Nomenklaturasi. Tarixiy nomenklatura bo'yicha alkenlar olefinlar deyiladi.
C5H10 ning tarixiy nomi amilen
Ratsional nomenklatura bo'yicha etilen uglevodorodlarning oddiy vakillari tegishli to'yingan uglevodorodlar nomidagi «an» qo'shimchasi o'rniga «ilen» qo'shimchasini qo'shib o'qish bilan nomlanadi.
Ba’zi olefinlarni ratsional nomlashda, ular etilendagi bir yoki bir necha H2 atomlarini b.qa atom yoki radikallarga ga almashingan deb qaraladi: CH3–CH=CH2 metiletilen
CH3–CH2–CH2–CH=CH2 propil etilen CH3–CH=CH–CH3 dimetiletilen
Sistematik nomenklatura bo'yicha alkenlar nomi to'yingan uglevodorodlar nomidan «an» qo'shimchasi o'rniga «en» (qo'shbog'ni bildiruvchi) qo'shimchasini qo'shib o'qishdan va uni tutgan uglerod atomini ko'rsatishdan hosil bo'ladi. Qo'shbog' saqlagan eng uzun zanjir asosiy zanjir hisoblanadi va qo'shbog' yaqin joylashgan uglerod atomi tomonidan nomerlanadi. Qo’shbog’ tutgan uglerod raqamini asosiy zanjir nomidan oldin yoki keyin aytish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |