To‘xtamishxoning oltin o‘rda taxtiga kelishi



Download 1,17 Mb.
bet1/4
Sana26.02.2022
Hajmi1,17 Mb.
#465418
  1   2   3   4
Bog'liq
TO‘XTAMISHXONING OLTIN O‘RDA TAXTIGA KELISHI


TO‘XTAMISHXONING OLTIN O‘RDA TAXTIGA KELISHI
Reja:

  1. Oltin O‘rda xonligida siyosiy beqarorlik

  2. Moskvaga yurish va Moskva qamali

  3. Oqibatlar va natija

Oltin O‘rda va Rossiya ixtilofi tarixidan. 26-avgust — To‘xtamishxon Moskvani yoqib yuborgan kun
1382-yil 26-avgust kuni To‘xtamishxon boshliq Oltin O‘rda qo‘shinlari uch kunlik qamaldan so‘ng Moskva shahriga kirib bordi va xonning buyrug‘i bilan shaharga o‘t qo‘yildi. “Daryo” Rossiya tarixining eng qora kunlaridan biri bo‘lmish bu voqea tafsilotlarini keltiradi.

Tarixiy sharoit
XIV asrning ikkinchi yarmiga kelib ulkan Oltin O‘rda xonligida siyosiy beqarorlik davri boshlandi. 1359-yildan 1380-yilgacha Oltin O‘rdada 25 ta xon almashdi. Har bir xon o‘zini xon deb e’lon qildi. Taxt uchun muntazam kurashlar boshlandi. Shunday kurashlarda 1378-yilda Oq O‘rda xoni To‘xtamish Amir Temur yordamida Oltin O‘rdaning sharqiy poytaxti Sig‘noq shahrini egalladi. 1379-yilda esa asosiy poytaxt Saroy shahri ham egallandi (Grigoryev A.P. Zolotoordynskie xany 60—70-x godov XIV v.: xronologiya pravleniy // Istoriografiya i istochnikovedenie stran Azii i Afriki: sbornik. — L., 1983. — Vyp. 7). 1380-yil To‘xtamish butun Oltin O‘rda davlatini birlashtirishga erishdi.
1380-yilda Kulikovo maydonida Oltin O‘rdaning xonlaridan biri Mamay qo‘shinlari Moskva knyazligi knyazi Dmitriy Donskoy qo‘shindan mag‘lub bo‘ldi va Moskva Oltin O‘rdadan mustaqil bo‘ldi. Oltin O‘rdaga har yili to‘lanadigan boj to‘lanmaydigan bo‘ldi.
Mag‘lub bo‘lgan Mamay Qrimda joylashib oldi va Moskvaga qarshi yangi yurishga tayyorlanmoqchi bo‘ldi. Ammo To‘xtamishning Saroy shahrini egallashi ortidan bu ishni amalga oshirolmadi. 1380-yil Kalchik daryosi bo‘yida To‘xtamish va Mamay qo‘shinlari to‘qnashdi va jangda To‘xtamishning qo‘li baland keldi. Mamay esa Kaffa shahriga qochib ketdi va genuyaliklar tomonidan o‘ldirildi (Moskovskiy letopisnyy svod kontsa XV veka / Pod red. M.N. Tixomirova. M.—L., 1949, S. 205—211).
To‘xtamish Saroy shahrini egallab, o‘zini Oltin O‘rda xoni deb e’lon qilganidan keyin atrofdagi Rus knyazliklariga nomalar yuborib, to‘lanadigan o‘lponlarni bundan buyon unga to‘lashi kerakligini aytdi. Mamayni esa taxtni noqonuniy egallab olgan deb e’lon qildi. Jumladan, Moskva knyazi Dmitriy Donskoyga ham noma yuborib, unga Mamayni mag‘lub etgani bilan minnatdorchilik bildirib, bundan buyon to‘lanadigan bojni har doimgidek to‘lashi lozim ekanini uqtirdi. Mamay ustidan qozonilgan g‘alabaning esa bunga hech qanday ta’siri yo‘qligini ta’kidladi. Ammo knyaz Dmitriy elchilarga sovg‘alar berib qaytargan bo‘lsa-da, o‘lpon to‘lash va vassallikni tan olishdan bosh tortdi (Kargalov V.V. Rus i kochevniki / Gl. red. S.N. Dmitriyev, red. M.K. Zalesskaya. — M.: Veche, 2008. — s 353. — (Tayny Zemli Russkoy).
1381-yilda To‘xtamish 700 kishilik elchilar karvonini Oq Xo‘ja boshchiligida Moskvaga yubordi. Ammo karvon Moskvaga yetib bormadi. Shunday qilib, 130 yil mobaynida Oltin O‘rdaga qaram bo‘lib kelgan Moskva qisqa muddatli mustaqilligini qo‘lga kiritdi va Oltin O‘rda bilan muqarrar urush qarshisida qoldi.




Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish