Siqish darajasi . Siqish darajasi porshenning pastki turish nuqtasidan yuqori turish nuqtasiga harakatlanganida ishchi aralashmaning necha marta siqilishini ko’rsatuvchi son.
Zamonaviy IYoDlarida siqish darajasi ning qiymati quyidagi oraliqda yotadi:
Benzinli IYoD ……………… 6,5…11,0 (13,0 to’g’ridan-to’g’ri purkalganda)
Gazli IYoD ………………….. 6…10
Dizellarda:
turbokompressorsizda ……..15…22
turbokompressorlida ……...11…16
Agar topshiriqda dvigatelning prototipi ko’rsatilgan bo’lsa, u holda siqish darajasi protipda qanday bo’lsa shunday tanlanadi. Siqish darajasi topshiriqda berilmagan bo’lsa, u holda uning qiymatini yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida dvigatelning tipiga qarab qabul qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |