatda linsendrat sim, qisqa to‘lqinli g‘altaklar uchun esa bir tolaliemallangan simlar qo‘llaniladi. Linsentrat–bu ipak bilan izolyatsiyalangan, emal bilan qoplangan diametri0,07 ‚ 0,2 mm bo‘lgan katta miqdordagi(7tadan119 gacha) mis simlardan tashkil topgan o‘ram.
Ekran. Ba’zi alohida tizimlar orasidagi parazit aloqalarni va tashqi magnit maydonlar ta’sirini kamaytirish maqsadida, induktivlik g‘altaklari elektr o‘tkazuvchi ekranlar bilan himoyalanadi.
O‘zgaruvchan magnit maydoni ta’sirida ekranda uyurma toklar induksiyalanadi. Ular o‘z navbatda dastlabki maydonga qarama–qarishi yo‘nalgan magnit maydon hosil qiladilar. Natijada g‘altakka tashqi magnit maydon ta’siri sustlashadi. Ekran materialining solishtirma elektr qarshiligi qancha kichik bo‘lsa, bu maydon shuncha katta bo‘ladi. Ekran ta’sirida yo‘qotishlar va g‘altakning xususiy sig‘imi ortadi, induktivligi esa kamayadi. Ekran tayyorlashda kichik elektr qarshilikka ega bo‘lgan materiallar–mis, latun va alyuminiy qo‘llaniladi.
Radio qabul qilgich va uzatish qurilmalarida ko‘pincha induktivligi boshqariladigan g‘altaklar qo‘llaniladi. Chunki ular keng diapazon polosasida tebranma konturni sozlovchi asosiy qism hisoblanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |