“TRANPORTDA AXBOROT TIZIMLARI VA
TEXNOLOGIYALARI” kafedrasi
Amaliyot hisoboti
Hisobot topshiruvchi: AT-32a guruh
Talabasi: Shunqorov I.A
Qabul qildi: Rasulmuhammedov M.M
Toshkent-2022
Reja:
Kirish.
Bitiruv malakaviy ishi yuzasidan tahlillar o’tkazish
Dasturiy platformani ishlash jarayoni.
Dasturni qurish jarayonlari amalga oshirish.
Xulosa.
Kirish
Bitiruv malakaviy ish mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasida siyosiy va iqtisodiy jihatlarini rivojlantirish va ularni xalqaro hamijamiyatda ishtirok etishlari uchun xalqaro munosabatlarda yuqori darajada transport xizmatlarini rivojlantirish ko’zda tutilgan. Bu transportni taraqqiy etgan holda rivojlanishini ta’minlaydi va birinchi o’rinda temir yo’lni – eng mustahkam, tayanch va iqtisodiy jihatdan samarali davlatning yagona birlikda jamlovchi sifatida belgilaydi [1].
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2011-2015 yillarda transport va kommunikastiya qurilishida infratuzulmani rivojlantirishni tezlashtirish to’g’risida»gi farmonida innovastion texnologiyalarni keng ko’lamda tadbiq etish va barcha soha faoliyatlaridailmiy-texnik taraqqiyotga erishish ko’zda tutilgan [25]. Ushbu farmon temir yo’l transporiga xam bog’liq bo’lib, muhim liniya korxonalari – Toshkent - Samarqand –Qarshi stanstiyalarini rivojlantirish va modernizastiya qilish sifatida qo’l keldi.
Zamonaviy sharoitlarda transportning boshqa turlari tomonidan o’sib boruvchi raqobat sharoitlari temir yo’ldagi transport-texnologik tizimlari oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanib, tashish jarayonlarining barcha bosqichlarida yuқori iqtisodiy samaradorligini ta’minlab beruvchi bo’lib, tashishdagi sarf-ҳarajatlar bilan aniqlanadi.
Temir yo’l transportining yuk aylanmasi transportning barcha turlarining yuk aylanmasidan quvurlardan tashqari 60 % ҳajmni tashkil etadi. Temir yo’l transportining respublikada tashqi iqtisodiy aloqalarni ta’minlovchi muqim vazifalaridan biri bo’lib, bunda eksport-import yuqlarni tashishda solishtirma og’irligi 80% ortig’ini tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasida olib borilgan iqtisodiy ilohotlar milliy temir yo’l tarmog’idagi rivojlanishi va shakllantirishda ijobiy natijalarni berdi. O’zbekistonni dunyo bozoriga chiqishi uchun transport koridorlarini shakllantirish bo’yicha chora-tadbirlar olib borilmoqda. Temir yo’l Sharq-G’arbni bog’lovchi qobiq sifatida xizmat qiladi va Xitoy, Yaponiya, MDX dalvatlari, Eron, Turkiya va Evropa davlatlari bilan transport aloqasini ta’minlab berishda muhim axamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasida yagona temir yo’l tarmog’ini shakllantirish maqsadida yangi liniyalarni qurish ishlari amalga oshirilmoqda.
Iqtisodiy islohotlarini chuqurlashtirish va bozor munosabatlari rivojlanishi bilan kelajakda temir yo’l transportida tashish hajmini oshirish ko’zda tutilmoqda. Temir yo’l transporti boshqa transport turlaridan bir qator afzalliklari bilan ajralib turadi: magistrallarning yuqori o’tkazish va tashish qobiliyati; tashishdagi narxlarning kichikligi; mehnat unmdorligi yuqoriligi; yoqilg’ini kam sarflashi; metall va boshqa foydalanishdagi materiallarda yoqilg’ining birligi; ekologik jixatdan yuqoriligi. Temir yo’l transportida ortish, tushirish va to’ldirish ostidagi ҳarakat tarkibini uzoq muddat qurish natijasida etarli darajada yuqori bo’lgan boshlang’ich va so’nggi tugallanuvchi operastyalarning qurilishdagi ulushining yuqoriligi, xarakatlanish operastiyalari bo’yicha sarflar unchalik yuqori emasligi bilan belgilanadi. Shunga binoan temir yo’l transporti massadagi yuklarni uzoq masofalarga tashishda samaralidir.
O’zbek temir yo’llarini dunyo transport bozoriga chiqishi uchun tezlik va yuqori tezlikda ҳarakatlanishni rivojlantirishi zarur. Shu maqsadda yo’lovchi poezdlarning 160 – 250 km/s gacha xarakatlanishi uchun mavjud bo’lgan temir yo’l liniyalarini rekonstrukiya qilish ko’zda tutilgan dasturlar ishlab chiqilgan. Temir yo’lning katta poligonini (333 km dan ortiq) ko’rib chiqish belgilangan bo’lib, o’rta murakkab vazifalardan biri xisoblanadi. Shuning uchun maxsus metodikadan foydalanish talab etiladi, bunda loyixadan oldingi bosqichida keskin va minimal vaqt xamda mablag’larni sarflagan holda tezlanishda harakatlanish ishlarini tadbiq etish samaradorigini aniqlash, shuningdek 160 - 250 km/s tezlik uchun liniyalarning ketma-ketligini tayyorlashdan iborat.
Yuqorida aytib o’tilganlardan kelib chiqib dissertastiya ishining maqsadi sifatida 250 km/s gacha bo’lgan tezlik blan yo’lovchi poezdlar xarakatlanishini tashkil etish uchun tasarruf sarf-ҳarajatlarini kamaytirish maqsadga muvofiqligini asoslash metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot materialari uchun «Boshtransloyiҳa» OAJ va «Toshtemiryulloyiҳa» tomonidan ishlab chiqilgan yangi loyihasidan Toshkent – Samarqand, Toshkent – Samarqand – Qarshi yo’l liniyalarining bosh profili va mavjud temir yo’llarni plani qo’llanildi, shuningdek 250 km/s gacha tezlik bilan harakatlanuvchi yo’lovchi poezdlarni tayyorlash bo’yicha tadqiqot natijalari keltirib o’tilgan adabiyotlar manbaidan foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |