To‘xtov va nosozliklar kuchli shovqin, taqqillash, podshipnik korpuslarining qizib ketishi



Download 0,71 Mb.
bet1/5
Sana27.04.2020
Hajmi0,71 Mb.
#47496
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Гайбуллаев ёзув лотин


Kirish

Traktor va qishloq xo‘jalik mashinalari butun ishlash muddatida texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlariga sarflangan ish hajmi yangi mashinalarni tayyorlashga ketgan ish hajmidan bir necha o‘n barobar ortiqdir, chunki traktor va qishloq xo‘jalik mashinalari bir marta yuqori darajada mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan zavod sharoitida ishlab chiqariladi va o‘n yillab ishlatish sharoitida unga bir necha yuz marotalab texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. «Xizmat ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi» fanidan kurs loyihasining asosiy maqsadi, Ushbu korxonalarning ishlab chiqarish-texnik bazasini texnologik loyihalash, qayta qurish va qayta jihozlash, texnik servis korxonasi bo‘limlari uchun qurilma va moslamalarni loyihalashni o‘rganishdan iborat.

Texnik servis korxonalari Respublikaning transport va agrar tarmoqlarini rivojlanishida muhim ahamiyatga ega, shuning uchun ham kurs loyihasi talabalarda texnik servis korxonalarini loyihalash bo‘yicha ko‘nikma hosil qilishdagi dastlabki bosqich hisoblanadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida mashinalarni ta’mirlash, texnik xizmat va servis xizmatini ko‘rsatishda keskin o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda, masalan, mashinalarni kapital ta’mirlash servis xizmat ko‘rsatish tizimidan siqib chiqarilmoqda, o‘ng o‘rniga katta korxonalar raqobatiga bardosh beraoladigan, faqatgina ayrim xizmatlarni amalga oshiriaoladigan xususiy korxonalar tashkil qilinmoqda. Ular shaxsiy mashinalar qatorida hissadorlik korxonalari texnikalariga ham xizmat ko‘rsatmoqda.

To‘xtov va nosozliklar kuchli shovqin, taqqillash, podshipnik korpuslarining qizib ketishi; moylash tizimida past yoki yuqori bosim sodir bo‘lishi, elektr jihozlarning ishlashidagi uzilishlar kabilar

sifatida namayon bo‘ladi. Agregatlardagi murakkab to‘xtovlar tishli va friksion uzatmalarda ishchi sirtlarning gajilishi, zichlovchilar orqali moyni oqib ketishi va korpus detallarini shkastlanishi natijasi hisoblanadi. Tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki to‘xtovlarning asosiy qismini dvigateldan so‘ng (43%), transmissiya agregatlarida sodir bo‘ladi (25%), qolganlarini esa gidravlik agregatlar (11%) ni; yurish qismi (10%); ko‘tarib yuruvchi sistema (6%); elektr jihozlari (5%) tashkil qiladi.



Traktor agregatlarini ta’mirlash ishlarining katta qismini, ularni ish qobilyatini yo‘qotilishi bilan bog‘langan. Ularni kamaytirish choralarining asosiylariga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini o‘z vaqtida o‘tkazish hisoblanadi. Agregatlarni joriy ta’mirlash mashinaning ish qobilyatini tiklash maqsadida bajariladi. Joriy ta’mirlash alohida tashkil etuvchi qismlarni almashtirish yoki tiklashdan iborat.

1. Mashinalarga TXK va ta’mirlashdagi mehnat sarfini hisoblash

Kurs loyihasida berilgan dastlabki ma’lumotlarga asoslanib traktorning texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash davriyligi traktor parkining yangilik darajasiga, ulardan foydalanish iqlim sharoitiga bog‘liq.

Traktorlardan foydalanish ko‘rsatmasiga muvofiq ko‘pchilik traktorlarning texnik xizmat ko‘rsatish davriyligi: TXK-1 da 125 moto-soatni, TXK-2 da 500 moto-soatni, TXK-3 da 1000 moto-soatni; joriy ta’mirlashda 2000 moto-soatni, kapital ta’mirlashda esa 6000 moto-soatni tashkil qiladi.

TXK va ta’mirlash davriyliklari xizmat ko‘rsatiladigan traktor parkining yangilik darajasiga, ulardan foydalanish iqlim sharoitiga bog‘liq holda aniqlanadi:

Kurs loyihasida tanlangan texnik xizmati ko‘rsatiladigan traktor parki uchun haqiqiy texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash davriyligi yuqorida keltirilgan formuladan aniqlanadi.

Bunda har bir talaba texnik xizmat ko‘rsatiladigan va ta’mirlanadigan har bir traktorlarning ishga tushirilgan paytdan boshlab ishlagan vaqtini nazarda tutish lozim. Bunday hisob ishlari kapital va joriy ta’mirlash, TXK-3, TXK-2 va TXK-1 uchun amalga oshiriladi.

Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha olib borilgan hisob ma’lumotlarga asoslanib mashinaning oxirgi TXK va ta’mirlashdan keyingi ishlagan soatlari aniqlanadi. Buning uchun kapital ta’mirlashdan o‘tmagan traktorlarda, ularni ishga tushirilgan paytdan boshlab ishlagan vaqtinini traktorga muayyan ta’mirlash yoki TXK davriyligiga nisbatidan hosil bo‘lgan soatlarda hisoblangan qoldiq traktorni oxirgi ta’mirlash yoki TXK dan keyingi ishlagan vaqti hisoblanadi.

Kapital ta’mirlashdan o‘tgan traktorlarda, oxirgi kapital ta’mirlashdan so‘ng ishlagan vaqtini traktorga muayyan ta’mirlash yoki TXK davriyligiga nisbatidan hosil bo‘lgan soatlarda hisoblangan qoldiq traktorni oxirgi ko‘zda tutilgan ta’mirlash yoki TXK dan keyingi ishlagan vaqti deb qabul qilish mumkin.

1 –jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga muvofiq mashinalar turi bo‘yicha TXK va JT dagi mehnat sarfini taqsimlanishini aniqlaymiz.

1-jadval



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish