Traktorlar va qishloq xo’jaligi mashinalaridan foydalanish, texnik



Download 10,53 Mb.
bet29/47
Sana22.11.2022
Hajmi10,53 Mb.
#870158
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

*1

J

Tayanch iboralar: em-xashak yig’ishtirish texnologiyalari, turlari, usullari, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlari, innovatsion texnologiyalar va zamonaviy mashinalar tizimi.

4^







  1. §. Em-xashak etishtirishning o‘ziga xos xususiyatlari, texnologiyasi va agregatlardan samarali foydalanish

CHorvachilik mahsulotlarini ko‘paytirishda em-xashak mahsulotlari uning asosiy ozuqa bazasini tashkil etadi. Em-xashak tayyorlash uchun qishloq xo‘jaligida ozuqa moddalariga boy o‘simliklarni etishtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Em-xashak tayyorlashning asosiy talablaridan biri yuqori sifatga ega bo‘lgan ozuqa mahsulotlari tayyorlashdan iborat.
Tabiiy yaylovlar va ekilgan o‘tlar ozuqa tayyorlash uchun asosiy manbalar hisoblanadi. O‘tlardan pichan, o‘t briketlari, senaj, qisman silos tayyorlanadi. Quritilgan xashaklar qayta ishlanib vitaminlarga boy - o‘t uni olinadi. Makkajo‘xori, kungaboqar va ko‘p yillik baland o‘suvchi o‘tlardan silos tayyorlanadi.
YUqori sifatli em-xashak olish va isrofgarchiliklarni kamaytirish uchun o‘tlarni belgilangan agrotexnik muddatlarda o‘rib olinishi, o‘rish texnologiyasi va mashinalar tizimini to‘g‘ri tanlanishi, mashinalarni maqbul rejimlarga sozlanishi, o‘tlarni qisqa muddatlarda o‘rib olishda mehnatga pul to‘lash va ishlarni tashkil etishning ilg‘or usullarini qo‘llash imkonini beradi.
O‘tlar gullay boshlagan yoki to‘liq gullaganda pichanga, butonlash fazasida senajga o‘rish kerak. Silos tayyorlanadigan ekinlarni yig‘ishtirib olish ishlariga ularni namligi 70...75% bo‘lgan paytda kirishiladi.
Ko‘p yillik o‘tlardan o‘t uni tayyorlash uchun gullashgacha bo‘lgan davrda, bir yillik o‘tlarda gullash va mevalari paydo bo‘lganda o‘rib olish zarur.
Em-xashak tayyorlash texnologiyalarini madaniy holatda ekiladigan beda o‘simligi misolida ko‘rib chiqaylik.
Beda o‘simligi oqsilga boy (oqsil miqdori 19-20%) bo‘lib, u gektaridan 100-150 sentenergacha hosil beradi. Bundan tashqari chorva mollariga beriladigan barcha konsentratlarni o‘rnini bosadi. U o‘zida havodan azotni yig‘adi va to‘playdi. Bir yil davomida gektaridan 300 kg gacha azot yig‘adi. Ayniqsa sug‘oriladigan erlarni sho‘rlanishini oldini oladi. Uning ildizlari chuqur qatlamlargacha etib borib suv oladi va er osti suvlarini pasaytiradi.
Beda etishtirishda birinchi yil ekilgani va eski beda agrotexnikasida birmuncha farqi bor. Bundan tashqari bedani ko‘k massa, senaj va pichan uchun etishtirish, yig‘ishtirib olish agrotexnikasini hisobga olish kerak.
Pichan tarkibidagi vitamin va oqsillarni saqlab qolish uchun bedani 10-15 % gullaganda o‘rish zarur. O‘rim kechiksa, pichan sifati pasayadi va keyingi o‘rimlardan olinadigan hosil kamayadi.
O‘rta Osiyonmng quruq va jazirama yoz sharoitida bedani pichan uchun o‘rish katta qiyinchiliklar bilan bog‘liq, chunki bedani barglari to‘kilishidan saqlab qolish zarur. Barglarni to‘kilishi pichan sifatini pasaytiradi va poyalarning qurishini kechiktiradi. Barglar pichanning 50 foizini tashkil etadi, ularning tarkibida karotin, hazm bo‘ladigan protein, vitaminlar va beda pichanining eng zarur oziq moddalari bo‘ladi. SHu sababli o‘rilgan beda o‘sha kuniyoq, bir erga to‘planib, kichik-kichik uyumchalarga uyib qo‘yiladi yoki qator uyumlariga yotqiziladi.
Beda maxsus o‘t-o‘rgichlar (73a-rasm) bilan o‘rilib, qator uyular ko‘rinishida ang‘izga (o‘rilgan dala yuzasi)ga tashlab ketiladi. Bedani o‘rish bilan bir vaqtda poyalarni ezish, ezilgan massani ang‘izga qator uyumlash yoki yoyishga imkon beradigan ezgich-o‘rgichdan (73v-rasm) keng foydalaniladi.





a) v)
73-rasm. O‘t-o‘rgich (a) va o‘rgich-ezgich (v) mashinalar
Ezgichdan foydalanish o‘tning qurishini tezlatadi, beda poyalari va bargilarining bir vaqtda qurishiga, binobarin, barglarni saqlab qolishga imkon beradi va tayyorlanadigan pichanning sifatini oshiradi.
O‘zbekiston sharoitida beda va o‘tzorlar tashkil etish va ularni parvarishlashda bajariladigan umumiy ishlarni tashkil etish, urug‘larni ekish va parvarishlash ishlarini sifatli qilib amalga oshirishda maxsus qishloq xo‘jaligi mashinalaridan, ayniqsa etishtirilgan hosilni yig‘ishtirib olishda zamonaviy texnologiya va texnikalardan foydalanishni taqqazo etadi.
Ko‘plab em-xashak tayyorlash texnologiyalari (rasm) mavjud bo‘lib, eng ko‘p tarqalganlariga quyidagilar: sochilgan va zichlangan xashak, senaj, silos va o‘simlik uni tayyorlash kiradi.
Sochilgan pichan tayyorlash texnologiyasi quyidagi ishlarni o‘z ichiga oladi: o‘simlikni o‘rish yoki o‘rish-ezish, tabiiy holda dalada quritish, qatorga uyumlash va ag‘darish, uyumlarni to‘plash va transport vositasiga ortish va tashish, g‘aramlash, havo haylash yordamida namligini me’yorgacha kuritish. Bu texnologiya oddiy va kam xarajatli bo‘lsada. xashak isrofgarchiligi yuqori hisoblanadi.
Maydalangan pichan tayyorlash texnologiyasi: o‘simlikni o‘rish yoki o‘rish-ezish, tabiiy holda dalada quritish, aralashtirish, qatorga uyumlash va ag‘darish, uyumlarni erdan ko‘tarish bilan birga o‘simliklarni 3-4 sm. uzunlikda maydalash, maydalangan massani transport vositasiga ortish va pichanxona tashish va joylash, atmosfera havosi yoki ventiliyasiya yordamida namligini me’yorgacha kuritish.
Zichlangan (presslangan) pichan tayyorlash texnologiyasi: o‘simlikni o‘rish yoki o‘rish-ezish, tabiiy holda dalada quritish, ag‘darish, qatorga uyumlash va ag‘darish, yig‘ish bilan birga zichlash va toylash yoki rulonlash, toy va rulonlarni to‘plash, transport vositasiga ortish va tashish, g‘aramlash yoki omborlarga joylash. Bunda tayyorlangan xashakka ob-havoning ta’siri kamayadi, sifati ortadi, ularni tashish va saqlash qulay, isrofgarchiligi kamayadi. Sarf- xarajatlar birmuncha yuqori bo‘ladi.
Senaj tayyorlash texnologiyasi: o‘simlikni o‘rish yoki o‘rish-ezish, tabiiy holda dalada quritish, aralashtirish, qatorga uyumlash va ag‘darish, namligi 50­55% bo‘lganda yig‘ish bilan birga 2-3 sm. uzunlikda maydalash, transport vositasiga ortish va tashish, senaj tayyorlanadigan joyga yoki transheyaga joylash, zichlash va havo o‘tmaydigan qilib berkitish.
O‘t uni tayyorlash texnologiyasi: o‘simlikni o‘rish yoki o‘rish-ezish, tabiiy holda dalada quritish, bir qatorga uyumlash, uyumlarni ag‘darish, yig‘ish bilan birga 3-4 sm uzunlikda maydalash, transport vositasiga ortish va tashish, barabanli quritgichlarda quritish, quritilgan massani un holatigacha maydalash yoki granula tayyorlash va omborxonaga saqlash uchun qo‘yish.
Silos tayyorlash texnologiyasi: o‘simlikni o‘rish bilan birga maydalash transport vositasiga yuklash, tashish, silos transheyasiga tushirish va shabbalash, zichlangan massani ustidan somon va tuproq qatlami bilan berkitish.
Texnologik jarayonlarini bajarishda mashinalarning maqbul rejimda ishlashini ta’minlash uchun uning barcha qismlarini rostlash talab etiladi. Masalan, ko‘p yillik va ekilgan o‘simliklarni qirqish balandligini shunday o‘rnatish kerakki, bunda qirqish balandligi o‘simlikning ildiz bo‘ynidan yuqoriroq bo‘lishi kerak. Aks holda ko‘p yillik o‘simliklarni qayta o‘sishi kamayadi.
SHu bilan birga xashak yig‘ishtirivchi mashinalarning ishchi qismlari o‘simlik poyalarini shikastlantirmasligi, tuproq bilan ifloslantirmasligi, barg va gullarini to‘kmasligi kerak.


Em-xashak tayyorlashda turli xildagi o‘t-o‘rgichlar, o‘rgich-ezgichlar, aralashtirgichlar, ag‘dargichlar, g‘aramlagichlar, ortgichlar, zichlagichlar, o‘rgich- maydalagichlar, em-xashak va silos yig‘ishtirish kombaynlari va boshqa mashinalardan foydalaniladi.

  1. §. Em-xashak tayyorlash samaradorligini oshirishda ilg‘or texnologiya va mashinalar

Tayyorlangan em-xashakning miqdori va sifati mexanizatsiyalashtirilgan ishlarning belgilangan muddatda va isrofgarchiliksiz bajarilishini ta’minlashga bog‘liq bo‘ladi. SHuning uchun har bir jarayonni bajarish samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiya va mashinalardan foydalanish talab etiladi (74-rasm).

Xashakni ko‘tarish, maydalash va bunkerga yuklash

O‘simlikni o‘rish va qatorlab uyumlash

To‘lgan bunkerni erga tushirish



Bunkerni
almashtirish

Xashakni xandaklarga to‘kish va shabbalash

B unkerni transport vositasiga ortish va tashish
74-rasm. Senaj tayyorlash texnologiyasi va mashinalari







Keng qamrovli silos o‘rish kombayni





M
O‘rish jarayonini boshqarish tizimi

Makkajo‘xorini o‘rish, maydalash va yuklash
aydalangan massani Maydalangan massani Massani yoyish,

tashish xandakka to‘kish shabbalash va saqlashga
qo‘yish



  1. r
    Xashakni quritish
    va ag‘darish




    Xashakni ko‘tarib olish

    Rulonni ortish va tashish

    Rulonni tushirish
    asm. Silos tayyorlash texnologiyasi va mashinalari






O‘simlikni o‘rish va qatorlab uyumlash





Rulonlar tayyorlash


Rulonni plenka qopga solish


Rulonni plenka qopda saqlash


Rulonni maydalash va tarqatish




  1. rasm. Zichlangan rulon tayyorlash texnologiyasi va mashinalari


Nazorat savollari:

  1. Sochilgan pichan tayyorlash texnologiyasini ayting.

  2. Maydalangan pichan tayyorlash texnologiyasi afzalliklarini tushintiring.

  3. Senaj tayyorlash texnologiyasida o‘rib-quritilgan hashakning namligi qancha bshlishi kerak?

  4. O‘t uni tayyorlash texnologiyasini mohiyatini ayting.

  5. Em-xashak tayyorlashning qanday innovatsion texnologiyalarini bilasiz?

  6. Em-xashak tayorlaydigan mashinalarning is prinsipini tushuntiring.

  7. Em-xashak tayyorlaydigan mashinalarni ishlab chiqaradigan qaysi xorijiy kompaniyalarni bilasiz?

  8. Senaj tayyorlash texnologiyasini tushuntirib bering.

  9. Silos tayyorlash texnologiyasini tushuntirib bering?

  10. O‘t uni tayyorlash texnologiyasini tushuntirib bering?

  1. Em-xashak etishtirish texnologiyasi va agregatlardan samarali foydalanishni tushuntirib bering.БОБ. MASHINA TRAKTOR AGREGATLARIDAN TEXNIK FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI

24-§. Mashinalardan texnik foydalanish


Download 10,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish