Interval (musiqada) — ikki tovushning past-balandlik (yaʼni tebranishlarning miqsori) jihatidan oʻzaro nisbati. Tovushqatorning qamragan iogʻonalariga qarab, lotincha tartib sonlarining nomi bilan (prima, sekunda, tersiya, kvarta va h. k.) ataladi. Ketma-ketiga sadolanuvchi tovushlardan melodik I., baravariga (qoʻshalogʻiga) sadolangan tovushlardan garmonik I. tarkib topadi. Musiqa nazariyasida I.lar hajmi (pogʻonalar soni) va tonlar miqdori bilan oʻlchanadi. Bir oktava doirasidagi I.lar oddiy, bir oktavadan keng I.lar (nona, detsima, undetsima va h. k.) tarkibiy I.lar deyiladi. Hamohanglik yoki ohangsizlik jihatidan garmonik I.lar konsonans va dissonanslarta boʻlinadi. I. duana-zo"ning oʻlchov birligidir. Sharq mu-siqa nazariyasida I. boʻʼd deb yuritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |